Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


83 
5-mavzu: Mustaqillik davrida muzey ishi toʻgʻrisidagi qonunlar 
 
5.1.
Sovet hukumatining muzey sohasida olib borgan ishlari va Mustaqillik 
davrida muzey ishidagi oʻzgarishlar. 
5.2.
1998-yil 12-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” gi 
Farmoni. 
5.3.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil iyun va avgustdagi muzeylar 
toʻgʻrisidagi qonuni
 
Tayanch soʻz va iboralar:
Oʻzbekmuzey, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat 
vazirligi, Badiiy akademiya, qonun, farmon, qaror, modda, band, ark, tarix, 
oʻlkashunoslik, tarixiy me’moriy yodgorlik, eksponat.
 
5.1.Sovet hukumatining muzey sohasida olib borgan ishlari va 
Mustaqillik davrida muzey ishidagi oʻzgarishlar. 
Muzeylarda saqlanayotgan 
san’atasarlari va qadimgi davrga oid osori-atiqalar xalqning qadriyatlari ekanligi, 
ularni asrash va muhofaza etish bilan hukumat darajasida shugʻullanish lozimligi 
anglanadi. Sovet hokimiyati muzeylarni moliyaviy ta’minlash oʻrniga asosiy 
e’tiborni muzeyga kiruvchilarga hukmron kommunistik gʻoyani targʻib etish uchun 
yoʻnaltirdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Rossiya imperiyasida oktabr davlat 
toʻntarishiga qadar muzeylarni boshqarish uchun alohida boshqarma yoki biror bir 
maxsus muzeylar uchun qonunlar majmuasi yaratilmagan edi. 
 
Muzey ishi va yodgorliklarni muhofaza qilish davlat boshqaruvi tizimi 
1918-1920-yillarda yaratildi. XX asrning 20-yillari “oʻlkashunoslikning oltin oʻn 
yilligi” deyiladi. Bu mahalliy muzeylar taraqqiyoti oʻlkashunoslik harakati bilan 
bevosita bogʻliq holda borgan. “Oʻlkashunoslik muzeylari” atamasi ham oʻtgan asr 
20-yillarining oʻrtalaridan keng tarqaldi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati 
oʻlkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi. 
Oʻlkashunoslik ishlarining bu xilda tashkil etilishi muzeylarning viloyatlar 
hayotidagi ahamiyatini oshirib, ularni oʻziga xos madaniy va ilmiy markazlarga 


84 
aylantirdi, jamiyatda ularga “viloyat fanlar akademiyasi”, “oʻlkaning jonli 
ensiklopediyasi” sifatidagi munosabati shakllandi. Dastlab bolsheviklar hukumati 
mahalliy ziyolilardan katta qismining muzeylarda ishlashi jiddiy ilmiy 
tadqiqotlarni davom ettirishlari uchun imkon berdi. Oʻtgan asrning 20-yillarida 
muzeyga sovet davrida ta’lim olgan, ammo avvalgi an`ana va tajribalarni 
oʻzlashtirgan yosh avlod ham kelib qoʻshildi. Oʻlkashunoslik muzeylarining ushbu 
yillardagi faoliyati natijasida fondlarda turli mavzudagi kolleksiyalar toʻplandi. 
Muzeylar faoliyatiga oid masalalar koʻp sonli anjumanlarda va oʻsha davr matbuoti 
sahifalarida keng muhokama etildi. 
Bu davrda nafaqat sobiq Ittifoq, balki Oʻzbekiston mahalliy muzeylari ham 
(bu atama XX asr 30-yillarining oʻrtalarigacha muomalada boʻlgan) kuchli 
gʻoyaviy tazyiqqa uchradi. Natijada oʻlkashunoslik muzeylari oʻlkani kompleks va 
keng qamrovli oʻrganishi lozimligi haqidagi juda ham muhim vazifa bir 
tomonlama yondashuvga olib keldi. Oqibatda mahalliy muzeylarning koʻpchiligi 
XX asrning oʻttizinchi yillariga kelib, madaniyat sohasining ikkinchi darajali 
tarmogʻiga aylanib qoldi.
Muzeylarga umumiy talablar markaz tizimlari tomonidan 1930-yillarda 
shakllantirilib, urushdan keyin ham deyarli oʻzgarmay qoldi. Davlat muzey ishini 
qat`iy talablar asosida olib borishdan ham voz kechmadi. Bu esa ularning ijodiy 
ishlashiga, 
izlanishlariga 
yoʻl 
bermadi. 
Bozustiga 
1945-yili 
muzeylar 
Oʻzbekistonda ham maorif tizimidan madaniy-ma’rifiy muassasalar qoʻmitasiga 
oʻtkazildi. Shu tariqa muzeylarning madaniy-ma’rifiy muassasalar tizimiga oʻtishi 
uzil-kesil hal etildi. 1953-yil Madaniyat ministrligi tuzilsa-da, uning muzeylarni 
boshqarishning ilmiy asoslangan dasturga ega emasligi, boshqaruvning barcha 
pogʻonalaridagi kadrlar saviyasining pastligi kuzatilar edi. Muzeylarni 
boshqarishdagi bu vaziyat Oʻzbekistonda 1950-yillarning oxiridan 80-yillarning 
oxiriga qadar davom etdi. 
Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish