95
Muzey mutaxassislarini tayyorlash hamda muzey xodimlarining malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
5-modda: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari
vazirligining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari deb nomlanadi va
ularga quyidagilar kiradi:
Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritadi;
muzey ashyolari va
kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritadi hamda
uning tarkibidan chiqaradi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va kolleksiyalarini
tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalgaoshiradi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va kolleksiyalarini
kirib koʻrish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
Muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni
tashkil etadi;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6-modda: Mahalliy davlat hokimiyati organlarining muzeylarni boshqarish
sohasidagi vakolatlari deb nomlangan.
3-bob. Milliy muzey fondi deb nomlangan boʻlib, 7-modda: Milliy muzey
fondining tarkibi, 8-9-moddalar: Muzey ashyolari va kolleksiyalarini Milliy muzey
fondi tarkibiga kiritish va chiqarish, 10-modda: Milliy
muzey fondining Davlat
katalogini yuritish, 11-modda. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini Oʻzbekiston
Respublikasidan olib chiqish, 12-modda: Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan
muzey ashyolari va kolleksiyalarining fuqarolik muomalasi xususiyatlari, 13-
modda: Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va kolleksiyalariga
boʻlgan mulk shakllari kabi masalalar qonuniy yoritilgan.
4-bob. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi deyilib,
uchta
moddani oʻz ichiga olgan.
96
5-bob.Milliy muzey fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi deb
nomlanib, olti moddani oʻz ichiga oladi.
6-bob. Muzeylarni tashkil etish deb nomlanib, unga muzeylarni tashkil
etish maqsadlari, shartlari, muzeylarning turlari va toifalari, qayta tashkil etish va
tugatish tartibi, ularni moliyalashtirish va beriladigan imtiyozlar hamda xalqaro
hamkorliklar qonun yoʻli bilan belgilab berilgan. Bular 24-30-moddalarda oʻz
ifodasini topgan.
7-bob. Milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash deb nomlanib, 31-32-
moddalarni oʻz ichiga oladi. 31-modda Muzey ashyolari
va kolleksiyalarini kirib
koʻrish:
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey
ashyolari va kolleksiyalari fuqarolar kirib koʻrishi uchun ochiqdir. Milliy muzey
fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va
kolleksiyalarini kirib koʻrish quyidagi asoslarga koʻra cheklanishi mumkin: muzey
ashyolari va kolleksiyalarining butun saqlanish holati qoniqarsiz boʻlganda;
restavratsiya ishlari amalga oshirilayotganda; muzey ashyolari va kolleksiyalari
muzey zaxiraxonasida boʻlganda.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda,
shu jumladan
muzey zaxiraxonasida turgan muzey ashyolari va kolleksiyalarini kirib koʻrish
tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
32-modda: Muzey ashyolari va kolleksiyalarini e’lon qilish:
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda ularda turgan ashyolar va
kolleksiyalarni birinchi marta e’lon qilish huquqi mulkdor tomonidan mazkur
ashyolar va kolleksiyalarni biriktirib qoʻyilgan muzeyga tegishlidir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan ashyolar
va kolleksiyalarni takrorlashdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqlarining
boshqa shaxsga oʻtkazilishi ashyolar va kolleksiyalarning mulkdori belgilagan
tartibda muzeylar tomonidan amalga oshiriladi.
Muzey ashyolari va kolleksiyalari,
muzeylarning binolari, muzeylar
hududida joylashgan obyektlar tasvirlaridan foydalangan holda tasviriy, bosma,
97
yodgorlik va boshqa adadli mahsulotlarni hamda xalq iste’moli tovarlarini ishlab
chiqarish, muzeylarning nomlari va ramziy belgilaridan foydalanish qonun
hujjatlariga muvofiq muzeylar ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar deb nomlanib, 33-36-moddalarni oʻz ichiga
oladi.Unda, nizolarni hal etish, muzeylar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun javobgarlik, qonun hujjatlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirish, qonunning
kuchga kirishi kabi masalalar yoritilgan.
Xulosa
qilib aytganda, mustaqillikkacha oʻlkashunoslik muzeylari ateistik
ruhda va mustaqillik gʻoyalariga zid holda faoliyat olib bordi. Sovet davrida qabul
qilingan qaror va farmonlar ham shu doirada edi. Mustaqillikdan keyin muzey
sohasiga qarashlar tubdan oʻzgardi. Muzeylarni jahon standartlariga moslashtirish,
jahonga tanitish, ulardan yoshlarimiz ongida milliy gʻurur va iftixor, tarixiy
yodgorliklarni asrash va milliy gʻoyani mustahkamlashga harakat qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: