5.2. 1998-yil 12-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me’moriy
54
Ёдгоров У. ПрезидентШавкат Мирзиёевнинг Арк қўрғонига ташрифи //Buxoronoma. 2017 йил 12 март.
89
yodgorliklar millatning madaniy uygʻonishi, milliy gʻoyani targʻib etish, xalq
ongida milliy gʻurur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik gʻoyalariga
sodiqligini, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda muhim rol
oʻynaydi. Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolari
xazinasi, balki muhim ilmiy, ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy kommunikatsiyaning
muhim halqasi va markazlari hamdir. Oʻzbekistonda muzeylarga e’tibor
mustaqillik davrida yanada kuchaydi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 23-dekabrda qabul qilingan “Respublika muzeylari
faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 1996-yil 14-martda qabul
qilingan “Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori
shular
jumlasidandir.
Shuningdek,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini
tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni
55
hamda ularni
amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorlari muzeylar tizimida katta
oʻzgarishlar yasash, yangilarini rivojlantirishda muhim asos boʻlib xizmat qildi.
Mazkur farmon 13 banddan iborat boʻlib, unda quyidagilar aks etgan edi.
Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada
takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini
oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgai xalqimizning boy tarixini,
mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni avaylab
asrash, oʻrganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, ulardan
xalqimiz ongida milliy gʻurur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuygʻularini
kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori
malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlab,
jahon muzeyshunosligi tajribalarini qoʻllashga zarur shart-sharoitlar yaratish
maqsadida:
55
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 йил 12 январда қабул қилинган “Музейлар фаолиятини
тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармони // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь; Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 5-мартда қабул қилинган “Музейлар фаолиятини тубдан
қўллаб-қувватлаш масалалари тўғрисида”ги қарори // Халқ сўзи, 1998 йил 15 март.
90
1. Respublikamizdagi Madaniyat ishlari vazirligi, boshqa vazirlik va
idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish,
qoʻllab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishni ta’minlash
maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash
respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda turli muassasalar,
shuningdek, xorijiy tashkilotlar jamgʻarma hammuassislari boʻlishi mumkinligi
inobatga olinsin.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Adliya
vazirligi
jamgʻarma
Nizomini
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
2. “Oʻzbekmuzey” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar
belgilansin: muzeylarda oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, uning insoniyat
tarixidagi oʻrni, taraqqiyot bosqichlarini haqqoniy aks ettirish hamda zamonaviy
rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganib, milliy mustaqillik gʻoyalariga mos
ekspozitsiyalar yaratish, muzeyshunoslikda umummilliy siyosatning amalga
oshirilishini ta’minlash;
mamlakatimiz fuqarolarini chet ellarda saqlanayotgai tariximizga oid osori-
atiqalar bilan keng tanishtirish hamda muzeylarimizdagi noyob eksponatlar orqali
xalq ongida umumbashariy qadriyatlarga, ulkan va boy milliy madaniy
merosimizga hurmat-ehtirom, Vatanimizning buyuk kelajagiga komil ishonch
tuygʻularini tarbiyalash;
muzeyshunoslik sohasida xalqaro aloqalarni, oʻzaro foydali hamkorlikni
rivojlantirish, Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali
mamlakatimizning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish,
muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlarni jahon miqyosida targʻib etish;
hududiy, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar,
muzey faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish,
ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish, ilmiy muassasalarni muzeyshunoslikni
rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qilish;
91
muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona roʻyxatini yuritish, ularning
muhofaza sharoitlarini doimiy, qat`iy nazoratga olish, bu sohada tegishli me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash;
muzeyshunoslikka zamonaviy texnik vositalarni tadbiq etish, ulardan
samarali foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga
koʻmaklashish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar
akademiyasi, Badiiy akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi
hamda tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini yanada
yaxshilash va takomillashtirishning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqsin va Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etsin;
bir oy muddatda mustaqil Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kunini targʻib-
tashviq qilishdagi alohida ahamiyatini e’tiborga olib, Oʻzbekiston Tarixi davlat
muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalq amaliy san’ati muzeyi, Oʻzbekiston
davlat san’atmuzeyi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Fargʻona davlat muzey-
qoʻriqxonalarining rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti boʻyicha alohida dastur
ishlab chiqsin.
Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi
zimmasiga yuklansin.
4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Fanlar
akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda
noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib
kirish va shu masalalar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa munosabatlarni tartibga
soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
5. Noyob madaniy boyliklarni saklash, mamlakatdan olib chiqish,
mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan bogʻliq butun mas`uliyat
Madaniyat ishlari vazirligi zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy
akademiyasi
va
Davlat
matbuot
qoʻmitasi
mamlakatimiz
aholisining
92
muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan
xabardor qilib borish hamda mutaxassislar, muzey xodimlarining muzeyshunoslik
sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni targʻib qilish, muzey
xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta oʻzbek,
ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli
“Moziydan sado” jurnalini ta’sis etsinlar. Shundan soʻng, 1999-yildan boshlab,
ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy “Moziydan sado” jurnali rangli, uch oyda bir
marta oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etila boshlandi.
7. “Oʻzbekmuzey”, uning boʻlim va korxonalari, muzeylarning asosiy va
qoʻshimcha faoliyatidan olinadigan daromadlari 5 yil muddatga barcha turdagi
davlat soliqlaridan, bojxona va boshqa toʻlovlardan ozod etilsin.
Soliqdan ozod etilishi natijasida yigʻilgan mablagʻlarning sohani yanada
rivojlantirishga, uning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, shuningdek,
xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi nazarda tutilsin.
Turli tashkilot va homiylarning daromaddan toʻlaydigan soliq boʻyicha bazasi
ularning muzeylar faoliyatini yaxshilash uchun oʻtkazadigan pul mablagʻlari
miqdoriga monand qisqartirilishi belgilab qoʻyilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat
ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey xodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik
maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etsin.
9. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy
aviakompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey
va qoʻriqxonalarni oʻz ichiga olgan maxsus xalqaro turistik yoʻnalishlar (turlar)
tashkil etsinlar hamda ularga xorijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur
tadbirlarni amalga oshirsinlar.
10. Muzeylarning davlat hamda mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan
ta’minlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini
93
qurish va toʻliq ta’mirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur boʻlgan
texnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga
oshirish uchun zarur mablagʻlarni 1998-1999-yillarda ajratsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar
kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu
Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Ushbu hujjat Oʻzbekistondagi muzeylar faoliyatida burilish nuqtasi boʻlib,
ularning tarixida yangi davr boshlanganini anglatadi. Shuningdek, endigina
mustaqillikka erishgan yosh davlatning muzeyshunoslik va muzey ishiga katta
e’tibori timsolidir. Hozirgi kunda tarixiy durdonalarni asrab-avaylash, oʻtmish
osori-atiqalari, nodir qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, har tomonlama
tadqiq etishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni muzeylar maqomini yuksaltirishga
qaratilgani bilan qimmatlidir.
Mazkur Farmonda Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar
tizimini yanada takomillashtirish, xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida ularning
tutgan oʻrnini yuksaltirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqning boy
tarixini, mustaqillik odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab-
asrash lozimligi ta’kidlandi. Ularni oʻrganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish
va targʻib etish, xalq ongida milliy gʻurur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat
tuygʻularini kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish lozimligi koʻrsatildi.
Muzeylarni zamon talablariga mos, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash,
moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligining eng ilgʻor
tajribalarini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligi uqtirildi.
Albatta, Farmonni hech mubolagʻasiz Oʻzbekistonda muzeyshunoslik va muzey
ishida, uning rivojlanish istiqbollarini belgilashda dasturilamal hujjat ekanligini
ta’kidlash lozim.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |