Koxonalar faoliyatida bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari


Z=1,2×IK/A+1,4×SF/A+3,3×SD/A+0,6×XK/QK+1,0×SH/A



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana28.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#712791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu-16

Z=1,2×IK/A+1,4×SF/A+3,3×SD/A+0,6×XK/QK+1,0×SH/A 
(2) 
yoki 
Zq(1,2×IK+1,4×SF+3,3×SD +1,0×SH)/A+0,6×XK/QK. 
(3) 
Altman modelida korxonaning bankrotlik xavfi darajasi quyidagi shkala 
boʻyicha baholanadi (1-jadval): 
1-jadval.
Altman modeli uchun baholash shkalasi 
 
"Z" koʻrsatkichining qiymati 
Bankrotlik xavfi 
1,80 ga qadar 
Oʻta yuqori 
1,81 – 2,70 
Yuqori 
2,71 – 2,99 
Mumkin 
3,00 va undan yuqori 
Juda past 
 
2. Korxonalar bankrotligiga sabab boʻluvchi omillar 
Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xoʻjalik obyektlari faoliyatlarining tugatilishi 
odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday korxonaning oʻz 
faoliyatini toʻxtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning vujudga kelishi bilan 
bogʻliq boʻladi:

faoliyatga jalb etilgan iqtisodiy resurslarning yoʻqotilishi, ulardan olinadigan 
samaraning pasayishi; 

ishsizlar sonining koʻpayishi hisobiga ijtimoiy beqarorlikning kuchayishi; 

jamiyat a’zolari oʻrtasida tadbirkorlik bilan shugʻullanishga nisbatan 
ishonchsizlikning paydo boʻlishi va hokazo. 
Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul 
qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning koʻplab 
xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk 
egasining oʻzgarishiga qaramasdan, koʻplab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik 
birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsata olmayaptilar. Shunga 
koʻra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni 
takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan 
boʻlsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari 
(qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Xoʻjalik yurituvchi obyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatining tugatilishining kelib 
chiqishi sabablari, bu jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlari, ularni maqsadga 
muvofiq yoʻnaltirish imkoniyatlari, salbiy oqibatlarini oldini olish muammolarini ilmiy 



jihatdan oʻrganish korxonalarning tugatilishini keltirib chiqaruvchi turli omillar 
iqtisodiy tabiatining tadqiq etilishini taqozo etadi. 
Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarni 
shartli ravishda obyektiv va obyektiv omillarga ajratib olish zarur boʻladi.
Obyektiv omillar sirasiga, xoʻjalik yurituvchi obyektlarning hatti-harakati
faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning 
amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir koʻrsatuvchi omillar kiradi. 
Odatda obyektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan 
tashqarida boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi 
oʻziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha obyektlari faoliyatining tugatilishida 
obyektiv omillar sifatida maydonga tushadi.
Xoʻjalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish uchun bu holatni keltirib 
chiqaruvchi obyektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Obyektiv omillar, 
obyektiv omillardan farqli oʻlaroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-
harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora-tadbirlarni qoʻllash orqali 
ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin boʻladi.
Oʻz navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi obyektiv 
omillarni yanada chuqurroq oʻrganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga koʻra 
turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga koʻra, mamlakatimiz va 
boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi koʻplab obyektiv omillarni 
shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin boʻladi: 
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar; 
2-guruh - tashkiliy omillar; 
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar; 
4-guruh - iqtisodiy omillar. 
Shaxsiy – ruhiy omillar guruhi oʻz ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va 
tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari 
borasida yuzaga keluvchi faoliyatni toʻxtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. 
Tashkiliy omillar guruhi oʻz ichiga xoʻjalik yurituvchi obyektning tashkiliy 
tuzilmasida oʻz faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi toʻsiqlarni bartaraf 
etish, uni oʻzgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni toʻxtatishga 
olib keluvchi sabablarni oladi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi oʻz ichiga korxona faoliyatini davom 
ettirishda roʻy beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining 
oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni 
toʻxtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. 
Iqtisodiy omillar guruhi oʻz ichiga xoʻjalik yurituvchi obyektning iqtisodiy 
manfaatlariga zid keluvchi holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida 
faoliyatni toʻxtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. 
Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir koʻrsatuvchi obyektiv omillarni 10 
– chizma orqali koʻrish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati boʻyicha etarli bilim va malakaga ega boʻlmaslik obyektiv 
omillardan biri hisoblanadi
.
S.Gʻulomovning ta’kidlashicha, «kichik shakldagi xoʻjalik 
yurituvchi obyektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot boʻlishi tadbirkorlar, 



rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan bir qator kamchiliklarga 
bogʻliq. 
Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning, kichik 
firma rahbarlarining, etuk yoshdagi korxona menejerlarining oʻziga xos xatolarini 
ajratib koʻrsatish mumkin. 
Ish boshlovchi tadbirkorlarni va etuk firmalarning menejmentlarini xato va 
kamchiliklarini turkumlash shuni koʻrsatadiki, biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, 
resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy tsiklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish 
kerak boʻladi».
Savdo-sanoat palatasi vakillari oʻz ish faoliyatlarida tadbirkorlik 
faoliyatini boshlash uchun korxonani roʻyxatdan oʻtkazishning oʻzi kifoya, deb 
hisoblovchilar anchagina ekanligini ta’kidlaydilar. Aslida bunday boʻlmay, «agar etarli 
darajadagi tayyorgarliklarsiz boshlansa, eng ajoyib biznes – gʻoya ham amalga oshmay 
qolishi mumkin. Ishning muvaffaqiyatli borishi uchun iqtisodiyotning barcha nozik 
tomonlarini oʻrganish lozim. Tadbirkorning etarli bilimga ega boʻlmasligi xususiy 
korxona faoliyatini hali boshlamay turib toʻxtatilishining asosiy sabablaridan biridir». 
Shuni tan olish kerakki, tadbirkorlik obyekti rahbarlari orasida iqtisodiy 
islohotlarning jadal sur’atiga ulgurmayotgan, bozorga oid ishbilarmonlik namoyish eta 
olmayotgan, marketing va menejment boʻyicha eng oddiy tushunchalarni bilmaydigan, 
eskicha iqtisodiy tafakkurlovchi kishilar oz emas. Shunga koʻra, eng yuzaki holda tahlil 
qilib koʻrilgan chogʻda ham, iqtisodiy nochorlik belgisiga ega boʻlgan koʻplab 
korxonalar – bu ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifati va narxi boʻyicha raqobatga 
layoqatsiz boʻlganligi bois sotilmayotgan va oqibatda aylanma mablagʻsiz qolayotgan 
korxonalar hisoblanadi. 
 
Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonasini 
tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. Oʻz 
navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari 
tugatilishiga sabab boʻladi. Ya’ni, kichik biznes
korxonasi tugatilishining yana bir 
sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan 
korxonaning ta’sischilari oʻrtasida daromadning taqsimlanishidir. 




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish