O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYA VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
,,BUXGALTERIYA HISOBI’’ FANIDAN
REFERAT
MAVZU:QAYTA ISHLASHGA BERILGAN VA OLINGAN XOM ASHYOLARNI HUJJATLASHTIRISH HAMDA UNI HISOBGA OLISH
BAJARDI:RAXIMOV SUXROB
TEKSHIRDI:OCHILOV ILYOS
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
buyurtmachi — daval xomashyosini sanoat asosida qayta ishlashga berayotgan tashkilot;
qayta ishlovchi — daval xomashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib beruvchi tashkilot;
daval xomashyosi — daval xomashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga — qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xomashyo va materiallar.
2. Mazkur Nizom pudrat shartnomalarining alohida turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati) hamda birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishga qo‘llanilmaydi.
3. Qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarga, shuningdek jismoniy shaxslarga donni qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha dastlabki hisob (hujjatlarni rasmiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 191-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
4. Buyurtmachida va qayta ishlovchida tuziladigan boshlang‘ich hujjatlarning majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash tartibi, shuningdek hujjatlar aylanuvini amalga oshirish tartibi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda) muvofiq tartibga solinadi.
Xom ashyo va materiallarning xarid qilish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”da (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 28-29-son, 282-modda) belgilangan tartibda aniqlanadi va buxgalteriya hisobining schyotlarida O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 20-son) muvofiq aks ettiriladi.
6. Daval xomashyosi qayta ishlovchiga berilganda uning qiymati balansdan hisobdan chiqarilmaydi, balki 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida boshqa tegishli materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda (1000) hisobga olingan qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
7. Daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar bevosita qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar hisobga olinadigan schyotlarning debetiga olib boriladi va agar qayta ishlashdan olingan mahsulot bevosita:
a) asosiy faoliyat turi hisoblangan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga (ish bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga) berilsa — asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlarda (2000);
b) tashkilotning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi ishlab chiqarishga berilsa — yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlarda (2300);
v) umumishlabchiqarish maqsadlarida foydalanish uchun berilsa — umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (2500);
g) ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni bartaraf etish uchun berilsa — ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2600);
d) xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlarida foydalanish uchun berilsa — xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlarda (2700);
e) xo‘jalik faoliyatida kelgusidagi foydalanish uchun buyurtmachining omboriga berilsa — tegishli materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda (1000) hisobga olinadi.
8. Daval xomashyosini qayta ishlovchiga berish mazkur Nizomning 1 va 2-sonli ilovalariga muvofiq “Daval xomashyosini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xomashyosini topshirish nakladnoyi” bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Daval xomashyosini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “Daval xomashyosini topshirish nakladnoyi” ikki nusxada tuziladi va buyurtmachi va qayta ishlovchining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi, tomonlarning muhri bilan tasdiqlanadi. Birinchi nusxa qayta ishlovchiga beriladi, ikkinchisi esa buyurtmachida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agarda daval xomashyosini qayta ishlash uchun tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra qaytariladigan chiqindilar buyurtmachiga beriladigan bo‘lsa, u holda ular kelgusida foydalanish va/yoki sotish mumkin bo‘lgan qiymati bo‘yicha 1090 “Boshqa materiallar” schyotining debetida daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotlar hisobga olinadigan tegishli schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda kirim qilinadi.
10. Daval xomashyosi bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) daval xomashyosini qayta ishlashga berilganda:
debet 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyoti — berilayotgan daval xomashyosining summasiga, buyurtmachida hisobga olingan qiymati bo‘yicha;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000);
b) daval xomashyosini qayta ishlash shartnomasida ko‘zda tutilgan miqdorda bo‘nak to‘lovlari amalga oshirilganda:
debet mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300) — bo‘nak to‘lovlari summasiga;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) daval xomashyosining qiymatini ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilganda:
debet asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500), ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2600), xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700);
kredit 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyoti;
g) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar qiymati ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilganda va agar daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachi tomonidan bevosita mahsulotlar ishlab chiqarishga (ishlar bajarishga, xizmatlar ko‘rsatishga) berilsa:
debet asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500), ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2600), xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
d) daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachining omboriga xo‘jalik faoliyatida kelgusida foydalanish uchun kelib tushganda:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000);
kredit 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyoti;
e) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar qiymati daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot qiymatiga olib borilganda va agar daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot bevosita buyurtmachining omboriga kelgusida xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun kelib tushganda:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
j) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha qabul qilingan bajarilgan ishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lovchi korxonalar uchun hisobga olinadigan QQS summasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
debet 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)”;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
z) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha qabul qilingan bajarilgan ishlar bo‘yicha QQSni to‘lovchi hisoblanmaydigan korxonalar uchun QQS summasiga:
debet asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500), ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2600), xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) — daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot qaysi schyotda hisobga olinishiga qarab;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni belgilangan yoki saqlash joyigacha yetkazib berish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirilganda:
Daval xomashyosi bilan bog‘liq operatsiyalarning qayta ishlovchida buxgalteriya hisobi
12. Mahsulotlarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) ham o‘zining xomashyosidan, hamda daval xomashyosidan amalga oshirilsa, daval xomashyosi bilan bog‘liq operatsiyalarning alohida hisobini yuritish lozim. Qayta ishlovchi daval xomashyosining analitik hisobini har bir buyurtmachi bo‘yicha alohida yuritadi.
13. Olingan daval xomashyosi balansdan tashqari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida daval xomashyosini qayta ishlash shartnomasida ko‘zda tutilgan narxi bo‘yicha hisobga olinadi.
14. Daval xomashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida ushbu Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq “Daval xomashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xomashyosini hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi. Mazkur vedomostda daval xomashyosining miqdor va summaviy ko‘rsatkichlarining kamayishi to‘g‘risidagi ma’lumot, uning turlari bo‘yicha tegishli qatorida “minus” belgisi bilan ko‘rsatiladi.
15. Daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar qiymati, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan asoslangan daval xomashyosini qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olgan holda ularning ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha tan olinadi.
16. Daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami,1999-y., 2-son, 9-modda) muvofiq aniqlanadi.
17. Qayta ishlovchi tomonidan amalga oshirilgan daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni buyurtmachigacha yetkazib berish xarajatlari daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydi, balki davr xarajatlariga olib boriladi.
18. Daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarni bajarish xarajatlari buxgalteriya hisobida quyidagicha yuritiladi:
a) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarni bajarish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan tashkilotlarda — asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlarda (2000);
b) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarni bajarish yordamchi faoliyat turi hisoblanadigan tashkilotlarda — yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlarda (2300);
v) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotlarda — xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlarda (2700).
19. Agar daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq qaytariladigan chiqindilar qayta ishlovchida qoldirilsa, unda ular kelgusida foydalanish va/yoki sotish mumkin bo‘lgan qiymati bo‘yicha 1090 “Boshqa materiallar” schyotining debetida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan korrespondensiyalangan holda kirim qilinadi.
20. Daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga qaytarib berilganda, daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura, hamda ushbu Nizomning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda “Daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “Daval xomashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. “Daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi” ikki nusxada tuziladi, buyurtmachi va qayta ishlovchining vakillari tomonidan imzolanadi hamda ikkala tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi. Birinchi nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi. daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun qayta ishlovchi oldidagi qarzdorlik to‘langanda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti va boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
m) budjetga to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilinganda, qayta ishlovchining bajargan ishlari bo‘yicha ilgari to‘langan QQS summasini hisobga olib borilganda:
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”;
kredit 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)”;
n) qayta ishlamasdan qaytarib berilgan daval xomashyosi kirim qilinganda:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000);
kredit 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyoti.
11. Materiallarning kelgusidagi hisobi va tayyor mahsulotning tannarxini aniqlash, shu jumladan ularning chetga chiqib ketishi (sotilishi, ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi, bepul berish va h.k.) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. “Daval xomashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ham ikki nusxada tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
23. Schyot-fakturaning shakli va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2008-yil, 3-4-son, 15-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
24. Daval xomashyosini qayta ishlash bilan bog‘liq operatsiyalar qayta ishlovchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) tuzilgan shartnomaga muvofiq daval xomashyosini olganda:
debet 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti — buyurtmachidan olingan qiymati bo‘yicha materiallar summasiga;
b) daval xomashyosini qayta ishlash shartnomasida ko‘zda tutilgan miqdordagi bo‘nak to‘lovlari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyoti;
v) daval xomashyosini qayta ishlash xarajatlarini aks ettirish:
debet asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), yoki yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700);
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200), nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyoti, 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti, 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” schyoti va boshqa tegishli schyotlar;
g) tuzilgan shartnomaga muvofiq, olingan daval xomashyosi qiymatini qayta ishlagandan keyin va buyurtmachiga qayta ishlangan mahsulot qaytarilgandan so‘ng hisobdan chiqarilishi:
kredit 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti;
d) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlardan daromadning hisoblanishi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
e) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning tannarxi hisobdan chiqarilganda:
debet 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyoti;
kredit asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), yoki yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700);
j) daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga: z) daval xomashyosini qayta ishlashda olingan va qayta ishlovchida qoladigan qaytariladigan chiqindilar qiymatiga:
debet 1090 “Boshqa materiallar” schyoti;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
i) shartnomaga muvofiq qayta ishlovchi tomonidan amalga oshiriladigan, daval xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni buyurtmachiga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
k) buyurtmachidan ilgari olingan bo‘naklar hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
l) buyurtmachidan daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun, QQS summasini hisobga olgan holda pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
m) QQS bo‘yicha budjet oldidagi qarzdorlik summasi qoplanganda:
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |