8.2. Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari.
Oʻrta Osiyo xonliklari ichida Qoʻqon
xonligining ham alohida oʻrni bor. Xonlik mintaqamizning ham ichki, ham tashqi
81
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане.Т.: Университет, 2012.-С.37.
139
hayotida muhim rol oʻynagan. Dastlab xonlik boshqaruvi ierarxiyasi (ketma-
ketligi) Buxoro amirligi boshqaruvi namunasida tashkil etilgan edi.
Ish hujjatlarini yuritish xonlik devonxonasini boshqaruvchi devonbegiga
topshirilgan. XIX asrning 50-60-yillaridan uning vakolatlari boshqa amaldorga –
mirzaboshiga yuklatilgan. Devonbegi qoʻl ostidagi eng kichik mansabdor shaxsdan
tortib(mirza) eng katta mansabdorlargacha faoliyat yuritgan. Devonbegi
devonxonasida kirim-chiqim daftari, gʻazna tushumlarning hisobotlari (vaqf
mulkidan kelgan tushumlar), masjid-madrasa mulklari, aholi tomonidan xonga
tortiq qilingan sovgʻalar boʻyicha hisobotlar olib borilardi.
A.L.Troitskayaning yozishicha, daftardagi hisobotlar patta hujjatidan
koʻchirib yozilgan (patta mazmunan qadimgi rus “qaydnomasiga” oʻxshaydi.).
Patta (bildirish)lar xonlik devonxonasi nomidan xoʻjalik ma’muriyatiga va
mahalliy aholiga yer soligʻi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnomalardir. Bunday
bildirishnomalar soliq yigʻuvchilar tomonidan tuzilib ular tomonidan saqlangan,
ba’zida “daftar” hisobot qaydnomalariga ilova sifatida yopishtirilgan
82
.
Yer mulklari qaydnomalari ulardan farqli yuritilgan. Har uch yilda xon
tomonidan tayinlangan “komissiya” tashkil etilgan. Komissiya boshida muftiy va
a’lamlar turgan. Tanob roʻyxati maxsus yuborilgan yozib oluvchi tomonidan
tuzilgan. Ularning haqiqiyligi muftiy va a’lamlar tomonidan tasdiqlangan va
hujjatga tasdiqlovchi imzo va muhrlar qoʻyilgan. Bu roʻyxatda yer egalari va
ularning yer miqdori koʻrsatilgan. Ular adabiy tilida “parcha”, “boʻlak” deb
nomlangan. Bir-biriga ketma-ket ulangan oʻramlar shaklida rasmiylashtirilgan
2
.
Xon devonxonasida xatlar, yozishmalar guruhlanib bir-biriga ketma-ket
ulangan ustun shakldagi hujjatlar ham yuritilgan. Boshqa Oʻrta Osiyo xonliklari
kabi bu xonlikda ham hujjatlar rasmiylashtirilayotganda xon nomiga yuborilgan
xat va murojaatlarga shaxs ism-sharifi koʻrsatilmagan, faqat xatning orqa tomonida
yuboruvchi ismi koʻrsatilgan. XIX asr 60-yillarida hujjatlar 2 xil qogʻozda
mahalliy Qoqon va rus qogʻozlarida yozilgan. Xonlik va bek devonxonalarining
82
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане. Т.: Университет, 2012.-С.37.
140
vakolatli hujjatlari, shikoyat yorliqlari, ga’zna koʻrsatmalari rus qogʻozida, qolgan
hujjatlar mahalliy qogʻozda amalga oshirilgan.
Yettisuv viloyati ilmiy muassasasi yetakchi rahbari N.Pantusov xonlik
devonxonasi hujjatlarini birinchilar qatorida oʻrganib shunday degan edi: rus
harbiylari Qoʻqon shahridagi faoliyati natijasida xonlik saroyida arxiv qoldiqlari
topilgan. Ular qipchoqlar hujumidan omon qolgan edi. Arxiv qogʻozlarining
koʻpchilik qismi oʻram shaklida saqlangan. Bu hujjatlar xiroj, tanob, zakot kabi
soliqlarning sobiq xonlik aholisidan yigʻilganligi, soliqlar miqdori va ularning
oʻzgarishi kabi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan. Bu daftarlarning mingdan ortiq
nusxasi saqlangan; ular orasida eng eskisi 10 yil oldinroq yaratilgan boʻlsa kerak.
(oʻsha davrga nisbatan). Hujjatlar bir-biriga qoʻshilgan, ba’zi hujjatlarning boshi,
oxirgi qismlari yoʻqolgan. Xonlikning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan
siyosiy gʻalayonlar davrida rasmiylashtirilgan hujjatlar oʻgʻirlangan. Arxiv oʻzida
oʻlka tashkilotlari uchun oʻta muhim boʻlgan hujjatlarni saqlagan. Jumladan, aholi
statistika ma’lumotlari, armiya, yer egaligi boshqaruvi, turli xil in’omlar
jamlanmasi va hokazolar
83
.
Quyidagi hujjatlar ham saqlangan: 1.Xonlik yerlarining miqdori va
oʻlchami. 2. Mansabdor shaxslar soni (soliq toʻlovidan ozod qilinganlar). 3.Soliq
imtiyozlariga ega boʻlgan diniy tashkilot mansabdor shaxslari. 4.Qoʻshimcha xiroj
va tanob in’omlari. 5.Xonlik lashkari soni. 6.Lashkar saqlash xarajatlari.
7.Mahsulotdan undiriladigan xiroj miqdori. 8.Hosildan xiroj yigʻimi (paxta,
bugʻdoy, tamaki). 9.Xon xonadoni, saroy qurilishlarida boʻladigan xarajatlar.
10.Qurol-yarogʻ tayyorlash xarajatlari. 11.Chorvadan olinadigan zakot yigʻimi
miqdori. 12.Paxtadan xiroj toʻlashda kamomadlik. 13.Tanob yigʻimi miqdori.
14.Ma’lum mahalliy yerlarga egalik qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar. 15.Harbiy
qochoqlar soni. 16.Xon xazinasiga kelib tushgan sovgʻa va in’omlar. 17.Vaqf
mulklari haqida. 18.Qoʻqon hududi aholisidan yigʻilgan tushumlar
84
.
83
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане.Т.: Университет, 2012.-C.38.
84
Shu kitob. -B.39.
141
Xiva xonligi arxivi kabi Qoʻqon xonligi devonxona materiallari ham
Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning bosib olinishi natijasida musodara
qilingan. Hujjatlarni yigʻish va ularni mamlakatdan olib chiqish ishlariga A.Kun
ishtirok etgan edi. Unga Sharq qoʻlyozmalarini yigʻuvchi va barcha ilmiy ishlarni
nazoratchisi sifatida K.P.Kaufman bilan birgalikda Qoʻqonda harbiy harakat olib
borayotgan bosh qarorgoh harbiylari tarkibida boʻlish vakolati berilgan.
Sharq qoʻlyozmalari va hujjatlarini yigʻish xonlik bosib olingandan keyin
ham davom etdi. 1876-yil 5-fevral kuni K.P.Kaufman general-leytenant Gerasim
Kalpakov (1819-1896-y.) nomiga telegramma yuboradi. Unga koʻra Qoʻqon,
Andijon, Margʻilondan sharq qoʻlyozmalari va soliq tushumlari yozib boriluvchi
qaydnomalar, turkcha atalgan daftarlarni talab qilib olish vakolati general-
leytenantga taqdim etish kerakligini ta’kidlaydi. Oʻz navbatida, G. Kalpakov
bunday vazifani Fargʻona viloyati harbiy gubernatori M.Skobelevga yuklaydi
3.
Buning oqibatida huquqshunoslik, tibbiyot, geografiya, boshqa sohalarga
tegishli boʻlgan sharq qoʻlyozmalari va hujjatlarining ma’lum bir qismi yigʻilgan.
Ular dastlab Toshkent xalq kutubxonasiga yuborilgan. Keyinchalik 1876-yil
noyabr oyida K.P.Kaufman rahbarligida sharqshunos A.Kun tomonidan Qoʻqon
xonlari arxiv hujjatlari va sharq qoʻlyozmalari Peterburgdagi Imperator xalq
kutubxonasiga taqdim etilgan.
Qoʻqon xonlari arxiv hujjatlari Xiva xonlari arxiv hujjatlari kabi
Peterburgga yuborilgandan soʻng, 80 yil mobaynida oʻrganilmagan, unga noaniq
tadqiqot obyekti sifatida qaralgan, kutubxonaga qanday holda kelgan boʻlsa
shunday holda qoplar ichida oʻramlar shaklida saqlangan.
1939-yilda Sank-Peterburgda sharqshunos P.P.Ivanov Xivadan yuborilgan
hujjatlar bilan ishlayotganida ular orasida tojik tilida yozilgan Fargʻona hujjatlarini
topib oladi. Keyinchalik M.Yu.Yoʻldoshev ham Imperator xalq kutubxonasi
fondida Qoʻqon xonlarining arxiviga mansub hujjatlar mavjudligini ta’kidlaydi.
1962-yilda Qoʻqon xonligi arxiviga aloqador 5026 varaqdan iborat 3 800
jamlanma hujjatlar va 151 oʻrama hujjatlar Sankt-Peterburg kutubxonasidan
hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxiviga topshirildi.
142
Imperiya hukumatining Oʻrta Osiyoda mavjud xonliklar xususida
ma’lumotlar yigʻishi xonliklar arxiviga daxl qilish orqali amalga oshirildi. Sharq
olamidagi boshqaruv tizimi, davlatlararo va mamlakat ichida hujjat yuritish
an’analari alohida va oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Xonliklardagi
markaziy va mahalliy ma’muriyatlarda olib borilgan ish yuritish hujjatlari
markazlashmagan holda edi. Shundan boʻlsa kerak xon va beklar, devonbegi kabi
yuqori martabali kishilarga mansub hujjatlar alohida-alohida kotibiyatlarda
saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |