Guvoh va jabrlanuvchining ko‗rsatuvlari umumiy xususiyatga ega. SHuning uchun
ular so‗roq qilishni yuritishning protsessual qoidalari birligiga asoslangandir. Bu
qoidalar JPKning bir bobida joylashgan.
Guvoh va jabrlanuvchini so‗roq qilish JPKning 96-108-moddalarida
nazarda
tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilgan holda olib boriladi.
Guvoh va jabrlanuvchi sifatida:
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada
muhokama qilishga oid holatlar to‗g‗risida sudya va xalq maslahatchisini;
2) jinoyat ishi yuzasidan o‗z vazifalarini bajarishlari natijasida o‗zlariga ma‘lum
bo‗lgan holatlar to‗g‗risida himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy
da‘vogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini;
3) ruhiy yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‗lgan holatni to‗g‗ri
idrok etish va bu haqda ko‗rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‗lmagan shaxsni
so‗roq qilish mumkin emas.
Qaror chiqarish chog‗ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni
talab etishning taqiqlanishi, sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga
aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik va boshqa
qoidalar sudyalar mustaqilligining kafolati bo‗lib xizmat qiladi. Bu qoida 2000 yil
14 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan «Sudlar to‗g‗risida» gi qonunning 67-
moddasida mustahkamlangan.
Ikkinchi cheklash himoyachi o‗z protsessual vazifalarini bajarish jarayonida
olgan
ma‘lumotlarga, ya‘ni unga ayblanuvchi, uning qarindoshlari va shu kabilar
ayblanuvchini himoya ostiga olgani sababli etkazgan ma‘lumotlarga taalluqlidir.
Bunday cheklashning zarurati ayblanuvchiga
himoyalanish huquqini
ta‘minlashning konstitutsiyaviy prinsipidan kelib chiqadi. Agar himoyachiga
murojaat qilish xavf-xatar tug‗dirib, himoyachi guvohga aylanishi va unga yordam
so‗rab murojaat qilgan ayblanuvchiga qarshi ko‗rsatuv berishi mumkin bo‗lsa,
ayblanuvchi himoyachi xizmatidan amalda foydalana olmagan bo‗lardi.
U yoki bu shaxsni guvoh sifatida jalb qilishga uning ruhiy yoki jismoniy
nuqsonlari to‗sqinlik qilishi mumkin. Qonun bu nuqsonlar ro‗yxatini oldindan
belgilamaydi, lekin qonunda ish bo‗yicha ahamiyati bo‗lgan holatlarni shaxs
to‗g‗ri qabul qilishiga monelik qiladigan nuqsonlar haqida aytiladi. Ushbu
shaxsning ish bo‗yicha guvoh bo‗lishga qodirligi masalasi har
bir alohida holda va
bu shaxsning kasallik shakli hamda darajasiga, shuningdek u ko‗rsatuvlar
beradigan holatlarga qarab hal qilinadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli bo‗lgan holatlar haqida guvoh yoki
jabrlanuvchi sifatida faqat o‗zlarining roziliklari bilan so‗roq qilinishlari mumkin
(JPK, 116-modda). Bu qoida guvoh immuniteti deb ataladi. Guvoh yoki
jabrlanuvchi uchun ko‗rsatuvlar berish ularning majburiyati hisoblanganligi
sababli ular chaqiruv bilan belgilangan joyga ko‗rsatilgan vaqtda kelishlari va
haqqoniy ko‗rsatuvlar berishlari kerak. So‗roq boshlanishidan oldin bu shaxslar
ko‗rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg‗on ko‗rsatuv berganlik
uchun jinoiy javobgarlik to‗g‗risida ogohlantirilib, bu haqda so‗roq bayonnomasi
yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‗yiladi (JPK, 117-modda). Biroq gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko‗rsatuv
berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‗g‗risida ogohlantirilmaydilar (JPK,
117 – modda, 2-qism).
Guvoh va jabrlanuvchi alohida
holatlarni bahona qilib, ko‗rsatuv berishdan bosh
tortishga haqli emas (JPK, 118-modda). Aniqlanishi lozim bo‗lgan holatlar o‗zida
davlat sirini yoki kasb sirini aks ettirsa yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan
tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos bo‗lganda, surishtiruvchi, tergovchi
va sud guvoh yoki jabrlanuvchini so‗roq qilish chog‗ida bu holatlarning oshkor
etilishiga yo‗l qo‗ymaslik chora-tadbirlarini ko‗rishi shart.
Guvoh va jabrlanuvchi ish uchun ahamiyatli bo‗lgan har qanday holatlar haqida,
shu jumladan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jarayonning boshqa
qatnashchilari haqida ko‗rsatuvlar berishi mumkin.
Jinoyat protsessi nazariyasida guvohlik immuniteti tushunchasi o‗ziga xos
ahamiyatga ega. Umumiy nazariyada quyidagi shaxslar
guvohlik immunitetiga
ega:
YAqin qarindoshlar (ota-ona, aka-uka, opa-singil, bolalari,
farzandlikka olinganlar, er-xotin, er-xotinning aka-uka, opa-
singillari);
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatorlari va deputatlari;
Diplomatik daxlsizlik huquqiga ega shaxslar.
So‗roq guvoh va jabrlanuvchiga ish bo‗yicha o‗zlari bilgan holatlar to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni aytib berishni taklif etishdan boshlanib, undan so‗ng ularga
savollar
berilishi mumkin (JPK, 119-modda).
Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda bo‗lgan guvoh yoki jabrlanuvchi
ko‗rsatuv berishga xohish bildirsa, ular o‗sha kunning o‗zida yoki keyingi kundan
kechiktirmay so‗roq qilinishi kerak.
Guvoh yoki jabrlanuvchining ko‗rsatuv berishga xohishi to‗g‗risidagi xabar
tergovchi yoki sudga pochta
orqali kelsa, unga so‗roq o‗tkaziladigan joy va vaqt
darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so‗roq o‗tkaziladi (JPK, 120-modda).
JPK tomonidan guvohlar uchun hech qanday yoshga doir cheklashlar
belgilanmagan. Amaliyotda kichik yoshdagi guvohlar ko‗rsatuvlaridan ham
foydalaniladi.
O‗n olti yoshgacha bo‗lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‗roq qilish uning qonuniy
vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili
ishtirokida ularning roziligi bilan o‗tkaziladi. Ko‗rsatilgan shaxslar so‗roq
qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
O‗n olti yoshgacha bo‗lgan guvohlar va jabrlanuvchilar ko‗rsatuv berishdan bosh
tortganlik va bila turib yolg‗on ko‗rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‗g‗risida
ogohlantirilmaydilar (JPK, 121-modda). Biroq shu guvoh va
jabrlanuvchilarga
ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chog‗ida haqqoniy
ko‗rsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi bo‗yicha haqiqatni aniqlashga
ko‗maklashish ma‘naviy burch ekanligini eslatib o‗tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: