Tayanch soʻz va iboralar:
yozma manbalar, K.P.Kaufman, oqsoqollar,
kolleksiya, vaqf hujjatlari, devonbegi hisobotlari, Ost-Indiya, mirzaboshi, mehtar
devonxonasi, patta, shikoyat yorliqlari.
8.1.Sharq qoʻlyozmalari va hujjatlarni yigʻish hamda Xiva xonligi
hujjatlarining kolleksiyasi va taqdiri.
Ma’lumki, har bir davlat tarixini yoritishda
arxiv hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tadqiqotlarning manbaviy
asosini shakllantirish va milliy-madaniy boylik hisoblangan yozma va tasviriy
hujjatlarni muntazam ravishda jamlab borish va ularni but saqlanishini
ta’minlashda davlat arxivlarining oʻrni muhimdir.
Oʻrta Osiyo mintaqasida mavjud boʻlgan davlatlar va ularning davlatchilik
tarixini oʻrganish bugungi kun tarixchilari oldida turgan muhim masalalardan
biridir. Mintaqada tashkil topgan qadimgi davlatlarning boshquv tizimi va xoʻjalik
hayotini oʻrganish uchun oʻsha davrda yuritilgan hujjat va manbalarning ahamiyati
beqiyos.
Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar va yangi davr tarixi “Xonliklar davri tarixi”
deb qayd etilgan. Xiva va Qoʻqon xonligi, shu bilan birga Buxoro amirligi oʻzbek
davlatchiligi tarixida alohida ahamiyatga ega boʻlib, ushbu davlatlar va ulardagi
boshqaruv an’analari xususidagi ma’lumotlar mazkur davr hujjatlarda oʻz aksini
topgan. Xonliklardagi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimlarida rasmiy idoraviy
hujjatlarni yuritish, saqlash, tartiblash kabi xususiyatlarni oʻrganish muhimdir.
Xon, devonbegi, qushbegi, mingboshi, yasovulboshi, qozikalon, bek, munshiy,
mirzaboshi, muftiy kabi lavozimlar va ularning faoliyat doiralarida koʻrib
135
chiqilgan masalalar va ularning yechimlari bilan bogʻliq ma’lumotlarni oʻz ichiga
olgan hujjatlarning jamlanmasi - arxiv muassasalari tarixini oʻrganishda ham
ahamiyatga molikdir.
Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining XIX asr soʻnggi choragida
harbiy harakatlar asnosida egallanishidan keyin xonlik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
hayotini oʻzida aks etgan hujjatlar imperiya hukumati ma’murlari ixtiyoriga oʻtdi.
Ular bu kabi ma’lumotlarni qoʻlga kiritish maqsadida harbiy harakatlarni amalga
oshirishdan oldin maxsus ekspeditsiyalar uyushtirgan va bu yoʻnalishda dasturlar
ishlab chiqqan.
Dasturlarda tarixiy geografiyaning alohida boʻlimlari va yozma manbalar
majmuasi mujassamlashtirilgan. Ular oʻz navbatida xonlikda mavjud va ilmiy
ahamiyatga molik sharq qoʻlyozmalarini (kitob rastalari, bozorlar, mansabdor
shaxslar) qoʻlga kitirish, shu bilan birga rasmiy hujjatlarni jamlash, toʻplash
naqadar muhimligini ta’kidlagan edi.
Dasturning 4-bandida shunday deyilgan: “Shak-shubhasiz, hujjatlar faqat
rasmiy shaxslar xonadonida emas, balki oddiy odamlar xonadonida ham topiladi,
chunki qachonlardir oʻsha oddiy odamlarning ajdodi mansabdor shaxs boʻlganlar.
Ularda yorliqlar, shartnomalar yoxud ularning nusxalarini uchratish mumkin.
Masalan, oqsoqollar soliq tushumlarini qayd etib borishgan. Bu kabi hujjatlarning
hammasi ilmiy ahamiyat kasb etadi
76
. Mazkur dastur bandlarining ijrosini
ta’minlash maqsadida Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Xiva xonligiga
uyushtirgan harbiy yurishlari davrida sharqshunos A.L.Kunning ishtirok etishi
xususida tegishli koʻrsatma bergan.
A.Kun 1873-yil 5-oktabrda Turkiston general-gubernatori nomiga
yoʻllagan hisobot xatida ekspeditsiya va oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosi
xususida atroflicha ma’lumotlarni taqdim etib: 1) xonlik haqidagi statistik-
etnografik materiallar; 2) Xiva saroyini egallanishidan soʻng sharq qoʻlyozmalari,
tanga va hujjatlar musodara qilinishi; 3) ayollarning kumush taqinchoqlari,
ularning bir qismi tijorat, bir qismi kontributiv mol-mulklar ekanligi, turkman va
76
Исакова М.Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане. Т.: Университет, 2012.-C.34.
136
turkmanlar ayolining kostyum kolleksiyalari (jamlanmalari); 4) Xiva xoni taxti
musodara qilingan; 5) chaqa tanga soʻqish uchun moʻljallangan xon muhrlari,
shtamplari; 6) Koʻhna Urganchda chiqarilgan tamgʻalar qoʻlga kiritilganligini
ta’kidlagan.
Sharq qoʻlyozmalari kolleksiyalarning bir qismi va Xiva xoni taxti Osiyo
muzeyiga
77
, kitoblar, hujjatlar, kumush buyumlar, kiyim-kechaklar, qadimiy
tangalar, muhrlar Imperator ommaviy kutubxonasiga
78
yuborildi. A.Kun ta’rifiga
koʻra saroyni musodara qilishning ikkinchi kunida 300 tagacha qoʻlyozma yigʻib
olindi. Ular orasida 140 tomlik 129 tarixiy insholar, 30 tomli 20 dan ortiq sharq
shoirlarining ijodiy majmuasi 40 huquqiy - sha’riy insholar (50 tom), Qur’oni
Karimning 18 nusxasi, hamda 50 dan ortiq darsliklar bor edi
79
.
A.Kun fikricha, Yunus Mirabning “Xiva xonlari tarixi” risolasi qoʻlga
kiritilgan barcha qoʻlyozmalar ichida eng bebahosi edi. Yunus Mirab xon saroyida
rasmiy tarixnavis boʻlib faoliyat yuritgan. Ushbu qoʻlyozmada Rossiya imperiyasi
bosqinidan ancha oldin hukmronlik qilgan Qoʻngʻirotlar sulolasi asoschisi,
Eltuzarxondan boshlangan xonlik shajarasi tarixi oʻz aksini topgan edi. Bu
qoʻlyozma oʻz navbatida Xiva xonligi davlat an’anasiga binoan avloddan avlodga
meros boʻlib qoluvchi lavozim-rasmiy tarixnavislar tomonidan yozilgan.
Xivaga yurish vaqtida mazmuniga koʻra quyida aks ettirilgan arxiv
ma’lumotlari ham toʻplangan: 1) moliyaviy masalalar (xonlik daromadi va
xarajatlari) ; 2) vaqf va mulk shakldagi yer hujjatlari; 3) rasmiy nomalar ( turli xil
diplomatik yozishmalar, iltimosnomalar). Birinchi (guruhda) oʻrinda salgʻut soligʻi
77
Osiyo muzeyi - 1818 -yil noyabr oyida Rossiya imperatori Pyotr I davridan boshlab oʻz faoliyati boshlagan.
Muzey asosan Rossiyadagi eng yirik sharq qoʻlyozmalar, kitoblar va tangalar fondiga ega boʻlgan. 1917 -yilda eng
yirik kutubxonali muzeyga aylangan.1921 -yildan muzey huzurida sharqshunos olimlar Kollegiyasi ta’sis etiladi.
1926 -yilga kelib uning fondlarida 200 mingdan ziyoda turli sharq tillardagi kitoblar, jurnalar va qoʻlyozmalar
toʻplangan. 1930 -yilga kelib esa muzeyning sharqshunoslar Kollegiyasi SSSR FA Sharqshunoslik insitutini tashkil
etishda asosiy rol oʻynagan. Muzeyda X.D.Fren (birinchi direktor), B.A.Dorn, S.F.Oldenburg, V.V.Bartold,
I.Yu.Krachkovskiylar faoliyat yuritganlar. 1992 -yildan mazkur muzey Rossiya davlat sharq muzeyi maqomida
faoliyat
olib
bormoqda.
Qarang:
http://enc-dic.com/enc_spb/Aziatski-muze-2032.html,
http://enc-
dic.com/enc_sovet/Aziatski-muze-67185.html. http:// ru.wikipedia. org/wiki/Институт_ восточных_ рукописей_
РАН.
78
Imperator ommaviy kutubxonasiga - 1795 -yilda quricha Yekaterina II tomonidan Sankt-Peterburg shahrida asos
solindi. 1925 -yildan boshlab Rossiya jamoat kutubxonasi deb nomlangan. 1932 -yildan boshlab kutubxona
M.Ye.Saltikov-Shedrin nomi bilan yuritila boshlangan. 1992 -yil 27 mart sanasidan boshlab bu muassasa Davlat
jamoat
kutubxonasi
deb
oʻzgartirlgan.Qarang:
https: // ru. wikipedia.org /wiki/ Российская _
национальная_библиотека.
79
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане. Т.: Университет, 2012.-C.35.
137
qaydnomalar kitobiga e’tibor qaratilgan. Ikkinchi – xonlik xarajatlari haqidagi
devonbegi Matmurod hisobotlari turgan. Uchinchi - Buxoro, Kralinsk,
Konstantinopolda yashovchi xivalik savdogarlarining Xiva xoniga yuborgan
iltimosnomalari. Ma’lum yerga ega boʻlish uchun yer masalalarini kengaytirishga
nisbatan aytilgan fikrlar kiradi. Diplomatik yozishmalar orasida Ost-Indiya
kompaniyasi general-gubernatori Nors Bruk nomasi, turk sultonlari nomalari,
ruxsatnomalar bor boʻlib ular rus elchisi Danilevskiy, Xiva xoni hamda Turkiston
general-gubernatori bilan olib borgan yozishmalari ham oʻrin egallagan.
A.Kunning yuqorida keltirgan muhim arxiv materiallarining tarkibi
mukammal emas degan fikri asosli boʻlib, ushbu arxiv hujjatlarni tadqiq etganida
ikki muhim vaziyatni qayd etgan. Birinchidan, Rossiya imperiyasining
bosqinchilik siyosati va siyosiy vaziyatlari bilan boʻgliq chigalliklar. Ikkinchidan,
Oʻrta Osiyo xonliklarida davlat arxivlari va yozma hujjatlarni saqlash an’analari
shakllanmaganligi hamda bu kabi hujjatlarni saqlash maqsadida maxsus joylar
ajratilmaganligini ham alohida ta’kidlaydi.
Biroq shuni ta’kidlash lozimki, A.Kun tomonidan sharq qoʻlyozmalari
toʻplangan boʻlsa-da, ular orasida Xiva xonligining hujjatlari achinarli ahvolda
boʻlgan. N.P.Ostroumovning kundalik qaydlarida yozilishicha, 1891-yili 5-
sentabr kuni Xiva xonligi bosh kotibi Mirza Boshi Polvon bilan uchrashganida u
Kunning Xiva xonligidan 1500 turli xil mazmundagi hujjatlarni olib ketib, qayiqda
qaytayotganini bildiradi. Shu paytda hujjatlarni ma’lum qismi suvda namlanib
qolganidan madrasadan 150 mulla soʻraganini, mullalar yordamida hujjatlarni
quritishga harakat qilganini aytib beradi. Shunda ayrim hujjatlar mullalar
tomonidan olib qoʻyilib yashirilganligini va Mirzaboshi ushbu hujjatlarning
ma’lum qismi Buxoroda ekanligini ham qayd etgan
80
.
Xiva xonlari arxivi asosan qoʻshbegi, devonbegi, mehtar devonxonalari
hujjatlarining yigʻindisidan tashkil topgan.1948-yilning iyul oyida Xorazm viloyati
davlat arxivi “Xiva xonligi konselyariyasi” fondida saqlangan hamda 1874-1917-
yillar voqealarini qamrab olgan 98 jamlanmadan iborat arxiv hujjatlari
80
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане.Т.: Университет, 2012.-С.36.
138
Oʻzbekiston Markaziy davlat arxiviga topshirildi. Bular asosan Amudaryo boʻlimi
boshligʻining Xiva xoni devonxonasi bilan soliq yigʻimi, jinoiy va fuqaro ishlari
xususida olib borgan yozishmalaridan iborat boʻlgan.
Bir yildan soʻng mazkur fond Qoraqalpogʻiston hududidan olingan turli
xildagi qozilik, vaqf mulklari hujjatlari, xonlik aholisining murojaati, devonxona
kitoblari (soliq tushumlari, muayyan yer egalarining yer hajmlari, suv inshootlarini
tozalashda ishtirok etgan ishchilar xususidagi statistik ma’lumotdan iborat hujjatlar
bilan toʻldirilgan.
1960-yillarda respublika Arxivi ishi boshqarmasi rahbarligida Xiva xoni
arxiviga tegishli hujjatlarning aholi orasida izlashi, sotib olish ishlari olib borish
maqsadida ekspeditsiya tashkil qilinadi. Xorazm viloyati davlat arxivi ishchilaridan
iborat ekspeditsiya tarkibiga MDA xodimi S.Davletshina boshliq etib tayinlangan.
Bu ekspeditsiya 1961-yilning iyun oyida amalga oshirilgan tadbirlari natijasida
mahalliy aholidan 111 ta hujjat sotib oldi va 120 tasini bepul qoʻlga kiritdi. Shu
bilan birga Qaraqalpogʻiston mintaqasida yashovchi aholidan 35 ta hujjat sotib
olindi, 15 ta hujjat esa bepul qoʻlga kiritildi
81
.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirda esa ushbu
muasssasa Oʻzbekiston Milliy arxivi deb nomlanadi)ning Xiva xonligi
konselyariyasi fondi 1962-yilga kelib. M.E.Saltikov – Shedrin nomidagi Davlat
ommaviy kutubxonasi, (avvalgi Imperatorlik jamoat kutubxonasi hozirgi paytda
Rossiya Milliy Kutubxonasi deb nomlangan) – tomonidan 10158 varaqdan iborat
arxiv hujjatlari bilan toʻldirildi.
Keyingi yillarda hujjatlarga ilmiy texnikaviy ishlov berildi, hujjatlarning
izohi tuzilib, ish hujjatlari tartibga keltirildi. 1988-yil 20-aprelda fond toʻliqligicha
qimmatli ekanligi ekspertlar tomonidan belgilandi. Hozirgi kunda arxiv fondida
1269 birlikdagi hujjatlar saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |