Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


-mavzu.Muzey fondini boyitishda kolleksionerlarning oʻrni



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

7-mavzu.Muzey fondini boyitishda kolleksionerlarning oʻrni 
Reja: 
7.1.
M.Y.Saidjonov va S.N.Yurenev kolleksiyalarining Buxoro muzeyiga 
topshirilishi.
7.2.
Mustaqillik yillarida A.Nurullaev va H.Hamidovlarning oʻz kolleksiyalarini 
muzeyga topshirilishi. 
Tayanch soʻz va iboralar: 
Kolleksionerlik, kolleksiya, kitob, kutubxona, 
la’li, lagan, yavlogʻu, shamdon, manqal, tufdon, qozon, kapgir, qoshiq, choynak, 
oftoba, koʻza, sopol, qoʻlyozma, tanga, pochta ochiq xatlari, marka, kundalik, 
ekspeditsiya, eksponat, ashyo, oʻlkashunos. 
 
7.1. M.Y.Saidjonov va S.N.Yurenyev kolleksiyalarining Buxoro 
muzeyiga topshirilishi. 
Bizning oʻlkamizda kolleksionerlik
70
va kolleksiya
71
yigʻish ishlari XIX asrning 90-yillaridan keyin boshlandi. Bunga Turkistonda 
tuzilgan rus ilmiy jamiyatlari sabab boʻlib, ular huzuridagi oʻlkashunoslik 
toʻgaraklari faoliyati sohani shakllanishiga olib keldi. Oʻlkamizdagi birinchi 
kolleksionerlar bu rus harbiy zobitlari boʻlib, ular Turkiston bosqini davrida qoʻlga 
kiritilgan moddiy madaniyat yodgorliklarini kolleksiya sifatida toʻplashgan. 
Oʻlkada ilmiy jamiyatlar tuzilgandan keyin koʻplab rus olimlari bu hududni 
oʻrganish uchun tashrif buyurdi. Rus tadqiqotchilari, kolleksionerlari va ilmiy 
toʻgaraklar ta’siri ostida oʻlkada qadimiy ashyolarni yigʻadigan mahalliy havaskor 
kolleksionerlar paydo boʻla boshladi. 
XX asr boshlarida Buxoro mahalliy aholisining aksariyatida qoʻlyozmalar 
kolleksiyasi mavjud edi. Sovet tuzumining dastlabki yillarida mahalliy aholidan 
koʻplab kitoblar tortib olingani bois mahalliy kolleksionerlar faoliyati ancha 
70
Kolleksioner deganda moddiy madaniyat, san`at, yozma yodgorliklar va hokazolarni to`plovchi, saqlovchi 
o`rganuvchi va tartibga soluvchi shaxs tushuniladi. Kolleksionerni o`ziga yoqqan buyum yoki ashyolarni o`rganish, 
bir-biri bilan solishtirish va har birida o`ziga xoslikni kashf etish, ularning yangi qirralarini ochish to`plovchiga zavq 
bagʻishlaydi, uni yangi topilmalar qidirishga undaydi.
71
Kolleksiya (lot. sollectio-to`plash, to`plam)-bir turdagi yoki umumiy mavzuda birlashtirilgan narsalar yoki san`at 
asarlari (jumladan, kitob, qo`lyozma, kartina, gravyura, chinni, marka, tanga va h.k.) to`plamidir. 


122 
susayadi. XX asrning ikkinchi yarmidan bu soha yana jonlandi va hozirgacha 
davom etmoqda. 
Kitob kolleksiyasi bilan shugʻullangan shaxslardan biri Muso Saidjonov 
(1893-1937) boʻlib, umrining koʻp qismini BXSR va Oʻzbekiston SSR hukumat 
boshqaruv tizimi sohalariga bagʻishladi (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi oziq-
ovqat noziri, iqtisodiyot nozirining muovini, Moliya noziri, Maorif noziri, 
Buxkomstaris raisi, Uzkomstaris raisi va hokazolar). Shunday boʻlishiga qaramay 
olim hech vaqt ilmiy tadqiqot ishidan toʻxtamadi hamda oʻzining kolleksiya 
(manbalar) toʻplash ishlarini davom ettirdi. 1937-yil bir guruh jadid ziyolilari 
qatorida qatagʻonga uchradi.
Shoʻro davridagi ogʻir ahvol, yashash sharoitining qiyinligi sababli hali 
yerining ustidan hukm chiqarilmay Rizvonxon (Muso Saidjonov xotini) tirikchilik 
ilinjida bir xona toʻla nodir kitoblarga xaridor izlashga majbur boʻldi. Bundan 
xabar topgan va Muso Saidjonovni shaxsan tanigan Toshkent davlat universiteti 
tarix fakul’tetining dotsenti Poʻlat Soliev Buxoroga kelib, uning kutubxonasida 
saqlanayotgan kitoblarni koʻzdan kechiradi. U Toshkentga qaytganidan keyin 
hamkasblari Abdurahmon Hamroyev va Qodir Usmonovga murojaat qilib, 
birgalikda mazkur kutubxonadagi barcha kitoblarni xarib qilib olish va shu yoʻl 
bilan Muso Saidjonovning oilasiga moddiy yordam koʻrsatishni taklif qiladi, 
ammo, ular bunday xatti-harakatlar tufayli xalq dushmani oilasiga yordam berishga 
ayblanishdan qoʻrqib taklifdan voz kechadilar. Poʻlat Soliyev fakultet dekani 
Ibrohim Moʻminov va rektor Fayzullayevga murojaat qiladi. Afsuski, ular oʻquv 
yurti kutubxonasini nodir kitoblar bilan boyitishni juda istasalar-da, xalq dushmani 
deb ayblanayotgan oʻlkashunos olim oilasiga yordam koʻrsatishga jur`at eta 
olmaydilar. 
1940-yil Tojikiston SSRdan Buxoroga ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish 
maqsadida kelgan O.D.Chexovichni O.A.Suxareva Buxoro shahrining Arabon 
koʻchasiga olib borib, Muso Saidjonovning kutubxonasi va unda saqlanayotgan 
kitoblar kolleksiyasini koʻrsatadi. Rizvonxonning ruxsati bilan Muso Saidjonovdan 
meros qolgan qadimiy kitoblarni koʻzdan kechirdi. Ushbu manbalar XV-XVIII 


123 
asrlarga mansub boʻlgan nodir qoʻlyozma asarlar edi. O.D.Chexovich Dushanbega 
qaytgach ustozi A.A.Semyonovga bu kutubxona toʻgʻrisida ma’lumot berdi. Uzoq 
yillar mobaynida Muso Saidjonovni tanigan hamda u bilan hamkorlikda faoliyat 
olib borgan A.A.Semyonov darhol Toshkentga kelib, bu masalada Oʻzbekiston 
Fanlar akademiyasi Prezidiumi rahbariyatiga murojaat qiladi. Shundan soʻng 
akademiya Muso Saidjonovning oilasidan mazkur kutubxonani toʻlaligicha sotib 
oldi. Ushbu kitob kolleksiyasi haqidagi ma’lumotlar ilmiy adabiyotlarda qayd 
qilinmaydi. 
Shuningdek, Buxoro muzeyida saqlanayotgan hujjatlarni oʻrganish 
jarayonida Muso Saidjonovning avlodlari tomonidan muzeyga olimning 
kutubxonasidagi bir qancha kitoblari sotilganligi qayd qilinadi. Demak, akademiya 
olimning hamma kitoblarini ham olib ketmagan uning bir nechtasi oila a’zolari 
tomonidan saqlangan hamda 1974-yildan 1980-yillar oraligʻida muzeyga sotilgan. 
Quyida biz ularning umumiy sonini berishga harakat qildik. 
1974-yilda Saidjonov Narzullo Musoevich
72
tomonidan oʻlkashunoslik 
muzeyiga 60 ta kitob va bitta gazeta (Turkiston 1924-yil 14 ta soni), bitta jurnal 
(Maorif va oʻqituvchi 1925 -yil № 1-12) 81 rublga sotiladi. Dalolatnomada bu 
kitoblar Buxoro xalq shoʻro hukumati Maorif noziri Muso Saidjonov fondidan 
ekanligi qayd qilinadi. 
1976-yilda Sadulla Yoʻldoshevich Saidjonov
73
tomonidan oʻlkashunoslik 
muzeyiga ikkita plastinka, ikkita shaxmat qutisi donalari bilan hamda 6 ta kitob. 
Oʻsha yilning noyabr oyida yana bir nechta kitoblarni Sadulla Saidjonov 
oʻlkashunoslik muzeyiga keltiradi. Bular ichida 5 ta tojik tilidagi, 15 ta oʻzbek 
tilidagi (“Mehrobdan chayon”, “Tamilla”, “Qamar” romani va boshqalar) 
kitoblardir. Shuningdek, “История татарское литературе”, “Доч фараока”, 
“История Казани и Булгара”, “Rux al’ jamoat”, “Ravzat un Naziri” ikki qismdan 
iborat, lugʻat ruscha-oʻzbekcha, Xorazm tarixiga bagʻishlangan ikkita kitob. Jami 
72
Muso Saidjonovning oʻgʻli.
73
Muso Saidjonovning nevarasi Shuxrat Saidjonov ma’lumotiga koʻra, bu kishi Muso Saidjonovning ukasi.


124 
39 ta kitobni 200 rublga sotgan. Kitoblarning aksariyatida Muso Saidjonovning 
muhri bosilgan.
1980-yilda Sadulla Saidjonov tomonidan 13 ta kitob, Maorif va oʻqituvchi 
jurnalining №5-6-9-10 sonlari, Rus arxeologik jamiyatiga tegishli ilmiy 
toʻplamning 1915 -yil chiqqan soni Buxoro oʻlkashunoslik muzeyiga sotilgan edi. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, Muso Saidjonov 
xonadonida katta kutubxona mavjud boʻlib, unda koʻproq tarixiy kitoblar 
jamlangan. Muso Saidjonov Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(BXSR) hukumati 
davrida turli lavozimlarda ishlagan boʻlsa-da, oʻlkashunoslik tadqiqotlarini ham 
amalga oshirgan, vaqf hujjatlarini oʻrgangan hamda oʻz kutubxonasida manbalar 
toʻplagan. Keyinchalik uning avlodlari tomonidan kitoblarning anchasi 
oʻlkashunoslik muzeyiga topshiriladi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoroda kolleksiya toʻplash 
ishlarida mahalliy aholiga nisbatan chetdan kelganlar faoliyati ancha jonlandi. 
Misol uchun bular ichida eng mashhuri Sergey Nikolaevich Yurenyev
74
boʻlib, u 
oʻtgan asrning 50-yillarida oʻzi sevgan tarixiy shahar - Buxoroga kelib qoladi va 
umrining qolgan qismini shahardagi XVI asrga oid Modarixon madrasasining ikki 
hujrasida oʻtkazadi
75
. Birida oʻzi yashagan boʻlsa, ikkinchisida yiqqan nodir tarixiy 
buyumlarini saqladi. Uning “Buxoro dunyodagi eng yaxshi shahar, mening hujram 
esa Buxorodagi eng yaxshi xonadir”, - degan soʻzlarida bu oʻlkaga boʻlgan 
muhabbati oʻz ifodasini topdi. Buxoroliklar S.N.Yurenyevni boʻyi basti va 
uzunligiga nisbat berib - “Minor bobo”, “Kalon bobo” deb atadilar. Ushbu 
taxallusning boshqa ma’nosi Minorayi Kalondek ulugʻvorlikni ifoda etgan. Buxoro 
koʻchalarida, me’moriy obidalar oldida S.N.Yurenyevni koʻrgan keksalar hozir 
ham hayot va ular bu insonning oʻsha davrdagi ajabtovur va zohidona hayot tarzini 
yaxshi eslashadi. Modarixon madrasasida istiqomat qilgan paytda oʻz 
74
S.N.Yurenyev 1896 -yil 30 may Lepesko uezdi Vitebsk guberniyasida davlat banki xizmatchisi oilasida tugʻiladi. 
U 1918-yil Moskva Arxeologiya institutini tugatib, 1920-yildan Tver (hozirgi Kalinin) shahridagi muzeyda rahbar 
bo`lib ishlay boshladi. 1924-1931-yillarda SSSR xalqlari san`ati va musiqa folklori materiallarini to`plovchi 
ekspeditsiya tashkil etadi. 1931-yildan e`tiboran S.N.Yurenyev O`zbekistonga taklif qilinadi. U Fargʻona 
pedagogika instituti, Margʻilon davlat paxtachilik instituti va Buxoro pedagogika institutilarida rus tili o`qituvchisi 
bo`lib ishlaydi va unga ibratli faoliyati uchun dosent unvoni beriladi. Onasining betobligi tufayli 1934-yil oxirida 
Kalinin shahriga qaytadi.
75
Сергей Николаевич Юренев. Составитель Б.Я.Ставиский. –Бухарский музей, 1996. – С. 8.


125 
kolleksiyasini shu madrasa hujralaridan birida saqlagan. Oʻlkashunos olim 
vafotidan keyin uning kolleksiyasi vasiyatnomasiga binoan Buxoro oʻlkashunoslik 
muzeyiga topshiriladi. S.N.Yurenyev hali hayotlik paytida oʻz kolleksiyasini 
muzeyga topshirish ishlarini boshlaydi. 1961-yil 84 ta ashyoni Rossiya ermitaj 
muzeyiga, 
1970-yil 
sopol 
ashyolar 
kolleksiyasini 
Oʻzbekiston 
Davlat 
San’atmuzeyiga topshiradi. S.N.Yurenyev vasiyatnomasida bir qism kolleksiyani 
Buxoro muzeyi xodimi F.I.Vodopshinga topshirish haqidagi ma’lumotlar qayd 
qilingan.
S.N.Yurenyev 
vasiyatnomasini 
oʻrganish 
natijasida 
Modarixon 
madrasasining ikki hujrasida uning katta kolleksiyasi saqlanganligi aniqlandi. 
Vasiyatnomada usta Ibodulla Narzullayev va Usmon Umarovga tegishli sopol 
ashyolar, Vobkent tumani Oʻba qishlogʻidan boʻlgan usta hunarmandlar Hamro 
Rahimova va usta Fathulla tomonidan yasalgan sopol buyumlar, 1950-1970-
yillarda Buxoroda ijod qilgan rassomlarning ijod namunalari, Buxoroda olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar paytida yigʻilgan sopol boʻlaklari kolleksiyasi 
mavjudligi koʻrsatilgan. 
Oʻlkashunos kolleksiyasida Buxoro viloyati arxeologik yodgorliklari 
fotosuratlari, yaqinlari, doʻstlari, olimlar va turli shaxslardan kelgan xatlar 
mavjudligi 
ham 
aniqlandi. 
S.N.Yurenyev 
vasiyatnomasida 
uning 
boy 
kutubxonasini Buxoro pedagogika institutiga topshirish kerakligi, agar institut 
qabul qilmasa, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi ixtiyoriga oʻtkazish zarurligi 
haqidagi fikrlar ilgari suriladi. 
Buxoro 
viloyat 
arxiv 
hujjatlaridagi 
ma’lumotlarga 
koʻra, 
S.N.Yurenyevning quyidagi ashyolar kolleksiyasi Buxoro oʻlkashunoslik 
muzeyiga topshirilgan: 

Oʻrta 
Osiyo 
xalqlarining 
tarixi, 
arxeologiyasi, 
san`ati 
va 
etnografiyasiga doir 131 dona kitob;

Buxoro viloyat ustalarining sovgʻa yozuviga ega 24 dona kulolchilik 
buyumi;

30 dan ortiq arxeologik kundalik va hisobotlar;


126 

arxeologiya, arxitektura va san’atsohasiga oid mingdan ortiq fotosurat;

Buxoro shahridagi arxeologik yodgorliklarda qazuv va restavratsiya 
ishlari ketayotgan paytda topilgan bir necha ming sopol boʻlaklari. 
Ushbu materiallar muzey xarid komissiyasining bayonnomasi va 
dalolatnomalari bilan qabul qilingan. 
Ayni paytda oʻlkashunos olimning chinni, mis, yogʻochdan tayyorlangan 
buyumlari, uy-roʻzgʻor anjomlari kolleksiyasi oʻlkashunoslik muzeyining 
fondlarida saqlanmoqda. 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish