Nazorat savollari
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotini loyihalashtirish nima asosida olib boriladi?
2. Ilmiylik prinsipi nima degani?
3. Joylarning tashabbuslari deganda nimani tushunasiz?
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’shimcha pul mablag’lari qanday shakllanadi?
1. Loyihalashtirish (rejalashtirish)-o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Rejalashtirish – murakkab analitik jarayon. U o'ziga xos ishlab chiqish va uni maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga qo’llash bosqichlariga ega.
Rejalashtirish boshqarishga bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga oshirish yo'lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayotga tadbiq etish uchun rejalashtirish kerak. So'ng uni ijrochilar hukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda boshqarishning maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati, mas'ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish maqsadini va bunga erishish vosita, yo'llarini belgilashdir. Bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish lozim bo'lgan sohalarni ma'lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog'liq harakatlar o'zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish mumkin. Bu esa o'z navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat va munosabatlami ongli va qat'iy tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bo'ladi.
2.Rejalashtirining ilmiyligi rejalami boshqaravning ilmiy uslubologik nuqtayi nazariga asoslangan holda tuzishni talab etadi. Bu yerda rejadagi asosiy nuqtayi nazarning aniqligi, uning hayotiyligi, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni o'tkazishning pedagogik maqsadga muvofiqligi va zarurligi muhimdir.
3. Men joylarning tashabbuslari deganda biror bir tashkilot yoki korxonaning biror ish yoki boshqa masalalarda da’vat etuvchi, boshlovchi sa’y-harakatlarini tushunaman. Bu tashabbus bevosita MTT larida olib boriladigan ishlarga nisbatan boshchilik yoki yetakchilikni ifodalaydi.
4.Maktabgacha ta 'lim muassasasining mol-mulki va pul mablag 'lari muassis yoki u vakolat bergan organga biriktiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruv huquqida bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |