Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

2.2. Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi. 
Turkistonda 
birinchi muzey 1876-yilda ochilgan boʻlsa-da, lekin davlat tomonidan muzey 
uchun bino ajratilmagan. Shunda N.A.Mayev oʻzining ipakchilik maktabidan 
muzey uchun ikki xona ajratdi. Koʻp oʻtmay, muzey Statistika boʻlimi ixtiyoriga 
oʻtkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 soʻm ajratilganidan tashqari, ba’zi 
shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.A.Mayevning yozishicha, 
muzey faoliyati uchun yiliga 1600 soʻmlik mablagʻ talab etilgan
11

1877-yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi, tabiat tarixi va arxeologiya boʻyicha 1500 dan 
ortiq ashyolarga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega boʻldi
3
. Muzey tez rivojlana 
boshladi. Mazkur eksponatlar asosida etnografiya-texnika, tabiat, tarixiy-
arxeologiya, numizmatika, qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tashkil topdi.
Ekspozitsiyalarning mazmuniga kelsak, uning asosiy vazifalaridan biri 
Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyodagi gʻalabalarini sharaflashdan iborat boʻlib, 
Turkistonni bosib olishdagi rus generallari va ofitserlarining koʻrsatgan 
“jangovarligi” madh etilib, ularning sanoqsiz portretlari koʻrsatilgan edi. 
ekspozitsiyalarda mahalliy tillarda izoh matnlari berilmagan, mahalliy aholi 
muzeyni koʻrish va tushunish uchun qisqacha izohlarga muhtoj edi. Umuman, 
mustamlaka ma’muriyati muzey ekspozitsiyalardan, hukmron metropoliya 
10
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. –Тошкент. Фан, 1981 –Б.43-48. 
11
Shu kitob. –B.39.


26 
gʻoyalarini targʻib qilish uchun foydalanar edi. Bu ishda rus burjuaziyasi, 
savdogarlar hamda korchalonlar, mustamlaka tabiiy boyliklarini suiste’mol 
qilishdagi oʻz yutuqlarini namoyish etish va shu bilan oʻz mahsulotlarini pullash 
uchun reklama yaratishga harakat qilar edilar. Shunday boʻlsa-da, XIX asrda 
Turkiston oʻlkasida dastlabki muzeylarning yuzaga kelishi oʻlkada madaniyatning 
rivojiga qoʻshilgan hissa, deb bilsak boʻladi. Mahalliy aholining oz qismi ya’ni, 
ziyolilar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, oʻlkalarining oʻz tabiati, yer osti va 
usti boyliklaridan namunalar koʻrib, oʻzligini anglashda biroz turtki olgan boʻlsalar 
ajab emas. 
Muzey predmetlari maxsus toʻplanmagan boʻlsa-da, unda qimmatbaho, 
nodir va noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi. Mazkur muassasaning 
tashkil etilishi fanning turli tarmoqlarida foydalanish mumkin boʻlgan xilma-xil 
kolleksiyalarni toʻplashni davom ettirishga turtki berdi. Natijada ekspozitsiyalarni 
kengaytirish va boʻlimlarni ma’lum darajada tartibga solish uchun dastur ishlab 
chiqilib, geografiya, antropologiya boʻlimlari ajratildi, texnika, sanoat va 
etnografiya boʻlimlariga boʻlindi. 
Muzey Nizomi tasdiqlandi va unda muzey ixtisosligi vazifasi, ish koʻlami 
belgilab berildi. Dastlab muzeyni besh kishidan iborat nazorat komiteti boshqardi. 
Nizomga muvofiq muzeyga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, 
arxeologiya, numizmatika, sanoat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha eksponatlar 
toʻplash va saqlash huquqi berildi. Mazkur Nizomda: “Muzey ommaning Oʻrta 
Osiyo oʻlkasi bilan tanishuvi va toʻplangan materiallarni olimlar oʻz sohalari 
boʻyicha oʻrganishlari uchun ochildi”, – deyilgan edi
12
. Lekin muzey bu talabga 
toʻliq javob bera olmas edi, chunki eksponatlarning bir-biriga aloqasi yoʻq alohida 
kolleksiyalardan iborat edi. Nizomning bu bandidan muzey tashkilotchilari, uning 
vazifasini ilmiy-ma’naviy muassasa sifatida belgilaganlarini bilib olish mumkin. 
Albatta, oʻz davri uchun Turkistonda tashkil etilgan birinchi muzeyning ahamiyati 
katta edi. Undagi kolleksiya toʻplamlari va ekspozitsiyaning sifati hamda koʻlami 
yillar oʻtib oʻsib bordi. 
12
Курязова Д.Т. Ўзбекистонда музей иши тарихи. –Тошкент:Санъат, 2010. –Б.8.


27 
Olimlarning fikricha, 1876-1880 - yillar Toshkent muzeyi faoliyatining 
muhim bosqichi boʻldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya boʻlimlari boy 
kolleksiyalar bilan toʻldirildi. 
Rossiya imperiyasining davlat siyosatidagi ayrim islohotlari natijasida 
1883-yili muzey xalq kutubxonasiga qoʻshib yuborildi. Asosiy mablagʻ 
kutubxonaga ajratiladi. General-gubernatorlik mahkamasi ixtiyoriga oʻtgan 
muzeyga yangi tayinlangan rahbarlarning aksariyati yetarli malakaga ega 
boʻlmaganligi, muzey ishining nozik jihatlarini tushunmasligi unga in`om etilgan 
osori-atiqalarning yoʻqolib ketishiga olib keldi. Muzey binosining eksponatlarni 
saqlash va ta’mirlash uchun moʻljallanmaganligi, maydonining torligi buyumlarni 
turkumlash, ularni tartibli joylashtirish imkonini bermay qoʻydi. Yaroqsiz holga 
kelib qolgan muzeyning binosi doimiy ta’mirlashni talab etar, buning uchun esa 
mablagʻ yetishmas edi. Natijada muzey koʻpincha yopiq boʻlar va qiziquvchilarni 
doim qabul qila olmasdi. 
Zarur mablagʻ va sharoitning yetishmasligi muzey fondi materiallarini 
ta’mirlash, pasportlashtirish imkonini bermadi. Zoologiya boʻlimidagi qimmatbaho 
kolleksiyalar nobud boʻlishiga sabab boʻldi. Turli hayvonlarning hoʻl preparatlarini 
saqlab qolish uchun zarur boʻlgan spirtning yoʻqligi tufayli bu kolleksiyadan 1883- 
yili voz kechishga toʻgʻri keldi. 
Muzey kolleksiyalarining tez-tez koʻchirilishi hamda oʻgʻirlanishi 
natijasida u jiddiy zarar koʻrsa ham fidoyilar sa’y-harakatlari tufayli fondlar 
doimiy ravishda boyitib borildi. Toshkent muzeyi 1884-yilga kelib gerbariy, 
numizmatika toʻplami Samarqand kolleksiyalaridan tashqari 3000 ta turli buyum-
ashyolarga ega edi. Oradan yana ikki yil oʻtib, eksponatlar soni 4000 dan oshib 
ketdi.
Samarqandda birinchi muzey oʻz faoliyatini 1896-yil iyul oyida boshladi. 
Muzey Georgiyev cherkov uyi xonalaridan birida joylashdi. Koʻrgazmada dastlab 
qishloq xoʻjaligi qurollari asosiy oʻrinni egallaydi. Shuningdek, keng koʻlamda 
boʻlmasa-da, muzeyda arxeologiya, etnografiya va numizmatika kolleksiyalari ham 


28 
namoyish etiladi. Devorlarda mahalliy aholi maishiy turmushi, urf-odatlarini 
ifodalovchi yuzdan ortiq fotosurat osib qoʻyiladi. 
Keyinchalik muzeyning arxeologiya boʻlimi qazilma ishlari paytida 
arxeolog V.L.Vyatkin, V.V.Bartold tomonidan topilgan buyumlar bilan tezda 
boyib ketdi. Topilmalar orasida Somoniylar saroyining devorlariga mansub 
qoplama boʻlaklari oʻz mohiyati bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Viloyat 
ma’muriyati muzey uchun har yili 300-400 soʻm ajratar edi. Ammo muzeyning 
torligi ish va namoyish koʻlamlarini kengaytirish imkoniyatini bermasdi. Shu 
munosabat bilan Samarqand muzeyi uchun bino qurish masalasi 1901- yili 
koʻtarilsa-da, masala hal etilmay qogʻozda qolib ketdi
13

Fargʻona muzeyining ochilishiga sabab, 1894-yili Yangi Margʻilon 
shahriga qishloq xoʻjaligi va davlat mulki ministri keladigan boʻlib qoladi. Ana shu 
tashrif munosabati bilan Fargʻonada birinchi marta sanoat va qishloq xoʻjaligi 
koʻrgazmasi tashkil etiladi. Xuddi oʻsha paytda mazkur koʻrgazma eksponatlari 
asosida muzey barpo etish fikri tugʻilib qolib, keyinchalik bu gʻoya amalga 
oshiriladi. Muzey eksponatlari koʻrgazmaning qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik 
boʻlimlaridagi uskunalardan, qurol-yarogʻlardan, shuningdek, xususiy majmualar: 
vrach L.I.Smirnovning etnografiyaga, kapitan N.P.Danilovning mineralogiyaga, 
turli shaxslarning numizmatikaga, K.F.Mauyerning zoologiyaga, injener 
A.G.Serebrennikovning mahalliy qurilish materiallariga oid va boshqa 
kolleksiyalaridan tashkil topdi. Muzey 1899-yili rasmiy ravishda Fargʻona xalq 
muzeyi nomini oldi
14

Asta-sekin muzeylar boshqa shaharlarda ham ochila boshlaydi. Nijniy 
Novgorodda 1896-yildagi koʻrgazmaga yuborilgan kolleksiyalar qaytarilgandan 
soʻng 1899-yili uning asosida Ashxobod muzeyi tashkil etiladi. 1902–1904-yillari 
uning uchun yangi bino ham quriladi. 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish