Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


I.2. So‘roq qilish tushunchasi, ahamiyati va uning umumiy qoidalari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
saydullo

I.2. So‘roq qilish tushunchasi, ahamiyati va uning umumiy qoidalari 
 
So‗roq qilish jinoyat sudlov ishlarini yuritishda eng keng tarqalgan tergov harakati 
bo‗lib, bir shaxsdan (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan) 
og‗zaki ko‗rsatuvlar olish va mustahkamlash maqsadida protsessual so‗rov tarzida 
amalga oshiriladi. So‗roq qilinuvchi tomonidan bildirilgan ma‘lumot hamda ba‘zi 
hollarda topshiriladigan grafik, ashyo va xabarlarning boshqacha tasvirlari 
ko‗rsatuv berishning shakli hisoblanadi. 
So‗roq qilish tergov harakati jinoyatni ochishda ham asosiy usul bo‗lib xizmat 
qiladi. Tergov amaliyotida biror bir ochilgan jinoyat ishi yo‗qki, unda so‗roq qilish 
tergov harakati o‗tkazilmagan bo‗lsa. So‗roq qilish tergov harakatining ahamiyati 
shundaki, jinoyat izlari sifatida qolgan va moddiy dunyoning inson ongidagi 
in‘ikosidan isbot qilishda foydalaniladi. 


So‗roq qilish tergov harakati orqali tergov harkatini o‗tkazuvchi shaxs so‗roq 
qilinuvchidan muayyan holat yuzasidan ma‘lumotni olishi va fikrini bilishi 
mumkin bo‗ladi. Qolaversa, ushbu tergov harakati so‗roq qilinuvchiga jinoyat ishi 
yoki uning muayyan holati yuzasidan bilganlarini boshqalarga ma‘lum qilish va 
munosabatini bayon qilish imkonini beradi. 
So‗roq qilish tergov harakati o‗zining tashqi ko‗rinishidan o‗xshash bo‗lgan 
harakatlar: tushuntirish talab qilish yoki olish, og‗zaki arizani qabul qilish (ya‘ni 
tergov harakati hisoblanmagan protsessual harakatlar) va fuqarolarni surishtirish 
(protsessual harakatlar bo‗lmagan tezkor-qidiruv choralari) mazmuni va 
ahamiyatiga ko‗ra ulardan farq qiladi. Ko‗rsatuvlar esa ba‘zida ko‗rsatuvlarni 
hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish, tanib olish uchun ko‗rsatish kabi tergov 
harakatlarida ham ularning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‗lishi mumkin. 
So‗roq qilish tergov harakatida faqat so‗roq qilishning ishtirokchisi, ya‘ni guvoh, 
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi maqomiga ega bo‗lgan bir 
shaxsdan dalil to‗plash maqsadida ko‗rsatuv olinadi. Dalillarning maqbullik talabi-
ga ko‗ra tushuntirish xatida va og‗zaki ariza qabul qilish bayonnomasida 
ko‗rsatilgan ma‘lumotlar dalil hisoblanmaydi. Demak, ushbu harakatlar garchand 
protsessual hisoblansa-da, uni so‗roq qilish tergov harakatiga tenglashtira 
olmaymiz. 
Fuqarolarni surishtirish protsessual harakatlar bo‗lmagan tezkor-qidiruv choralari 
jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlarning faoliyatida muhim o‗rin egallaydi. 
SHu borada ishni tashkil qilish, jinoyatni ochishda tergov tusmollarini yuritish, 
jinoyatni sodir qilgan shaxslarni topishda zaruriy chora bo‗lgani bilan protsessual 
doirada amalga oshirilmaganligi bois ham so‗roq qilish tergov harakatidan 
farqalanadi. 
So‗roq qilishda ko‗rsatuvlar qanday shaklda (og‗zaki yoki yozma) bo‗lishi va 
qanday harakatlar bilan (misol uchun soqov odamning imo-ishoralari) 
ifodalanishidan qat‘i nazar, tergovda ish uchun ahamiyatli faktlar va ularning 
tavsifi borligi yoki yo‗qligi haqidagi axborotlar olinishi kerak. Aks holda, so‗roq 
qilish davomida olingan ko‗rsatuvlar isbotlovchi ahamiyatdan mahrum bo‗ladi. 
So‗roq qilishning umumiy qoidalari Jinoyat-protsessual kodeksining 96-108-
moddalarida belgilangan. Bizning jinoyat – protsessual qonunchilikda so‗roq 
qilishning umumiy qoidalariga yuridik adabiyotlarda so‗roq qilishning (umumiy va 
maxsus) shartlari iborasi qo‗llaniladi
7

7
Қаранг: Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс: Учебник для вузов/ 2 - е изд. Под. Обш. Ред. 
А.В Смирнова. СПб.: Питер, 2005. 410 - 414 - бетлар


Qonunda, shuningdek jinoyat protsessi nazariyasida so‗roq qilishning umumiy 
qoidalarida birinchi navbatda so‗roq qilishning joyi turadi. Jinoyat – protsessual 
qonun surishtiruvchiga yoki tergovchiga guvohni, jabrlanuvchini, gumon 
qilinuvchini va ayblanuvchini dastlabki tergov o‗tkaziladigan joyda yoki so‗roq 
qilinuvchi qaerda bo‗lsa, o‗sha joyda, sudga esa sud muhokamasi yuritilayotgan 
joyda so‗roq qilishga ruxsat beradi (JPK, 96-modda). 
So‗roq qilishdan oldin guvoh, jabrlanuvchi, ozodlikda bo‗lgan gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchilar chaqiruv qog‗ozi bilan chaqiriladilar. CHaqiruv qog‗ozi pochta 
orqali jo‗natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. CHaqiruv telefonogramma, tele-
gramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‗lishi mumkin. 
CHaqiruv qog‗ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga 
chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga etib kelishi kerakligi, shuningdek, 
uzrsiz sabablarga ko‗ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‗y berishi 
ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. CHaqiruv qog‗ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat 
olinadi. CHaqiruv qog‗ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‗q bo‗lsa, 
unga berib qo‗yish uchun chaqiruv qog‗ozi u bilan birga yashovchi voyaga etgan 
oila a‘zolaridan biriga, yotoqxona ma‘muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning 
o‗zini o‗zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi (JPK, 97-modda). 
Tergov hibsxonasida, vaqtincha qabul qilish-taqsimlash qabul-xonalari, jazoni ijro 
etish yoki tarbiya koloniyalarida saqlanayotgan shaxslar shu muassasalarning 
ma‘muriyati orqali chaqirtiriladi. 
So‗roq qilishdan oldin so‗roq qilinuvchidan uning tug‗ilgan joyi, familiyasi, ismi, 
otasining ismi, aniq tug‗ilgan vaqti (yili, oyi, kuni), ish joyi, mansabi, mashg‗ulot 
turi, ma‘lumoti, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi aniqlanadi. 
Ushbu ma‘lumotlarning hammasi jinoyat ishidagi yoki so‗roq qilinuvchining 
shaxsiy hujjatlaridagi ma‘lumotlar bilan solishtiriladi. Har qanday holda ham 
surishtiruvchi, tergovchi yoki sud so‗roq qilinuvchi o‗zini kim deb tanishtirgan 
bo‗lsa, aynan o‗sha shaxs ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim (JPK, 98-modda). 
So‗roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‗rsatuv bera 
olishi mumkin, degan masalalar ham aniqlanishi lozim. Zarur hollarda tarjimon 
chaqiriladi va u kelguncha so‗roq qilish to‗xtatib turiladi (JPK, 99-modda). So‗roq 
qilinuvchining qaysi tilda ko‗rsatuv bera olishi bayonnomada ko‗rsatilishi shart. 
So‗roq qilinuvchining shaxsi aniqlanganidan keyin unga huquq va majburiyatlari 
tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushun-tirilganligi ham so‗roq 
bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi (JPK, 100-modda). 


So‗roq qilinuvchiga ishning unga ma‘lum bo‗lgan holatlari to‗g‗risida so‗zlab 
berish taklif qilinmog‗i lozim. So‗roq qilinuvchi erkin so‗zlab berganidan keyin 
uning ko‗rsatuvlarini to‗ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin 
(JPK, 101-modda). 
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‗naltirish mazmunidagi ishora 
qiluvchi savollar berish taqiqlanadi (JPK, 102-modda). Ishora qiluvchi savollar 
deganda so‗roq qilinuvchidan ma‘lum bir javobni olish maqsadida unga savol 
berish tushuniladi. Ishora qiluvchi savollarga misol keltiradigan bo‗lsak quyidagini 
ko‗rsatish mumkin: ―o‗sha kuni egningizda qora kiyim edimi?‖ deb so‗rashning 
o‗zi shaxsning qora kiyimiga ishora qilyapti. Bu savolni to‗g‗ri shakllantirib ―o‗sha 
kuni qanday kiyim kiygan edingiz?‖ deb so‗ralsa to‗g‗ri bo‗ladi. 
So‗roq qilinuvchining ko‗rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa 
ma‘lumotlarga taalluqli bo‗lsa, u so‗roq jarayonida o‗zidagi yoki ishga qo‗shib 
qo‗yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So‗roq 
qilinuvchiga so‗roq qilish jarayonida o‗zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‗qib 
eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‗roq 
qilinuvchidan so‗roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa 
yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‗shib qo‗yishi 
mumkin (JPK, 103-modda). 
So‗roq qilinuvchining ilgarigi so‗roqda bergan ko‗rsatuvlari faqat uning hozirgi 
so‗roqda bergan ko‗rsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin 
hamda hozirgi va ilgarigi so‗roqlarda berilgan ko‗rsatuvlar o‗rtasida jiddiy qarama-
qarshiliklar bo‗lganda; so‗roq qilinuvchi sudda ko‗rsatuv berishdan bosh tortganda; 
ish so‗roq qilinuvchining ishtirokisiz ko‗rib chiqilayotganda o‗qib eshittirilishi 
mumkin (JPK, 104-modda). 
So‗roq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida 
taraflar ishga qo‗shib qo‗yilgan yoki taraflar ixtiyorida bo‗lgan narsalar va 
hujjatlarni so‗roq qilinuvchiga ko‗rsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni o‗qib 
eshittirishlari mumkin. So‗roq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida 
qaysi narsa yoki hujjat ko‗rsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim 
tomonidan o‗qib eshittirilganligi, narsa yoki hujjatni ko‗rsatish vaqtida qanday 
savollar berilganligi va bunga javoban so‗roq qilinuvchi qanday ko‗rsatuvlar 
berganligi aniq aks ettirilishi kerak (JPK, 105-modda). 
So‗roq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida so‗roq 
bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. 


So‗roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, 
videoyozuv va kinotasvirga olish ham qo‗llanilishi mumkin (JPK, 106-modda). 
Ko‗rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkoni boricha so‗zma-so‗z 
yozib boriladi. Savol-javob so‗roq jarayonida qanday olib borilgan bo‗lsa, shunday 
izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisiga raislik qiluv-
chi tomonidan chetlatilgan, shuningdek, so‗roq qilinuvchi javob berishdan bosh 
tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak. 
Bayonnomada, bundan tashqari, so‗roq qilinuvchi tomonidan avvalgi so‗roqlarda 
berilgan ko‗rsatuvlarning o‗qib eshittirilgani, ko‗rsatuv berish jarayonida so‗roq 
qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, so‗roq qilinuvchiga 
so‗roq davomida narsa va hujjatlar ko‗rsatilgani, so‗roq paytida ovoz yozish, 
videoyozuv, kinotasvirga olish o‗tkazilgani qayd qilinadi, fonogramma, video-
yozuv, kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi. 
Agar so‗roq qilishda texnik vositalaridan foydalanilgan bo‗lsa, bayonnomada 
quyidagilar ko‗rsatilishi lozim: 

Fotosurat, videoyozuvlar va ovozli yozuvlardan foydalanganligi haqidagi 
ma‘lumotlar qayd etilishi lozim; 

Texnik vositalar to‗g‗risida ma‘lumotlar; 

Agar uzilishlar bo‗lsa, ularning sabablari va muddatlari; 

So‗roq qilinuvchi tomonidan texnik vositalardan foydalanish borasida berilgan 
ariza va shikoyatlar; 

So‗roq qilinuvchining imzosi. 
So‗roq tugaganidan keyin bayonnoma o‗qib chiqish uchun so‗roq qilinuvchiga 
ko‗rsatiladi yoxud uning iltimosiga ko‗ra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga 
o‗qib beriladi. 
So‗roq qilinuvchi ko‗rsatuvni o‗z qo‗li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli, 
o‗z qo‗li bilan yozilgan ko‗rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqida 
bayonnomaga yozib qo‗yiladi. 
So‗roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko‗ra sud majlisida bayonnomaga 
imzo qo‗yilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv va kinotasvir namoyish 
qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma o‗rtasida tafovut bo‗lgan hollarda, tafovut 
sababini aniqlash uchun qayta so‗roq qilinishi mumkin. 


So‗roq qilinuvchi bayonnomani o‗qib bo‗lgach, ko‗rsatuvlari to‗g‗ri yozilganligi 
va u bilan tanishganligini imzo chekib tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga 
qo‗yiladi, basharti ko‗rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo‗lsa, har qaysi 
sahifaga alohida imzo chekiladi. 
So‗roq qilishda tarjimon qatnashayotgan bo‗lsa, u so‗roq qilinayotgan shaxsning 
bayonnomadagi ko‗rsatuvlarini unga og‗zaki tarjima qiladi, so‗roq qilinuvchining 
o‗z qo‗li bilan yozib bergan ko‗rsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. 
Tarjimon ko‗rsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga 
alohida, shuningdek so‗roq qilinuvchining o‗z qo‗li bilan yozib bergan 
ko‗rsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi. 
So‗roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. 
Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi 
(JPK, 107-modda). 
Tergov amaliyoti so‗roq qilinuvchini so‗roq qilishning davom etish vaqtini 
belgilashda mutaxassis-shifokor fikri olinishi mumkin. Lekin ushbu muddat ham 
yuqorida ko‗rsatilgan maksimal muddatdan oshishi mumkin emas. 
Dastlabki tergovda va sudda qo‗shimcha so‗roq qilish zarurati tug‗ilishi mumkin. 
Bunday so‗roq quyidagi hollarda o‗tkaziladi: 
-so‗roq qilinuvchi ishning o‗ziga ma‘lum bo‗lgan barcha holatlari to‗g‗risida 
ko‗rsatuv bera olishi uchun qonunda nazarda tutilgan so‗roqning umumiy davom 
etish vaqti etarli bo‗lmasa; 
-so‗roq qilingan shaxs ilgari bergan ko‗rsatuvlarini to‗ldirish yoki o‗zgartirish 
istagini bildirsa; 
-ayblanuvchiga yangi yoki o‗zgartirilgan yoxud qo‗shimcha ayblov e‘lon qilinsa; 
-surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so‗roq qilingan shaxsning 
ko‗rsatuvlari to‗g‗ri yozilganligini prokuror qo‗shimcha so‗roq qilish yo‗li bilan 
tekshirib ko‗rishni lozim topsa; 
-surishtiruvchi yoki boshqa tergovchi tomonidan ilgari so‗roq qilingan shaxsning 
ko‗rsatuvlari to‗g‗ri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan tergovchi 
qo‗shimcha so‗roq qilish yo‗li bilan tekshirib ko‗rishni lozim topsa; 
-ilgari so‗roq qilingan shaxsga berilishi kerak bo‗lgan va ish uchun muhim yangi 
savollar tug‗ilsa; 


-shaxs so‗roq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi 
ushbu shaxsni yangitdan so‗roq qilishni talab qilsa (JPK, 108-modda). 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish