BXA 57-2 Otamuratov Shohruh
10- variant
1.Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)
Quyidagi hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi:
1) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - olingan veksellar bo‘yicha;
2) ijarachilar bilan - ularning moliyaviy ijara shartnomasi asosida olgan asosiy vositalari bo‘yicha;
3) mol yetkazib beruvchilar bilan - ularga tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni yetkazib berish uchun berilgan bo‘naklar bo‘yicha;
4) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar bo‘yicha;
5) ajratilgan bo‘linmalar bilan - tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar bo‘yicha;
6) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha;
7) moddiy-javobgar shaxslar va korxonaning xodimlari bilan - moddiy zararni qoplash bo‘yicha;
8) boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan - korxonaga yuqorida keltirilmagan turli qarzlar bo‘yicha;
9) vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha;
10) obligasiyalar diskontlari bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar;
11) boshqa kechiktirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0910 "Olingan veksellar";
0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar";
0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari";
0940 "Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari";
0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i";
0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar";
0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar
2. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)
430. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi
9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda»;
9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»;
9330 «Undirilgan jarima, penya va ustamalar»;
9340 «O‘tgan yillar foydalari»;
Oldingi tahrirga qarang.
9350 «Operativ ijaradan daromadlar»;
(430-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017 yil 18 sentyabrdagi 131-sonli (ro‘yxat raqami 1813-2, 10.10.2017 y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017 y., 10/17/1813-2/0088-son)
9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar»;
9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari»;
9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»;
9390 «Boshqa operasion daromadlar».
431. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
432. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
3. Kamomadlar va qiymatliklarning
buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy
aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
244. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizasiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-taroj va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotish summalari, shuningdek ushbu bo‘limning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”;
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
245. Tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va buzilishi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining debeti va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
246. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining kreditida quyidagi:
1) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotish me'yorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda - 4860 “Da'volar bo‘yicha olinadigan schyotlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotlarining debeti;
2) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotish me'yorlaridan ortiq buzilishi va o‘g‘irlanishidan yo‘qotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va da'vo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning e'tirozi - 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
247. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining debetida ushbu bo‘limning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinishi mo‘ljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
248. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)ning bog‘lanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |