Koxonalar faoliyatida bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari


korxona moliyasi va iqtisodini restrukturizatsiyalash



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana28.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#712791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu-16

korxona moliyasi va iqtisodini restrukturizatsiyalash. 
Bu qismda inqirozga qarshi boshqaruv uslublaridan foydalangan holda asosan 
3 yoʻnalishda ish olib borilishi nazarda tutiladi. 
Birinchisi - korxona va tashkilotlarning ichki rezervlarini mobilizatsiya 
qilish. Quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
Respublikamizda 
faoliyat 
koʻrsatayotgan 
korxonalarning 
asosiy 
muammolaridan biri sotilgan mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlarning oʻz vaqtida 
puli kelib tushmasligi, ya’ni debitor sifatida osilib turishidir. Demak, biz 
tayyorlayotgan restrukturizatsiyalash rejalarining asosiy yoʻnalishlaridan biri 
debitorlarni oʻz vaqtida undirish orqali moliyaviy resurslarga ega boʻlishdir.
Juda koʻp korxonalarda ishlab chiqarish boshqaruvi toʻgʻri yoʻlga 
qoʻyilmaganligi sababli, normativdan ortiqcha ishlab chiqarish zahiralari saqlanib 
kelmoqda. Bu oʻz navbatida korxonalarni qarzdorlarga vaqtida toʻlovni amalga 
oshira olmasligiga olib kelmoqda. Normativdan ortiqcha ishlab chiqarish zahiralarni 
sotish orqali korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash rejalarida koʻzda 
tutiladi; 
Yuqorida aytib oʻtganimizdek korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha 
quvvatlarini va asosiy vositalarini sotish, hamda korxonalardagi ba’zi ortiqcha 
xarajatlarni kamaytirish orqali korxonalarning iqtisodiy holatlarini koʻtarish; 
Respublikamizdagi juda koʻp korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish 
darajasi pastdir. Korxona ichki rezervlarini mobilizatsiya qilish, yana bir muhim 
yoʻnalishi mehnat resurslarini restrukturizatsiyalash. Korxonaning bugungi kundagi 
haqiqatdagi faoliyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona oldiga qoʻyilgan 
maqsadlaridan kelib chiqib, ishchilar sonini optimallashtirish yoki qisqartirish; 
Korxonalar aylanma mablagʻlarining ta’minlaganlik darajasini oshirish 
maqsadida, yuqorida aytib oʻtilgan aylanma mablagʻlaridan tashqari, korxona 
balansida bir necha yillardan beri muzlagan shaklda yotgan aylanma mablagʻlarini 
sotish yoki aylanishga jalb qilish. Ba’zi korxonalarni (qurilish korxonalarida) 
xususiylatirish jarayonlari tahlil qilinganda korxonalar aksiyalari bir-birlariga 
majburan sotilgan va bugungi kungacha umuman divident keltirmagan. Shunday 
aylanma mablagʻlarni sotish orqali mablagʻlarni korxonaga jalb qilish.
Ikkinchidan – korxonalarning kreditor qarzlarini restrukturizatsiya qilish.
Bu jarayon korxonalarni sogʻlomlashtirish maqsadida korxonalarning kreditlari 
bilan kelishgan holda, xoʻjalik sudlari qarorlariga, davlat oldidagi kreditor qarzlarni 
davlat komissiyalari qarorlariga asosan ma’lum bir davrga toʻlov muddatlarini 
uzaytirish yoki kreditor qarzlarini muzlatish masalari koʻriladi. Oʻzbekiston 
Respublikasi 
"Bankrotlik 
toʻgʻrisida"gi 
Qonuniga 
muvofiq 
bunday 
restrukturizatsiyalash jarayonlarining 3 turi mavjud: 
1.Korxonaga sudgacha sanatsiya jarayonini joriy qilish. Sudgacha sanatsiya 
qilish, bankrotlik toʻgʻrisida ish koʻzgʻatilgunga qadar amalga oshiriladi. Bankrotlik 
alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu hakda qarzdorning 


13 
muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdorning mol – 
mulki egasiga yozma shaklda xabar qilinishi shart. Bankrotlikning oldini olish 
maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki 
qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza 
xoʻjalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan 
sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi. Qarzdorni moliyaviy 
jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan 
bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin. 
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻla yoki qisman sotib olish
ishlab 
chiqarishni 
raqobatbardosh 
mahsulot 
chiqarishga 
moslab 
qayta 
ixtisoslashtirish, chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish; 
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qarzdorning toʻlov qobiliyati 
tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilishi, qarzdorning faoliyatni 
davom ettirishi uchun, qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan 
toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzlardan 
siylov berish toʻgʻrisida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim, majburiy toʻlov 
majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish 
muddatiga kechiktirish va qarzdor yuridik shaxsni restrukturizatsiyalash.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda 
oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat 
berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
2.Korxonaga sud sanatsiyasini joriy etish. Sud sanatsiyasi Xoʻjalik sudi 
tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida joriy etiladi. Xoʻjalik sudining 
sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati 
koʻrsatilishi, unda Xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, 
majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning 
miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga 
toʻlanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak. Xoʻjalik sudining sud 
sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi mumkin. 
Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.Sud 
sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat 
majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini 
qondirishi uchun xoʻjalik sudi tomonidan koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. 
Sud sanatsiyasi oʻtkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini 
ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradilar. Sud sanatsiyasi joriy 
etilgan paytda: kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan 
choralar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan 
uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha 
tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin, sud 
sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar 
boʻyicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun 


14 
(jarima, penya) va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar, toʻlanishi lozim boʻladigan foizlar 
qoʻllanilmaydi. 
3.Korxonaga tashqi boshqaruvni kiritish. Tashqi boshqaruv joriy etilgan 
paytdan e’tiboran: qarzdorning rahbari oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, 
qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi, 
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va 
qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, 
qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran 
uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari 
va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga 
topshirilishini ta’minlashi shart, kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan 
ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va 
qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi 
vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida 
qoʻllanilishi mumkin, qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari 
yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi. 
Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar 
boʻyicha kreditorlarga qarzdor toʻlashi shart boʻlgan neustoyka (jarima, penya), 
shuningdek etkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi 
mavjud miqdorlarda toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
Uchinchidan–korxonalarning ba’zi majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish.

Bunday restruktukrizatsiya holatlari asosan qoʻshma korxonalarda olib 


borilgan boʻlib, bunda banklardan olingan chet el valyutasidagi kreditlarning toʻlov 
muddatlarini uzaytirish, yoki boshqa yuridik shaxslar sotib olinishi nazarda tutilgan.
Korxona mahsulot sotish bozorini restrukturizatsiyalash.

Iqtisodiy nochor va 


past rentabelli yirik sanoat korxonalarga moliyaviy sogʻlomlashtirish va 
restrukturizatsiya qilishda yuqorida ham ta’kidlab oʻtganimizdek asosiy masalardan 
biri mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini orttirishdir. Korxonalar mahsulot 
sotish bozorini restrukturizatsiyalashda quyidagi asosiy yoʻnalishlarda ish olib 
borish koʻzda tutilgan:

yangi assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali korxonani 
inqirozdan olib chiqish; 

arzonroq xom-ashyo bozorini tanlash orqali mahsulot rentabellik darajasini 
orttirish; 

marketing tadqiqotlari olib borish natijasida yangi bozorlarga chiqish; 

mahsulot sifatini yaxshilash va sertifikatlash masalasida olib boriladigan ishlar 
rejalarini belgilash. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish