Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


Fayzulla Xoʻjayev uyining muzeyga aylantirilishi va unda tashkil



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

6.4. Fayzulla Xoʻjayev uyining muzeyga aylantirilishi va unda tashkil 
qilingan ekspozitsiya. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro aholi turar 
joylari orasidagi eng koʻzga koʻringan hovlilardan biri bu yirik amaldor va 
savdogar Fayzulla Xoʻjayev uyi hisoblanadi. XX asr boshlarida Buxoro 
amirlikning poytaxti hisoblangan. Bu yerda uylar shahar sharoitidan kelib chiqqan 
holda, kichikroq qilib, koʻcha shakliga mos ravishda qurilgan. Shuning uchun ham 
Buxorodagi uylar 2-3 qavatli boʻlgan. Uylarning “berun” deyilgan tashqari qism, 
“durun” deyilgan ichkari qismi va yordamchi binolardan iborat boʻlgan. Buxoro 
turar joylari “tobiston” – shimolga qaragan yozgi xonalar, “zimiston” – janub yoki 
gʻarbga qaragan qishki xonalarga boʻlingan. Har bir xonalar majmui eshiklar orqali 
markaziy xonaga birlashgan. Baland shiftli yozgi xona mehmonlar uchun 
moʻljallangan. Bino ichki devorlarini somonli loy va ganch bilan silliqlab suvab 
uning ustidan oq naqshlar bilan pardoz berilgan. 
Fayzulla Xoʻjayev uyi XIX asr oxirida (Uy 1891-yilda qurilgan, hovlining 
umumiy maydoni 1880 kv.m. boʻlib, 557 kv. metrda uy qurilgan. Hovli uch 
qismdan iborat: Ayollar-hovli durun, erkaklar-hovli berun va xoʻjalik hovlisiga 
boʻlingan. Hozirgi muzey koʻrgazmasi erkaklar va ayollar hovlisida tashkil topgan) 
qadimiy Gʻoziyon koʻchasida barpo etilgan
67
. Bu uy aslida Fayzulla Xoʻjayev otasi 
Ubaydulla Xoʻjayevga tegishli boʻlgan. Hovli 3 qismga boʻlingan boʻlib, uy 2 
67
Пулатова М. Некаторые сведения из истории дома-музей Ф.Ходжаевы. Сборник. Из истории культурного 
наследия Бухары. Вып. 9. Бухара.2004. – С.14.


115 
qismdan iborat: bular-tashqi (erkaklar uchun) va ichki (ayollar uchun). Bundan 
tashqari uy yozgi va qishki xonalarga ham boʻlingan. Toshdan qurilgan keng 
zinapoyalar orqali ichkari hovliga kirish mumkin. Xonalar tagida katta yertoʻlalar 
mavjud. Har bir xonaga dahliz orqali kiriladi va har bir xonada yana kichkina xona 
mavjud boʻlib, bu uycha “madon” deb ataladi. Madon choʻmilish va kiyim 
almashtirish uchun foydalanilgan. Uyning ayvoni, mehmonxonalari va alohida 
xonalarining oʻzbek amaliy san’atturlari, ya’ni yogʻoch oʻymakorligi, ganch 
oʻymakorligi, naqqoshlik bilan bezatilganligi diqqatga sazovordir. Har bir uyning 
naqshi qunt va mahorat bilan ishlangan, xonalarning naqshi boshqasinikiga 
oʻxshamasligi bilan ajralib turadi.
1925-yilda Fayzulla Xoʻjayev oilasi Samarqandga koʻchib ketishadi va bu 
uy davlat hisobiga topshiriladi. Uy 1980-yilgacha maktab, oʻquvchilar uchun 
kurslar, ped uchilishe, arxiv, poliklinika, bolalar musiqa maktabi boʻlgan. Uy bir 
necha marta qayta ta’mirlangan va ta’mirlash natijasida uyning naqshlari 
yoʻqolgan. Binoda 1989-yil muzey xodimlari restavratsiya ishlarini boshlaydi va 
1991-yildan uy-muzey oʻz faoliyatini boshladi. Fayzulla Xoʻjayev uyining ayollar 
va erkaklar hovlisidagi ayvon shimolga qaragan. Xonalar oldida ikki qavatga teng 
ayvon koʻtarilgan. Bu ayvon 33 bolordan iborat boʻlib, uning oʻlchami 100 
kv.metr. Ayvonni toʻrt ustun koʻtarib turibdi. Ustunlar yogʻoch oʻymakorligi 
naqshlari bilan bezitilgan. Xonalar shunday holatda qurilganki, qishda sovuqdan, 
yozda issiqdan saqlanadi. Hovlidagi xonalar ostida keng yertoʻlalar mavjud boʻlib, 
ularda oilaga tegishli boʻlgan va savdo-sotiq uchun kerakli buyumlar saqlangan. 
Ma’lumotlarga qaraganda yertoʻlada qorakoʻl terilari ham oshlangan. 
1989-yil muzey xodimlari binoda restavratsiya ishlarini boshlaydi. 
Mahoratli usta-restavrator Sayfulla Zoirov rahabarligidagi 15 kishilik guruh ikki 
yil davomida binoda katta ta’mirlash ishlarini olib bordilar. 1991-yil Fayzulla 
Xoʻjayev uy-muzeyda yangi ekspozitsiya tashkil etish uchun ish boshlanadi va 
ekspozitsiya “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Buxorolik savdogarning uy-


116 
muzeyi” nomi ostida tashkil etiladi
68
. Koʻrgazmadagi qishki uyda oʻsha paytdagi 
ayollar turmush tarzi aks etgan: XIX asrda ishlangan gilam, har xil buyumlar va 
sandali mavjud. Uzun qishning sovuq tunlarida ayollar sandali atrofida oʻtirishib, 
kitob mutolaa qilishgan va koʻp vaqtlarini kashta tikish hamda mehmon kutish 
bilan oʻtkazishgan. Ekspozitsiyada uzoq oʻlkalardan keltirilgan buyumlar ham 
oʻrin olgan boʻlib, Buxoroga temir yoʻlning kelishi Yevropadan keltirilgan 
buyumlar kira boshlashiga sabab boʻlgan. Keltirilgan buyumlarning bir qismi 
fabrikada va bir qismi zavodlarda ishlab chiqarilgan. Bular Rossiya va Olmoniyada 
ishlab chikarilgan qandillar, lampa shishalar, katta yotoq(krovat), rus samovarlari, 
rumush qoshiqlar va pichoqlardir. Ashyolardan qoʻl soati, devor soatlari, 
grammofon plastinkalari Polsha, Fransiya va Shveysariyadan keltirilgan. 
Asosiy katta va kichik tokchalarda xalq orasida oʻzining chiroyi bilan 
ajralib turgan Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Olmoniya chinni buyumlari oʻrin olgan. 
Bular orasida guldon, choynak, kosa, piyolalar mavjud boʻlib, ularda gullar, 
jonivorlar, odamlar, meva va sabzavotlar aks ettirilgan. Koʻrgazmada ularning soni 
120 tani tashkil etadi. 
Ikkinchi xona markazida xontaxta va uning ustida shirinlik solingan 
buyumlar, pastida koʻrpachaning bir chetida sandiq, musiqa asboblari, rus 
grammofon plastinkalari oʻrin olgan. Bular 1909-yilda ishlatilgan boʻlib, 
Rossiyadan keltirgan. Stol ustida kitoblar joylashtirilgan boʻlib, shu stolda 1920-
1924-yillar Buxoro Xalq respublikasining raisi F.Xoʻjayev oʻzining maqolalari va 
kitoblarini yozgan. 
Katta yozgi mehmonxona 50 kv.m.dan iborat boʻlib, mehmonlar uchun 
ajratilgan. Ikkinchi yashash xonasi 40 kv.m. boʻlib, boʻyi 8 metr. Uyning Bogʻdod 
usulida yasalgan eshik va derazalar xonaga chiroy qoʻshib turibdi. Ekspozitsiya 
xonalarida XX asrning boshlarida hayot tarzi aks ettirilgan boʻlib, birinchi 
chorakning oʻzida muzeyga 91 ta ekskursiya tashkil etiladi.
68
Пулатова М. Некаторые сведения из истории дома-музей Ф.Ходжаевы. Сборник. Из истории культурного 
наследия Бухары. Вып. 9. Бухара.2004. – С.14.


117 
Hovlining burchagida chuqurligi 9 metrdan iborat quduq joylashgan boʻlib, 
quduqdan suv ichish, hovliga suv sepish maqsadida foydalanishgan. 
1996-yil 22-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori 
qabul qilinadi. Buxoro viloyat hokimligida shu qaror asosida ishchi guruhi tuziladi 
va 1996 -yil muzeyda yangi koʻrgazma tashkil etiladi. Muzeyga Fayzulla Xoʻjayev 
uy-muzeyi nomi beriladi
69

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga binoan 
“2017-2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari” roʻyxatida Buxoro 
davlat muzey-qoʻriqxonasining Fayzulla Xoʻjaev uy-muzeyi “Boy savdogar 
xonadoni uy muzeyi” nomi ostida qayta tashkil etish rejalashtirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Ark muzey qoʻriqxonasi, Sitorai Mohi Xosa saroyi, 
Zindon muzeyi va Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeylari XIX asr oxiri XX asr 
boshlaridagi eng koʻrkam koʻrinishga ega boʻlgan turar-joylardan biri hisoblanib, 
muzeylar oʻzining devorlaridagi bezaklari, ajoyib koʻrinishdagi ranglar jilosi bilan 
e’tiborni oʻziga tortadi. Buxoro oʻlkasi tarixini va aholi turar joylari xususiyatlarini 
oʻrganishda bu muzeylarning roli katta. Muzeylardagi eksponatlar ham 
mintaqaviy, ham umummilliy ahamiyat kasb etib, mamlakatimiz tarixi va boy 
madaniy merosi hamda jahon miqyosidagi ahamiyatini ochib koʻrsatib beruvchi 
dargoh desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu boy meroslarni asrab-avaylash, uni 
oʻrganish, ilm-fan va milliy madaniyat yutugʻi sifatida koʻrsatish biz yosh avlodga 
ham qarz, ham farzdir. 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish