Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


Mustaqillik yillarida A.Nurullayev va H.Hamidovlarning oʻz



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

7.2. Mustaqillik yillarida A.Nurullayev va H.Hamidovlarning oʻz 
kolleksiyalarini 
muzeyga 
topshirilishi. 
XX 
asr 
boshlarida 
boshlangankolleksionerlik ishi Mustaqillik yillarida hamdavom etmoqda. 
Shundaylardan biri buxorolik mahalliy kolleksioner-oʻlkashunos Aleksey 
Fayzullayevich Nurullayevni alohida ta’kidlash darkor. U 1953-yil Buxoro viloyati 
Jondor tumanida tugʻilgan. Kolleksioner Ukraina pedagogika instituti filologiya 
yoʻnalishini tamomlagandan soʻng, oʻz ona-yurtiga qaytadi va uzoq yillar 
Jondordagi 2-son maktabda tarix fanidan oʻqituvchilik qiladi. Tarix fanini sevish 
va unga qiziqish otasidan oʻtgan edi. Otasi ham tarixchi edi. Mana shu muhitning 
ta’siri natijasida oʻlkaga boʻlgan qiziqish unda bir necha barobar ortdi.
Uning tashabbusi bilan maktabda “Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar” 
toʻgaragi tashkil etildi. Toʻgarakda har yili 40-45 nafar oʻquvchi qatnashar edi. 
Toʻgarak rahbari oʻquvchilarni Buxoroning qadimiy joylariga va arxeologik 
tadqiqotlar boʻlayotgan obyektlarga olib borardi. Fidoyi oʻlkashunos va 
kolleksioner toʻgarak a’zolarini tumandagi Varaxsha, Ashuraktepa, Laylaktepa, 
Tali Poʻppi, Podshotepa, Romushtepa va boshqa oʻnlab tepaliklarga olib borgan. 
Oʻquvchilarga tepaliklar tarixini soʻzlab berib ularda oʻlka tarixiga qiziqish 
uygʻotgan.
Toʻgarak rahbarining tashabbusi bilan Jondor tumanida 1992-yil “Qadrdon 
qishlogʻim” nomli muzey tashkil etildi. Muzeyni tashkil etishda shogird-
oʻquvchilar ham yordam berdi. Tangalar, sopol boʻlaklari va uy-roʻzgʻor ashyolari 
muzeyga qoʻyildi. Koʻrgazma uchun 4 xona ajratildi va unda 2500 dan ortiq 


127 
eksponat qoʻyildi. A.F.Nurullayev koʻp yillar oʻsha muzeyga direktorlik qildi. 
Keyinchalik bu koʻrgazma va undagi eksponatlarning tarixiy-badiiy qimmatini 
hisobga olgan holda viloyat oʻlkashunoslik muzeyi ixtiyoriga oʻtkazildi.
A.F.Nurullayevning ma’lumotiga koʻra, toʻgaraklar oʻrtasida viloyat va 
respublika miqiyosida bellashuvlar oʻtkazilgan. Uning oʻquvchilari bir necha bor 
respublika miqyosidagi bellashuvlarda birinchi oʻrinni egallagan. Bu sohadagi 
fidokorona mehnati uchun unga 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi Xalq 
oʻqituvchisi unvoni berilgan. 
A.F.Nurullaev kolleksiyasida 3000 dan ortiq tangalar mavjud. Kolleksiyada 
eron shohi Doro davriga oid tangalarning mavjudligi uning qiymatini yanada 
oshiradi. Shuningdek, yunon-baqtriya podsholaridan Dimitriy, Evtidem, Kushon 
podsholaridan Kanishka, Vasudev, Kadfizlar tomonidan zarb qilingan tangalar 
ham kolleksiyadan oʻrin olgan. Oʻlkashunos kolleksiyasidan juda koʻp olimlar 
oʻzlarining ilmiy tadqiqotlarida foydalanishgan. Masalan, E.A.Davidovich, 
A.A.Musakayeva va boshqalar.
A.F.Nurullayev oʻz faoliyati natijasi koʻplab arxeologik ekspeditsiyalarda 
qatnashdi. Olingan ma’lumotlarni matbuotda ham e’lon qilib turdi. Oʻzbekiston 
Milliy ensiklopediyasida kolleksionerning “Buxoro pul tizimi” haqida ma’lumoti 
ham oʻrin olgan. 
Tangalardan tashqari, A.F.Nurullayevning pochta ochiq xatlar(otkritka) 
kolleksiyasi ham mavjud boʻlib, unda 1000 dan ziyod pochta ochiq xatlari 
jamlangan. Kolleksioner bergan ma’lumotga koʻra, 1978-yildan boshlab pochta 
ochiq xatlarini yigʻadi. Unda bu sohaga qiziqish toshkentlik tarixchi, kolleksioner 
va yozuvchi Boris Golenderning “Окно в прошлое” kitobini oʻqigandan keyin 
paydo boʻlganini qayd qiladi. A.F.Nurullayev Boris Golenderni oʻziga ustoz deb 
biladi. Kolleksioner 2018-yilning 27-sentabrida Buxoro tasviriy san’atmuzeyida 
“Buxoro va Turkiston oʻlkasi ilgarigi pochta ochiq xatlarida” koʻrgazmasini tashkil 
etdi. Bundan sal oldinroq 21-iyulda “Bonum Factum” galereyalar uyida 
“Kоллeкционние открити. Туркестан и Бухарский эмират” mavzuida 
koʻrgazma tashkil etgan edi. 


128 
Kolleksioner tashkil etgan koʻrgazmasi orqali Buxoro tarixi va oʻlka 
tarixini pochta ochiq xatlari yoʻnalish bilan ochib berishga harakat qildi. Pochta 
ochiq xatlari koʻrgazmasining birinchi zalida Turkiston, Chor Rossiyasi davrida 
Buxoro, Oʻrta Osiyo va Buxoro amirligi davri aks etgan noyob (otkritka)suratlari 
qoʻyilgan. Ikkinchi zaldagi beshta vitrinada Sirdaryo viloyati, Samarqand viloyati, 
Fargʻona viloyati, Kaspiyorti (Tukmaniston) viloyati va Semirechi (qozoq va 
qirgʻiz) viloyatidagi tarixiy joylar, yodgorliklar, oʻzbek aholisining yashash 
sharoiti, kiyinishi, bozorlar, tepaliklar va XX asr boshlaridagi ijtimoiy ahvol 
lavhalarda aks etgan. A.F.Nurullaev kolleksiyasida qoʻshni respublikalar – 
Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikistonning tarixiy lavhalari aks etgan 
pochta ochiq xatlari ham mavjud. Koʻrgazmada 400 dan ortiq pochta ochiq xatlari 
namoyish etildi. 
A.F.Nurullayevning fikricha, har bir kolleksiya ishlashi kerak, ya’ni 
egasining albomida chang bosib yotishi kerak emas, uni koʻproq odam koʻrishi, 
tomosha qilishi kerak.
Pochta ochiq xatlari kolleksiyasida oʻlkaning 140 yil oldingi tarixi aks 
etgan. Rossiyada 1894-yildan birinchi marta pochta ochiq xatlari ishlab chiqarish 
boshlandi. Dastlab pochta ochiq xatlarining orqa tomonida faqat manzil yozilgan. 
1904-yildan boshlab ochiq xatlar orqa tomonining yarmiga qisqa xat yozish uchun 
joy ajratilgan. A.F.Nurullayevning ma’lumotiga koʻra, pochta ochiq xatlari juda oz 
tirajda nashr qilingan. Bitta pochta ochiq xati 80 donadan 100 donagacha nashr 
etilgan. Shuning uchun ular kamyob va qimmatbahodir. Pochta ochiq xatlarini 
quyidagi nashriyotlar nashr qilgan: Yevropada B.A.Shnayder (Odessa), Sank-
Peterburgda N.Litvintsev va V.Lentovskiy, Kontragensva, A.S.Suvarina, 
Moskvada Sherer va Nabgolts, Toshkentda Bek-Nazarov, E.K.Xubina, 
M.I.Svishulskiy va Samarkomstaris. 
Bulardan tashqari, A.F.Nurullayev kolleksiyasida koʻkrak nishonlari, 
markalar ham mavjud. H.Asadov A.Nurullayev kutubxonasi toʻgʻrisida shunday 
yozadi: “A.Nurullayevning shaxsiy kutubxonasiga kirsangiz, bu yerda 


129 
oʻtmishimizga, tarixga doir yuzlab kitoblar jamlanganini koʻrib, hayron qolasiz”. 
Demak A.F.Nurullayev durustgina bibliofil ham boʻlgan. 
Kolleksionerning ma’lumotiga koʻra, mustaqillikkacha va undan keyin ham 
yurtimizda kolleksionerlar uyushmasi faoliyat yuritgan. A’zolariga guvohnomalar 
ham berilgan va ular erkin kolleksiya yigʻish ishlari bilan shugʻullanishgan. 
A.F.Nurullayev shu oʻtgan davr mobaynida viloyatimiz gazetalarida 
koʻplab maqolalar e’lon qildi. Aksariyat maqolalari oʻlka tarixi bilan bogʻliq 
boʻlib, ularda tarixiy yodgorliklar, obidalar, muqaddas qadamjolarni asrash, 
ta’mirlash, tepaliklar buzilishini oldini olishga e’tibor qaratish kerakligi 
ta’kidlanadi.
Kolleksiya yigʻishga qiziquvchi oʻlkashunoslar safida H.Hamidovning ham 
borligini ta’kidlash joiz. Bu qiziqish unda yoshlik chogʻlaridan boshlanadi va 
bunga buvisi turtki boʻladi. Uyida avvalgi davrlardan qolgan mis buyumlar, 
jumladan, shamdonlar boʻlajak kolleksionerni oʻziga mahliyo qiladi va shundan 
mis buyumlar kolleksiyasini yigʻishni boshlaydi. Qurilish texnikumi va Buxoro 
pedagogika institutining Tarix fakultetida tahsil olib yurgan yillari misdan yasalgan 
uy-roʻzgʻor buyumlarini yigʻib, kolleksiya holiga keltirgan. 
Kolleksioner uzoq yillar Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida ilmiy xodim 
boʻlib ishladi va shu davr mobaynida S.Yurenyev, F.Vodopshin kabi 
oʻlkashunoslar maslahati bilan oʻz kolleksiyasini boyitib bordi.
H.Hamidov kolleksiyasi asosan mis buyumlardan iborat. Jumladan, la’li, 
lagan, yavlogʻu, shamdon, manqal, tufdon, qozon, kapgir, qoshiq, choynak, oftoba, 
koʻza va h.k. H.Hamidov kolleksiyasining katta qismini shamdonlar tashkil etadi. 
Kolleksionerning ma’lumotiga koʻra, hozirgi vaqtda uning kolleksiyasida 500 dan 
ortiq shamdon mavjud va shundan 100 dan ortigʻi ayrim qiziquvchi shaxslarga 
sotilgan. 
Kolleksiyadagi materiallarning aksariyati XIX va XX asr boshlariga oid. 
Mis ashyolarning ayrimlarida arab yozuvi ham mavjud boʻlib, ular Buxoro 
oʻlkasining moddiy-madaniy tarixidan bahs yuritadi.


130 
Kolleksionerning bu ashyolarni yigʻishdan koʻzlagan maqsadi – mis 
buyumlar tarixini oʻrganish, asrash va kelajak avlodga qoldirish. Kolleksioner 
bilan Buxoro muzey qoʻriqxonasi oʻrtasida shartnoma rasmiylashtirilgan va 
H.Hamidov oʻz kolleksiyasining katta qismini muzeyga topshirish arafasida. 
Roʻyxatga e’tibor qaratsak, 141 nomdagi 500 dan ortiq shamdon, 16 nomdagi 50 
ga yaqin sartaroshlik ashyolari va boshqa buyumlarning mavjudligiga guvoh 
boʻlamiz. Hozirgi paytda ularni muzeyga topshirish rejalashtirilgan. Bunday katta 
kolleksiya, shubhasiz, Buxoro muzeyi fondini yanada boyitadi. 
Xulosa qilib aytganda, kolleksiya va kolleksionerlik tarixiy oʻlkashunoslik 
sohasini rivojlanishiga hamda muzey fondlarini boyitishga katta hissa qoʻshdi. Bu 
sohaning oʻlkadagi noyob ashyolarni yigʻish va asrab qolishdagi hissasi katta. 
Kolleksionerlar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar, namoyish etilgan 
eksponatlar tomoshabinlarni oʻz oʻlkasining tarixini bilishga va unga qiziqishining 
ortishiga olib keladi. 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish