Dunyoning barcha mamlakatilari o‘zining salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi. Keyingi yillarda jahonda shu qatori O‘zbekistonda miqyosida ham oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati, xavfsizligiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida hamma har-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ya’ni barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni assortiment guruhlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgizilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida har bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni huquqlarni himoya qilish “ Qonunida ta’kidlanganidek har bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va mahsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Har qanday tovarlar guruhlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz mahsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar).
Tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan ishchi kuchi qiymati har bir tovarning normal sharoitda sifatli tovar ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan ish vaqti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarni sifati uning isteʼmol qiymatini belgilaydi. Mahsulotning isteʼmol qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish bilan emas,balki uning sifatini yaxshilash oqibatida ortadi.Tovarlarni sifati ularni talab darajasi shartida isteʼmol qilinsa yoki ishlatilsa isteʼchilarni extiyojlarini qondira olish qobiliyati darajasini ifodalaydi.Mavsumiy tovarlar o‘z mavsumida isteʼmol qilinmasa,o‘z funksiyalarini bajara olmasligi mumkin.
1. Oziq-ovqat tavarshunosligini asoslari
2. Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari, masalliqlar, tayyor taomlar va yarimfabrikalar tayyorlash yordamida (qaynatish, qo‘vurish, dimlash) taomlar tasyozlashda bo‘ladigan o‘zgarishlar.
Umumiy ovqatlanish (uy sharoitida , oshxona, kafe, reseoranlar va jamoat joylarida , sayillarda va boshqalar) ni asosiy maqsadi axolini (isteʼmolchilarni)yuqori sifatli , turli xil assortimentdagi pishiririlgan tayyoor taomlar va yarimfabrikalar bilan taʼminlash.
Buning uchun isteʼmolchilarga turli assortimentdagi taom tayyorlashni turli usullari yordamida ovqatlar strukturasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlari umumiy ovqatlanish korxonalariga katta masʼuliyat va ishlab chiqarilgan korxonalari orasida yuqori raqobatdoshlikni talab etadi.
Tayyorlanadigan taomlarning turlari va ularni retseplarida foydalaniladigan masalliqlarni xillari va miqdori , tayyor taomning sof og‘irligi va isteʼmolchi bu taomni isteʼmol qilganda uni organizmi oladigan quvvati (kolloriya) katta axamiyatga ega.
Ovqat qaayerda tayyorlanishidan qatʼiy nazar talabga isteʼmolchilar talablarini qondirish uchun ovqat tayyorlovchi pazanda sifatli, lazzatli xilma-xil taomlarni moxirlik bilan pishira bilishlari xamda pazandalik sanʼatinig eng moxir uslublarini namoyish etishlari lozim.
Dunyodagi xar bir xalqni taomlarining xillari, ularni tayyorlash texnologiyasi o‘ziga bo‘lib , ularning barchasi xushxo‘r va lazzatli bo‘ladi. Turli xalqlarning taomlari va uni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish,kerak bo‘lsa undan o‘z maxoratini oshirishda foydalanish, o‘zimiz unga yangi ko‘rinish va mazasini o‘zgartirishimiz xam mumkin.
Aʼlo sifatli ovqatlar tayyorlab nozik didli isteʼmolchilarni talabini qondirish uchun yuqori pazandalik sanʼati maxoratiga va oshpazlik ko‘nikmasiga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Turli tuman sifatli taom tayyorlash uchun turli tuman sifatli masalliqlarni bo‘lishi talab etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar -tovarlarni yetishtirish, ko‘paytirish, tayyorlashqishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘simlikshunoslik va chorvachilikni va u bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarini roli nixoyatda katta. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati asosan xom-ashyoga, qayta ishlash texnologiyasiga, mahsulot tarkibidagi kimyoviy moddalarni sifat va miqdor ko‘rsatgichlariga, saqlash, o‘rash-joylash va tashish shartlariga bog‘liq. Foydalaniladigan xom-ashyoko‘pincha tayyorlangan mahsulotlarni fizik-kimyoviy va lazzatli xususiyatlarini belgilab beradi.Bulardan tashqari sifatsiz xom-ashyo mahsulotda bir qancha nuqsonlarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi(ko‘karib kapan bug‘doy donidan olingan undan sifatli non tayyorlab bo‘lmaydi va x.k.). Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni (mahsulotlarni) tarkibi xususiyatlari va sifat ko‘rsatgichlari ularni o‘stiradigan va yetishtiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Ovqat tayyorlashda ratsepturani va texnalagik talablarni buzishi tayyorlangan ovqatni sifatini ancha o‘zgartirishiga yoki uni saqlash vaqtida buzilishiga xam sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun oshpaz masalliqlarda bo‘ladigan ayrim nuqson va kamchiliklar oldini olish uchun foydalaniladigan mahsulotlarning xususiyatlarini xamda nuqsonlarni xosil qiluvchi sabablarini xam bilishi lozim.Tayyorlangan ovqatning oziqalik qiymati ishlatilgan masalliqlarning (xom-ashyo) kimyoviy tarkibiga va kishi organizmida o‘zlashtirish darajasiga bo‘g‘liqdir.Ovqat inson organizmida ro‘y beradigan xayot protsesslari uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyaga bo‘lgan extiyojlarini(oqil, yog‘ va uglevodlar) qondira olishi zarur.Shu bilan bir vaqtda inson tana to‘qimalarini tiklash uchun manba (suv, mineral va organik moddalar,fermentlar va boshqalar) xamda inson tanasida yuz beradigan biokatolizatorlar reaksiyalar uchun energiya berishi xam kerak.Bu moddalardan tashqari inson organizmiga vitaminlar,garmonlar,organik tuzlar va boshqa elementlar xam zarurdir.Agar shu moddalar yetishmasa organizm og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin.Tayyorlangan ovqatning tarkibiy qismi xazm qilishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir.Tanavvul qilinayotgan taomning tashqi ko‘rinishiga,ovqatlanish tartibiga, organik kislotalar va lazzatli moddalarga,ichaklardagi mikrofloracha,fermentlarga,fgoltizmgatabis xolatiga (yoshi,jinsi,jismoniy xolati va boshqalar) va yana bir qancha boshqa shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Ovqat tayyorlashda foydalaniladigan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi turli-tuman bo‘ladi, shu sababli ularni oziqalik qiymati xam bir xil emas.Baʼzi ovqatlarda inson organizmi uchun kerakli barcha moddalar bo‘ladi,baʼzilarida inson tanasi to‘qimalarini tuzilishi uchun zarurbo‘ladigan moddalar, baʼzilarida kishiga kuch-quvvat beradigan yoki ayrim organlarga taʼsir etuvchi moddalarbo‘lishi mumkin.(bolalar,sog‘lom yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va sifatli mahsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal ,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik chiqarishini aniqlash mumkin.
Xar xil ixtisoslikdamexnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g ,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi.
Hozirgi kunda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari reklama qilinganida “ekologik toza mahsulot” jumlasi qulog‘imizga tez-tez chalinib qolayapti. Shu o‘rinda o‘z- o‘zidan savol tug‘iladi? Ekologik toza mahsulot nima-yu, toza bo‘lmagani qanaqa? Ularni iste’molchi bir-biridan qanday ajratib olishi mumkin? Ekologik toza mahsulotning afzalligi nimada?
Ekologik toza mahsulotning ilmiy sinonimi organik mahsulot, deb ataladi. Organik mahsulotlar deyilganda organik so‘zi “cheklangan” ma’nosini anglatib, qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarsiz, zaharli ximikatlarsiz va boshqa texnogen ta’sirlarsiz mahsulot etishtirish yoki tabiiy toza xomashyolardan olingan, zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan mahsulotlardir.
Organik qishloq xo‘jaligi – bu agro ekotizim, shu jumladan biologik xilma-xillik, biologik sikllar va tuproqning biologik faolligini rivojlantirishga yordam beradigan ishlab chiqarishni boshqarish tizimidir. Bu tabiiy resurslardan (ya’ni mahsulotlar va o‘simlik mahsulotlari) foydalanish va sintetik o‘g‘itlar va pestitsidlardan foydalanishni rad qilishdir.
Organik qishloq xo‘jaligining vazifalari:
-organik qishloq xo‘jaligi tizimida biologik xilma-xillikni oshirish;
- tuproqning biologik faolligini oshirish;
-uzoq muddatli istiqbol uchun tuproq unumdorligini oshirish;
-qayta tiklanmaydigan resurslardan minimallashgan holda oziqaviy moddalarni tuproqqa qaytarish uchun o‘simlik va hayvonlar chiqindilaridan qayta foydalanish;
-mahalliy qishloq xo‘jaligida qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish;
-tuproqni, suvni va havoni muhofaza qilish, shuningdek qishloq xo‘jaligining faoliyati natijasida ifloslanishning barcha shakllarini minimallashtirish;
-qishloq xo‘jaligining mahsulotlarini organik yaxlitligini va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun ehtiyotkorlik bilan qayta ishlashga ko‘maklashish;
- kimyoviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar va boshqa shunga o‘xshash noorganik moddalarni asta sekinlik bilan voz kechish yoki me’yoridan ortiqcha qo‘llamaslik;
- GMO (geni modifikatsiya qilingan organizmlar)dan foydalanmaslik.
Organik dehqonchilik tirik organizmlarning tamoyillariga va mantiqlariga asoslanadi, unga ko‘ra barcha elementlar (tuproq, o‘simlik, chorva hayvonlari, hasharotlar, dehqonlar va mahalliy sharoitlar) birbiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunga iloji boricha tabiiy ekotizimdan namuna sifatida foydalaniladigan prinsiplarga muvofiq agrotexnik, biologik va mexanik usullarni qo‘llash orqali erishiladi.
1. Hozirgi kunda dunyo miqyosida organik dehqonchilikni o‘rni.
Hozirgi kunda olingan ma’lumotlarga ko‘ra G‘arbiy Evropada-jumladan, Gollandiya, Daniya, Belgiya, Germaniyada 1 ga. haydaladigan erga 400-600 kg.
mineral o‘g‘it (ta’sir etuvchi modasi hisobida) berilsa, Belarusiyada bu ko‘rsatgich- 280 kg/ga.dan oshmaydi. (Tarasenko ma’lumoti). Belarusiyada 2006 yilda o‘rtacha har bir gektar erga 185 kg/ga. mineral o‘g‘it qo‘llanilgan. 1990 yillarda juda ko‘p maydonlarda pestitsidlar umuman qo‘llanilmadi.
Ikkinchidan Belorusiyaning intensiv texnologiya asosida dehqonchilik olib borayotgan xo‘jaliklarida hosildorlik vaqtinchalik yuqori bo‘lgan bo‘lsada, keyinchalik tushib ketgan.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, evropada ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsuloti narxi odatdagiga qaraganda 20% dan 100%gacha yuqori narxda narxlanadi.
Rossiyaning Omsk viloyatida 80 yillarda 16 ta xo‘jalik don etishtirishda pestitsidlarni qo‘llashdan voz kechishgan va natijada eng kam mehnat xarajatlari hisobiga viloyatda eng yuqori don hosil olishga erishganlar.
Organik qishloq xo‘jaligi hisobiga AQSHda (Vashington shtati) bitta fermer 5 yil davomida o‘rtacha 45 s/ga.dan bug‘doy hosili olgan. Ushbu fermer xo‘jaligining yonidagi pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlar qo‘llagan fermerlar 39,9-49,0 s/ga. hosil olgan. Shu bilan bir qatorda ushbu fermer xo‘jaligida tuproqdagi gums miqdori boshqa xo‘jaliklarga qaraganda ko‘p bo‘lib, eroziyaga kam berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |