83
5-mavzu: Mustaqillik davrida muzey ishi toʻgʻrisidagi qonunlar
5.1.
Sovet hukumatining muzey sohasida olib borgan ishlari va
Mustaqillik
davrida muzey ishidagi oʻzgarishlar.
5.2.
1998-yil 12-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” gi
Farmoni.
5.3.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil iyun va avgustdagi muzeylar
toʻgʻrisidagi qonuni
Tayanch soʻz va iboralar:
Oʻzbekmuzey, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat
vazirligi, Badiiy akademiya, qonun, farmon, qaror, modda, band, ark, tarix,
oʻlkashunoslik, tarixiy me’moriy yodgorlik, eksponat.
5.1.Sovet hukumatining muzey sohasida olib borgan ishlari va
Mustaqillik davrida muzey ishidagi oʻzgarishlar.
Muzeylarda
saqlanayotgan
san’atasarlari va qadimgi davrga oid osori-atiqalar xalqning qadriyatlari ekanligi,
ularni asrash va muhofaza etish bilan hukumat darajasida shugʻullanish lozimligi
anglanadi. Sovet hokimiyati muzeylarni moliyaviy ta’minlash oʻrniga asosiy
e’tiborni muzeyga kiruvchilarga hukmron kommunistik gʻoyani targʻib etish uchun
yoʻnaltirdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Rossiya imperiyasida oktabr davlat
toʻntarishiga qadar muzeylarni boshqarish uchun alohida boshqarma yoki biror bir
maxsus muzeylar uchun qonunlar majmuasi yaratilmagan edi.
Muzey ishi va yodgorliklarni muhofaza qilish
davlat boshqaruvi tizimi
1918-1920-yillarda yaratildi. XX asrning 20-yillari “oʻlkashunoslikning oltin oʻn
yilligi” deyiladi. Bu mahalliy muzeylar taraqqiyoti oʻlkashunoslik harakati bilan
bevosita bogʻliq holda borgan. “Oʻlkashunoslik muzeylari” atamasi ham oʻtgan asr
20-yillarining oʻrtalaridan keng tarqaldi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati
oʻlkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi.
Oʻlkashunoslik ishlarining bu xilda tashkil etilishi muzeylarning viloyatlar
hayotidagi
ahamiyatini oshirib, ularni oʻziga xos madaniy va ilmiy markazlarga
84
aylantirdi, jamiyatda ularga “viloyat fanlar akademiyasi”, “oʻlkaning jonli
ensiklopediyasi” sifatidagi munosabati shakllandi. Dastlab bolsheviklar hukumati
mahalliy ziyolilardan katta qismining muzeylarda
ishlashi jiddiy ilmiy
tadqiqotlarni davom ettirishlari uchun imkon berdi. Oʻtgan asrning 20-yillarida
muzeyga sovet davrida ta’lim olgan, ammo avvalgi an`ana va tajribalarni
oʻzlashtirgan yosh avlod ham kelib qoʻshildi. Oʻlkashunoslik muzeylarining ushbu
yillardagi faoliyati natijasida fondlarda turli mavzudagi kolleksiyalar toʻplandi.
Muzeylar faoliyatiga oid masalalar koʻp sonli anjumanlarda va oʻsha davr matbuoti
sahifalarida keng muhokama etildi.
Bu davrda nafaqat sobiq Ittifoq, balki Oʻzbekiston mahalliy muzeylari ham
(bu atama XX asr 30-yillarining oʻrtalarigacha muomalada boʻlgan) kuchli
gʻoyaviy tazyiqqa uchradi. Natijada oʻlkashunoslik muzeylari oʻlkani kompleks va
keng qamrovli oʻrganishi lozimligi haqidagi
juda ham muhim vazifa bir
tomonlama yondashuvga olib keldi. Oqibatda mahalliy muzeylarning koʻpchiligi
XX asrning oʻttizinchi yillariga kelib, madaniyat sohasining ikkinchi darajali
tarmogʻiga aylanib qoldi.
Muzeylarga umumiy talablar markaz tizimlari tomonidan 1930-yillarda
shakllantirilib, urushdan keyin ham deyarli oʻzgarmay qoldi. Davlat muzey ishini
qat`iy talablar asosida olib borishdan ham voz kechmadi.
Bu esa ularning ijodiy
ishlashiga,
izlanishlariga
yoʻl
bermadi.
Bozustiga
1945-yili
muzeylar
Oʻzbekistonda ham maorif tizimidan madaniy-ma’rifiy muassasalar qoʻmitasiga
oʻtkazildi. Shu tariqa muzeylarning madaniy-ma’rifiy muassasalar tizimiga oʻtishi
uzil-kesil hal etildi. 1953-yil Madaniyat ministrligi tuzilsa-da, uning muzeylarni
boshqarishning ilmiy asoslangan dasturga ega emasligi,
boshqaruvning barcha
pogʻonalaridagi kadrlar saviyasining pastligi kuzatilar edi. Muzeylarni
boshqarishdagi bu vaziyat Oʻzbekistonda 1950-yillarning oxiridan 80-yillarning
oxiriga qadar davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: