146
9- mavzu: Buxoro viloyatida arxiv ishining tashkil etilishi
Reja:
9.1.
Buxoroda sovet tuzumining oʻrnatilishi va arxiv ishi
9.2.
Oʻzbekiston Milliy arxividagi I-126 fondi Buxoro amiriligi qoʻshbegi arxivi
topilishi va tartibga solinishi
9.3.
Rossiya imperatori siyosiy agentligining arxivi tushunchasi
9.4.
Buxoro viloyatining tashkil etilishi va arxiv tizimi
Tayanch soʻz va iboralar:
arxiv byurosi, Zarafshon viloyatida arxiv
muassasalari,Amir Olimxon madrasasi,V.L.Vyatkin,siyosiy agentlik, qaydnoma
kitobi, Turkiston general-gubernatori, rasmiy hujjatlar, Buxoro viloyati, hujjat
saqlovi, ijroqoʻm, ilmiy-texnik ishlov, saqlov birligi, Koʻkaldosh madrasasi.
9.1. Buxoroda sovet tuzumining oʻrnatilishi va arxiv ishi.
Ma'lumki, har
bir davlat tarixini yoritishda arxiv hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tarixiy
tadqiqotlarning manbaviy asosini shakllantirish va milliy-madaniy boylik
hisoblangan yozma va tarixiy hujjatlarni muntazam ravishda jamlab borish va
ularni but saqlanishini ta'minlashda davlat arxivlarining oʻrni muhimdir.
Buxoro shahrining vatanimiz tarixida tutgan oʻrni haqida ortiqcha ta’rif
berish shart emas. Xoʻsh, bu hududda tariximiz uchun qimmatli boʻlgan hujjatlar,
qadimiy qoʻlyozmalar saqlanadigan muassasa – arxivlar qachondan boshlab tashkil
etilgan va qanday faoliyat yuritgan? Qadim-qadimdan hukmdor saroyida
kutubxonalar va devonxonalar mavjud boʻlsa-da, ular zamonaviy arxiv vazifasini
bajarmas edi. XIX asr oxirida tojdorlik qilgan amirlar hujjatlar saqlanadigan
devonxonani oʻz qarorgohlarida olib yurganlar. Amir devonxonasiga parvonachi
javobgar boʻlgan. Saroy kutubxonasidan esa faqat amirning ruxsati bilan
foydalanilgan.
Buxoroda arxiv muassasalarini tashkil etilishi hududda shoʻro tuzumining
oʻrnatilishi bilan bogʻliq. 1925-yil oxirida Zarafshon, Toshkent, Samarqand,
Fargʻonada viloyat arxiv byurolari va 1926-yil boshida Xorazm, Qashqadaryo va
147
Surxondaryoda viloyat arxiv byurosi tashkil qilindi. 1927-yil okrug maqomi
berilishi munosabati bilan viloyat arxiv byurolari okrug nomi bilan qayta
nomlandi.
Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1935-yil 21-dekabrda
qabul qilgan qaroriga koʻra Samarqand, Buxoro, Fargʻonadan tashqari hamma
shahar va tumanlarda shahar va tuman arxivlari tashkil qilindi. Oʻzbekiston SSR
Markaziy Arxiv Boshqarmasi (MAB)dan Oʻzbekiston SSR Markaziy Davlat
Arxivi oʻzining Samarqand, Buxoro, Fargʻona boʻlimlari bilan ajralib chiqdi.
Buxoro viloyat Davlat arxivi 1925-yilda Zarafshon viloyat arxiv byurosi
sifatida tashkil topgan boʻlib, 1927-yilda Buxoro okrug arxiv byurosiga
aylantirilgan.
Buxoroda dastlab arxiv ishini yoʻlga qoʻyish uchun asosiy hujjatlar bazasi
sifatida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Zarafshon viloyati, Buxoro okrugi va
Buxoro viloyati ijroya qoʻmitalarining hujjatlari xizmat qilgan.
Agar arxiv tashkil topgan dastlabki davrlarga qaraydigan boʻlsak, uning
ogʻir ahvolda ish boshlaganini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekiston Milliy Arxivining
R-400 fondida saqlanayotgan hujjatlar bunga guvohlik beradi. OʻzSSR MABning
1926-yilgi
hisobotida
aytilishicha
sobiq
Buxoro
viloyati(oblasti)
va
TojikistonASSRda arxiv ishi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Eski Buxoroda Zarafshon
arxiv byurosi sifatida arxiv organlari tashkil etilgan edi, lekin bu organ
ishchilarining
toʻliq
tasniflanmaganligi,
sharoitning
yomonligi,
mablagʻ
yoʻqligidan hujjatlarni tartibga solinmaganligi uchun MAB ularni OʻzMABga
topshirishni lozim biladi. OʻzMABda ularni saqlash, tartibga solish ishlari olib
boriladi. Bu hujjatlar sobiq Buxoro Respublikasining tugatilgan muassasalari
hujjatlari boʻlib, ular mutlaqo tartibsiz holda saqlangan. Bir qismini Toshkentga
yuborish kerak edi.
Birinchi navbatda yuqori ilmiy qimmatga ega boʻlgan hujjatlar – Nozirlar
Kengashi, Harbiy Nozirlik, Xoʻjalik Nozirligi hujjatlari, bundan tashqari
148
diplomatik hujjatlar va sobiq Buxoro Amiri arxivi topshirilishi koʻzda tutilgan
85
.
Koʻrinib turibdiki arxiv fondlari anchagina “boy” boʻlgan.
Milliy chegaralanish natijasida MAB sobiq Buxoro va Xorazm
Respublikalari tarkibidan chiqqan, arxiv ishi umuman yoʻlga qoʻyilmagan yangi
viloyatlarda yuqori qimmatga ega hujjatlarning yoʻqolib ketishini oldini olish
uchun kam miqdorda kreditlar ajratish orqali ba’zi shtatlarni rivojlantirdi. Chunki
bu hujjatlar inqilobgacha boʻlgan davr va Xalq Respublikalari haqidagi
ma’lumotlarni yoritadi. Bu yerlarda arxiv byurolari tashkil etildi.
Lekin ish bu bilan hal boʻlib qolmasdi. Qilingan ishlar mavjud ahvolni
butunlay yaxshilay olmagan. Joylardagi arxiv muassasalari maxsus kadrlar va
mablagʻ borasida koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan edi. MAB bosh boshqaruvchisi
Ivanov BXSR tugatilgandan soʻng u yerlardagi arxiv muassasalarini tekshirib
chiqadi va natijalarini yozma ravishda hisobot tarzida Oʻz MIK bosh kotibi
Cheloguzovga bildirgan edi. Ivanov oʻz hisobotlida quyidagilarni keltiradi:
“Zarafshon viloyatidagi arxiv ishi haqida ba’zi ma’lumotlarni 1924-yilgi
dokladimga qoʻshimcha qilmoqchiman. Bularga MIK Prezidiumining majlisidagi
chiqishim va shaxsiy suhbatlarimni kiritaman.
Gap shundaki, sobiq Buxoro Respublikasida arxiv organlari boʻlmagan va
arxiv materiallari muassasalarda saqlangan. Qisman Zarafshon viloyatining Xalq
ta’limi boʻlimi tomonidan toʻplab qolingan. 1924-yil dekabr oyining oxirgi
kunlarida Buxoroda boʻlganimda Zarafshon viloyat arxiv byurosi bilan muzokara
olib bordim va buning natijasida Viloyat ijroiya qoʻmitasi arxivchilar shtatini 4
kishiga yetkazishdi (rahbar va 3 ta arxivchi). Yaxshimi-yomonmi guruh
Toshkentdan qoʻllanmani qabul qilib olib ishga kirishdi. Lekin ular orasida arxiv
qonunchiligini biladigan birorta ham ishchi yoʻq edi. Bundan tashqari ular oʻzbek
va rus tillari bilan umuman tanish emas edi va buning oqibatida arxivchilar ishni
notoʻgʻri bajarar edilar. Mening ikkinchi tashrifim ham diqqat markazida boʻldi.
Hujjatlar
saqlanadigan
maxsus
xonalarning
kamligi,
tajribali
mutaxassislarning yoʻqligi va ularni boshqa shaharlardan olib kelish masalasi meni
85
Fayzullayev Sh.N., Klichev O.A. Buxoro arxiv ishi tarixi. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2015. –B.17.
149
iyun oyida yana Buxoroga tashrif buyurishimga majbur qildi. Viloyat ijroiya
qoʻmitasi huzurida ushbu masalani koʻtarib Ijroqoʻmning diqqatini qaratish kerak
edi. Mening rasmiy iltimosimga javoban u: “Shtatlar sonini yana koʻpaytirish
ehtiyojdan ortiq. Ularni koʻpaytirish uchun pul yoʻq, ahvolimiz ogʻir. Undan koʻra
arxiv byurosini Viloyat ijroiya qoʻmitasi huzurida mustaqil boʻlim sifatida tashkil
qilish kerak” deb aytdi. Shunda men Zarafshon viloyat Davlat Reja Qoʻmitasi raisi
va viloyat ijroya qoʻmitasining boshqa a’zolari bilan hech boʻlmaganda sobiq
Buxoro amirining qimmatli arxivi va butun boshli nozirliklar hujjatlarini talon-
taroj qilishdan saqlash haqida kelishib oldim. Buning uchun ularni MAB
saqloviga, Toshkentga joʻnatish kerak edi. Oʻshanda yuborish sistemasi ishlab
chiqildi va viloyat Davlat Reja Qoʻmitasi raisi oʻrtoq Galay muammoni ijobiy hal
qilishga va’da berdi.
Shu bilan muammo davlat nuqtayi nazaridan hal qilingan boʻldi. Qimmatli
arxiv materiallari talon-tarojdan va tajribasiz arxivchilarning “ishlov”laridan olib
qolindi. Viloyat Ijroqoʻmi esa Arxiv byuroning bir inspektoriga maosh toʻlashdan
ozod boʻldi. Bu inspektor muassasalarga arxivshunoslik boʻyicha xizmat qilardi.
Lekin MABning olib borgan fidokorona muzokaralariga qaramay Zarafshon
viloyat Ijroqoʻmining bildirishnomasini qabul qildi, unda viloyat Ijroqoʻm raisi
oʻrinbosari oʻrtoq Galayning qaroriga koʻra arxivlar faqat MABning pul
toʻlaganidan soʻng Toshkentga yuborilishi mumkin. Sobiq Buxoro amiri va sobiq
Buxoro Respublikasi Nozirliklarining qimmatli arxivlarini saqlab qolish uchun
men XKSdan oʻsha summani soʻramoqchi boʻldim. XKS viloyat Ijroqoʻmidan
tegishli smetani yuborishni talab qildi. Talabnomaning qat’iyligiga qaramay ikki
oy javobsiz qoldirildi. Viloyat Ijroqoʻmi qaroriga koʻra arxiv byuroning ishchilari
soni ikki kishi qilib qoʻyildi: rahbar va arxivchi. Shularni bayon qilmoqchimanki,
bular mening kasbiy xizmat vazifam hisoblanadi. Menimcha, Zarafshon viloyatida
arxiv ishi viloyat Ijroqoʻmi tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan. Chunki men 2 kishi
bilan yoʻlga qoʻyilgan arxiv ishini ish deb hisoblamayman. Arxiv hujjatlarining
orasida tugatilgan eski muassasalarning 1000 puddan ortiq materiallari bor. Agar
ikki kishi saqlash ishi bilan shugʻullansa - hujjatlarga ishlov berish, tizimlashtirish,
150
ma’lumotnoma berish, yangi arxivlarni qabul qilish ishlarini bajaradigan odam
qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |