Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


 Amirlik qamoqxonasi, zindonning muzeyga aylantirilishi va uning



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

6.3. Amirlik qamoqxonasi, zindonning muzeyga aylantirilishi va uning 
ekspozitsiyasi.
“Zindon”-fors tilidan olingan boʻlib, jinoyatchilar saqlanadigan 
joy, ya’ni “Qamoqxona” degan ma’noni anglatadi. Buxoro Zindoni XVIII asrda, 
Ark qoʻrgʻoni yaqinida, Shahristonning shimoliy-gʻarbiy tomonida joylashgan 
tepalikda qurilgan. Bu qamoqxona koʻpi bilan 100 kishiga (maxbusga) 
moʻljallangan. Qamoqxona XX asrning 20-yillarigacha, ya’ni inqilob davrigacha 
faoliyat koʻrsatib kelgan. 
Zindon eshigi juda mustahkam qurilgan boʻlib, XVIII asrda gujum, ya’ni 
qayragʻoch daraxtidan, ostonasi esa atayin tut daraxtidan, (tut daraxti suvda 
chidamliligi tufayli) yasalgan va temir zanjir va qulflar oʻrnatilgan. Kiraverishda 
oʻng va chap tomonda qorovul-askarlar bilan qoʻriqlangan.
Qamoqxona 4 xonadan iborat boʻlib, har bir xonaning oʻz nomi boʻlgan. 
Kirganda oʻng tomonda 1-xona “Uchrashuv” xonasi joylashgan. Bu xonada 
mahbuslar qoʻriqchilar nazoratida, oʻz yaqinlari bilan uchrashgan va 
mahbuslarning yaqinlari ularga kiyim-kechak, oziq-ovqat keltirib berishgan. 
Oʻng tomondagi 2-xona ikki gumbazli, ikkita ichma-ich xonadan iborat 
boʻlib, uning ichki qismida tahoratxona-hojatxona joylashgan boʻlgan. Xona 
eshiklarida temir panjaralar oʻrnatilgan boʻlib, “Qarzdorlar” xonasi deb nom olgan. 
Chunki bu xonada asosan poraxoʻrlar, tovlamachilar, jazo muddatini oʻtashgan.
3-xona ham “Qarzdorlar” xonasi deb nom olgan boʻlib, bu xonada davlat 
soligʻini toʻlab bilmaganlar, asosan, hunarmandlar jazo muddatini oʻtagan. Bu 
xonadagi mahbuslarga hunarmandchilik bilan shugʻullanish uchun ruxsat berilgan. 
Shuning uchun hunari bor mahbuslar oʻzlarining hunarlari bilan shugʻullanishgan. 
Hunari yoʻq jinoyatchilar esa mardikorlik yoʻli bilan qarzlarini uzishgan. Bu 
mahbuslarni ba’zan mardikorlik qilish uchun qorovul boshchiligida Zindondan olib 
chiqilgan. Bu xonaning eshiklarida ham temir panjaralar oʻrnatilgan boʻlib, faqat 2 
ta pastdagisi ochilgan va bu xonaga kirish-chiqish qiyin boʻlgan. Lekin hozirgi 
kunda bu panjaralar olib tashlangan. Shu xonaning ichkarisida tahoratxona-
hojatxona ham joylashgan.


112 
Hozirgi kunda bu xonada muzey-ekspozitsiyasi joylashgan. Shu xonaning 
chap tomondagi 1-panoda Buxorolik ma’rifatparvar Sadriddin Ayniy oʻzi haqida 
yozilgan kitobdan bir parchasi namoyish etilgan. Yozuvchi oʻsha davrda podshoga 
qarshi maqola yozganligi va 1917-yil aprel namoyishida qatnashganligi hibsga 
olinib, 75 darra bilan jazolangan va terisi shilib tushgan. Ogʻir ahvolda uni Kogon 
vokzali yonidagi kasalxonaga olib borib, orqasini 25 marotaba operatsiya qilishadi. 
Keyinchalik Ayniy Samarqandga borib oʻz ilmiy faoliyatini davom ettirgan.
Chap tomondagi devorda, 1-suratda Tojikistonda joylashgan Baljuvon 
qishlogʻi koʻrsatilgan. Oʻsha yillarda bu viloyat Buxoro amirligiga qarashli boʻlgan 
(sharqiy Buxoro deb atashgan) va eng yirik qoʻzgʻolonlardan biri, Baljuvon 
bekligida, 1885-yilda Vose qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtgan. Yaxshi tayyorgarlik 
koʻrmagan dehqonlar armiyasi magʻlubiyatga uchraydi va qoʻzgʻolonchilarning 
barchasini, jumladan, Vosening oʻzini ham qatl etiladi.
2-3-suratlarda esa rus fotografi Prokudin-Gorskiy tomonidan olingan 
mahbuslar suratlari aks ettiriladi (1863-1944-yillar). 
Oʻng tomondagi 1-rasm ham yogʻ-boʻyoqda ishlangan boʻlib, taniqli usta 
naqqosh, Usto Shirin Murodovningportreti osilgan. Usta Shirin Murodov ham 
amirlik davrida gʻayri din deb zindonga tashlanadi va keyinchalik ozod etiladi.
Oʻng tomondagi oxirgi panoda 2ta jinoyatchilarning rasmi koʻrsatilgan. 
Bular-Saidov Rustam namoz oʻqimaganligi uchun orqasida 27 darra qamchin bilan 
savalashgan va Soliev Sharif 1917-yili Ark oldidagi namoyishga qatnashganligi 
tufayli zindonga tashlangan. Shuningdek, shu panoda Qozi Burxoniddin muhri 
(1882-yil) va Muzaffarxonmuhrlari (1861-1885-yillar) ham koʻrsatiladi. 
Kiraverishda oʻng qoʻlda XIX asr oxiri XX asr boshlari Buxoroda Sud 
jarayoni tasvirlangan rasm osilganligini koʻrish mumkin. Bu rasm 1980 -yilda 
rassom Muhammadiev tomonidan yogʻ-boʻyoqda ishlangan.
3-xonaning roʻparasidagi hovlida XX asrning boshlariga qadar kichik 
ayvoncha boʻlib, uning ostida Zindon boshligʻi “Mirgʻazab” oʻtirgan va nazorat 
ishlarini olib borgan.


113 
4-xona “Oʻlim xonasi” boʻlib, ikkinchi nomi “Kanaxona” deb ham 
aytilgan. Bu yerda oʻta xavfli jinoyatchilar, ya’ni odam oʻldirganlar, amir 
siyosatiga qarshi chiqqanlar, qisqacha qilib aytganda, oʻlimga mahkum qilingan 
mahbuslar jazo muddatini oʻtashgan. Bu xonaga kirib borishda avval qorovullar 
oʻtiradigan xona va ichkarida 20 kishiga moʻljallangan choh, ya’ni quduq shaklida 
kovlangan chuqurlik boʻlib, uning chuqurligi 6,5 metrni va kengligi 5 metrni, 
devor qalinligi ham 5 metrni tashkil etadi. Aslida bu chohning chuqurligi 11,5 
metrni tashkil etgan. Bu choh ichiga arqon yordamida kirib chiqiladi. Hatto 
mahbuslarga ovqat ham arqon yordamida berilgan. Bu chuqurlikning usti gumbaz 
boʻlib, gumbazni oʻrtasi ochiq boʻlgan va yorugʻlik faqat tepadan tushgan. 
Mahbuslarga kuniga 1 marta ovqat berilgan va 2 oyga bir marta tashqariga olib 
chiqib, hovlini aylantirilgan.
1838 -yilda amir Nasrulloxon buyrugʻiga koʻra kapitanArtur Konolli va 
podpolkovnik Charls Stoddart degan Buyuk Britaniyalik josuslar shu 
“Kanaxona”ga tashlanadi va 1842-yilda Registon maydonida qatl qilinadi. 
Hozirgi paytda qorovullar oʻtiradigan xonada muzey ekspozitsiyasi 
joylashgan. Bu xonada bir nechta rasmlarni koʻrishimiz mumkin.
Masalan: Chap tomondagi 1-rasmda eski zindonning surati aks etgan va 
pastki koʻrgazmada, XVI-XVIII asrga mansub arxeologik sopol buyumlar 
qoʻyilgan. 
2-rasmda zindon oldida mahbuslar bilan uchrashuvni kutib oʻtirganlar 
tasvirlanadi va pastki koʻrgazmada 1621-yilda Abu Ali al-Margʻiloniyning 
“Hidoya-i-Sharif” qoʻlyozmasini koʻrishimiz mumkin. Bu qulyozma huquqqa oid 
kitob boʻlib, unda asosan oila kodeksi haqidagi ma’lumotlar aks etadi. 
3-rasmda zindondagi askarlar harbiy libosi va qurollari bilan tasvirlanadi. 
Pastida Hindistonda, Laknaidada chop etilgan, huquqqa asoslangan kitob 
qoʻyilgan. Oʻsha paytlarda Hindistonda kitob chop etish avj olgandi. 
4-rasm-Panorama, ya’ni koʻrinish deb aytiladi. Bu yerda asosan eski zindon 
atrofidagi uylar, koʻchalar va ark qoʻrgʻonining orqa qismi tasvirlangan. 


114 
Shu xonaning peshtoqida esa qozikalonning liboslari, ya’ni yaktagi va 
sallasi eksponat shaklida qo’yilgan. Yaktak-fors tilidan olingan boʻlib, bir qavatli 
taglik degan ma’noni bildiradi. Salla musulmonlarning bosh kiyimi hisoblanib, 7 
metrdan 21 metrgacha boʻlgan. Oxirgi oʻng tomondagi rasmda qozikalonlar rasmi 
qoʻyilgan va pastgi koʻrgazmada qozilarning qogʻoz-hujjatlarda urilgan muhrlari 
koʻrsatilgan. 
Zindon hovlisining orqa qismida bir qabr joylashgan. Hikoya qilishlaricha, 
Zindonda 40 yillik umrini bagʻishlagan, ya’ni jazo muddatini oʻtagan, Qoʻchqor 
ota qabri joylashgan. U odamni Zindonning piri deb ham atashgan.

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish