1-Masala. Buxgalteriya hisobining aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlarini aniqlash.
Quyida keltirilgan buxgalteriya hisobi schyotlarining aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv va balansdan tashqari schyotlarga kirishi aniqlansin.
Hamda analitik va sintetik schotlarga ajrating. Schotlar rejasidan foydalanib qaysi schotda yuritilishini yozing
Topshiriqlarni bajarish uchun ma’lumotlar: 1. Hisob —kitob schyoti – Aktiv Analitik 5110
2. Kassadagi pul mablag’lari - Aktiv Sintetik 5000
3. Materiallarni hisobga oluvchi schotlar - Aktiv Sintetik 1000
4. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar - Aktiv Sintetik 0100
5. Asosiy vositalarning eskirishi – KA Sintetik 0200
6. Ustav kapitali - Passiv Sintetik 8300
7. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan tolanadigan schotlar - Passiv Analitik 6000
8. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - Passiv Analitik 6410
9. Tekinga olingan mulk - Passiv Analitik 8530
10. Tovarlarni sotishdan daromadlar - Tranzit Analitik 9020
11. Sotilgan tayyor mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi - Tranzit Analitik 9110
12. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv - KA Analitik 4910
13. Akkreditivlar - Aktiv Analitik 5510
14. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar schoti - Tranzit Sintetik 9500
15. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schotlar - Passiv Sintetik 6800
16. Yakuniy moliyaviy natija - Tranzit Analitik 9910
17. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik anjomlari Balansdan tashqari Analitik 014
18. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlar - Aktiv Sintetik 0400
19. Nomoddiy aktivlarning eskirishi - KA Sintetik 0500
20. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar - BT Analitik 004
21. Yer - Aktiv Analitik 0110
22. Transport vositasining eskirishi - KA Analitik 0260
23. Franchayz - Aktiv Analitik 0460
24. Uzoq muddatli investitsyalarni hisobga oluvchi schotlar - Aktiv Sintetik 0600
25. Yordamchi ishlab chiqarish - Aktiv Analitik 2310
Aktiv- (lot. activus – faol, ta’sir-chan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va boshqalar). Pulga tez so-tilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bo-zori chaqqon A. (veksellar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, nakd pul va boshqalar) likvid A. deyiladi.