12
ashyolari va kolleksiyalarini e’lon qilish. Muzeylarni ushbu bandda nazarda
tutilganidan tashqari boshqa maqsadlar uchun tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
muzeylarda xalqimizning
boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi
rolini haqqoniy yoritish;
-
mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda
erishilgan yutuqlarni keng targʻib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini
tashkil etish;
-
muzey fondlarida saqlanayotgan, xalqimizning madaniy boyligi hisoblangan
muzey ashyolari va kolleksiyalarini
avaylab-asrash, oʻrganish, boyitib borish,
mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targʻib
etish;
-
muzeylardagi noyob eksponatlar orqali fuqarolarga, ayniqsa, yosh avlodda
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy
va madaniy merosga hurmat,
gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini tarbiyalash va
kuchaytirish;
-
muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish
va uning natijalarini e’lon qilib borish;
-
muzey
ekspozitsiyalarini
tashkil
etishda
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish;
-
muzeyshunoslikning dolzarb masalalariga oid ilmiy-amaliy anjumanlar
oʻtkazish va ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish;
-
chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli
hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
-
jahon muzeyshunosligi tajribasini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish va boshqalar.
Muzey oʻz maqsad va vazifalarini amalga oshirishda davlat tashkilotlari,
nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik
dasturlarini ishlab chiqishi, turli
tanlovlar, koʻrgazmalar tashkil etishi hamda belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borishi mumkin.
13
Muzeylarni tashkil etish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Mulkchilik shakliga koʻra muzeylar davlat muzeylari va nodavlat
muzeylarga boʻlinadi.
Ixtisoslashuviga koʻra muzeylar: asosiy faoliyati muzey ashyolari va
muzey kolleksiyalarini saqlash, oʻrganish hamda
ommaga namoyish etishdan
iborat boʻlgan muzeylarga;
asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qoʻriqxona va u bilan bogʻliq tabiiy
landshaft tarkibiga kiradigan madaniy va tabiiy meros obyektlarini, shuningdek,
muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, oʻrganish hamda ommaga namoyish
etishdan iborat boʻlgan muzey-qoʻriqxonalarga boʻlinadi.
Davlat muzeylarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
boshqaruvi organlari hamda davlat tashkilotlari
tomonidan tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi.
Muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar: muzey tematikasiga
muvofiq muzey ashyolari va kolleksiyalarining mavjudligi; muzey ashyolari va
kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob
beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan, bino (xona yoki xonalar), zarur
koʻrgazma
jihozlari, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalar
mavjudligi; muzey faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliyaviy mablagʻlar
mavjudligi talab etiladi.
Muzey-qoʻriqxonalarini tashkil etish uchun qonun hujjatlariga muvofiq
qoʻshimcha shartlar belgilanadi.
Muzey notijorat madaniyat muassasasi shaklida tashkil etiladi va
belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Muzey Nizomi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab
chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda
tasdiqlanadi (faqat davlat muzeylari uchun) hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan
oʻtkaziladi. Muzey Nizomiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
kiritilishi mumkin.
14
Muzey
bank hisob raqamlariga, oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamp va
blankalarga ega boʻladi. Muzeylar oʻzlarining yuqori boshqaruv organi hamda
tegishli hududiy mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda (faqat davlat
muzeylari uchun) belgilangan tartibda oʻz filiallarini tashkil etishi mumkin. Muzey
filiali oʻzi boʻysunadigan bosh muzey Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: