Kuchli tomoni
Kuchsiz tomoni
Arzon ishchi kuchi va xom-
ashyo resurslari
Tashqaridan kirib
kelayotgan ba’zi
mahsulotlarga boj
toʻlovlarining yuqoriligi
Raqobatchilar bozorining
rivojlanganligi
Mamlakatda ba’zi soliq
turlari stavkalarining pastligi
Respublikamizda va Oʻrta
Osiyoda toʻyinmagan yirik
bozorning mavjudligi
Korxona
rahbarining
(menejmenti) bozor iqtisodiyoti
qonuniyatlarini bilmasligi va bu
sohadagi bilim darajasining
pastligi
Mahsulot va xizmatlar sifat
darajasining pastligi
Ishlab chiqarishda
foydalanmayotgan asosiy
vositalarining eskirish darajalari
yuqoriligi
I/ch quvvatlaridan toʻliq
foydalanmasliklari natijasida
16
mahsulotning tannarxi
(xarajatlari)ning yuqoriligi.
Raqobat bozorining toʻliq
rivojlanmaganligi
Mahsulotlarning iste’molchilar
talabiga
mos kelmasligi
Aylanma mablagʻlarining
aylanishi sustligi (kreditor
qarzdorlik)
Korxona biznesiga
investorlarning qiziqishi pastligi,
(yoʻqligi)
2-rasm. Korxona va tashkilotlarni texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchli va
kuchsiz tomonlarini belgilovchi (sifat) koʻrsatkichlari
Avval ta’kidlaganimizdek, kompaniyalarda moliyaviy menejmentni tashkil
etish jarayonlari, uning rivojlanish tsiklining turli bosqichlarida farqlanadi. Ayniqsa,
kompaniyalarning inqirozli holatlarida moliyaviy
boshqaruvni oqilona va har
tomonlama chuqur oʻylagan holda tashkil etish talab qilinadi. Kompaniya moliyaviy
menejerlari inqirozga qarshi boshqaruvni ishlab chiqishda, dastlab uni yuzaga
kelgan asosiy sabablari va
manbalarini aniqlash, keyin esa, kompaniyaga ta’sirini
darajasini aniqlash va buning natijasida koʻriladigan zararlarning aniq miqdorini
hisoblash va eng asosiysi kompaniyani ogʻir larzalarsiz inqirozdan olib chiqish
dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishi lozim boʻladi.
Shuningdek, kompaniyalarda inqirozga qarshi boshqaruvni
samarali tashkil
qilishda asosan quyidagi shartlarning mavjudligi muhim hisoblanadi: inqirozga
qarshi boshqaruvni amalga oshiruvchi mutaxassislar,
moliyaviy menejerlar,
moliyaviy rahbarlar guruhining maxsus tayyorgarliklari, oʻz ishlarini mukammal
bilishlari va professionalligi; inqiroz holatlarida monitoring
tizimi ishlarini sifatli
amalga amalga oshirilishi; inqiroz kelib chiqish sabablarini oʻz vaqtida bashorat
qilish va inqirozga qarshi tadbirlar
dasturini loyihalashtirish; iqtisodiy inqiroz
davrida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni metodoloyasini ishlab chiqish va
rivojlantirish; inqirozga qarshi qabul qilingan
dasturlarning sifatliligi; inqirozga
qarshi boshqaruv mutaxassislarining roʻy berayotgan holatlarga tezkor va
mushohada bilan ta’sir koʻrsata olishi.