4
Korxonani bankrot deb topish faqat sud tomonidan amalga oshirilib, uni pul
majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi
ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Bundan tashqari, korxona majburiy toʻlovlarni bajarmaganligi natijasida ham bankrot
deb topilishi mumkin boʻlib, ushbu holatda bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan
xoʻjalik sudiga murojaat
etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati
organlari va boshqa vakolatli organlar ega. Agarda korxona oʻzinig qarzdorlik
majburiyatlarni 3 oy muddatda qoplay olmaslik hollari yuzaga kelayotganligin
oldindan bilsa oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga
murojaat etishga haqli.
Agar yuqoridagi holat ya’ni qarzdorligini belgilangan muddatda qoplash
imkoniyati yoʻq boʻlgan
hollarda, qarzdor korxonaning rahbari, qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkor xoʻjalik sudiga murojaat etishi shart:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa
kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha
oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qoʻyishga olib
keladigan boʻlsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga vakolatli boʻlgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan
qarzdorning arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul
qilingan boʻlsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat
bergan organ tomonidan
qarzdorning arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul
qilingan boʻlsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning
xoʻjalik faoliyatini imkonsiz qilib qoʻyadi deb hisoblashga asoslar boʻlsa.
Bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlar yigʻilishi
yoki kreditorlar qoʻmitasi qimoya qiladi. Xoʻjalik sudi qarzdorni bankrot deb topish
toʻgʻrisidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar
qarzdorga oʻz talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli
emas.
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish
kiradi:
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
kreditorlar qoʻmitasi a’zolarini saylash, uning miqdoriy tarkibini belgilash va
bunday qoʻmita a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy
etish va ularning muddatini
uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish haqidagi
qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash
toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan xoʻjalik sudiga murojaat etish haqidagi qaror;
5
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash
toʻgʻrisidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror.
Kreditorlar yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan
amalga oshiriladi. Kreditorlar yigʻilishi, agar unda qarzdorning pul majburiyatlari va
(yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida
talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli
hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda oʻz vakillari orqali ishtirok etishlari ham mumkin.
Kreditorlar yigʻilishida kvorum boʻlmasa, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning
takroriy yigʻilishi
chaqiriladi, yigʻilish, uning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi
toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, hozir boʻlgan kreditorlar
sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi
amalga oshiradi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining oʻz vakolatlari
doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat
boshqaruvi boshqa
organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Toʻlovga qobiliyatsiz korxonalarning balans tuzilmasi qoniqarsizligini
aniqlashda mezonlar tizimi aloxida axamiyatga egadir. Mezonlar tizimi joriy likvidlik,
oʻz mablagʻlari bilan ta’minlanganlik, toʻlov qobiliyatini tiklash yoki yoʻqotish
imkoniyatining mavjudligiga asoslanadi. Ushbu koʻrsatgichlarga qarab korxonaning
balans tuzilmasi qoniqarsiz deb xisoblanishi, toʻlov qobiliyatini tiklash yoki yoʻqotish
chinakam imkoniyatlari aniqlanishi mumkin.
Miliyaviy menejment amaliyotida korxonalarning bankrotligini oldindan aytib
berish uchun turli usullardan foydalaniladi. Ulardan biri E.Altmanning «Z hisobi»
boʻlib, mazkur usul oʻzida bankrotlik xavfini tashxis etishning besh omilini oluvchi
modelni namoyon etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: