Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
saydullo

 majburiy va fakultativ bo‘lishlari mumkin. 
Ba‘zi hollarda tergov 
harakatlari ishtirokchilarining majburiy doirasi qonun tomonidan ham belgilangan, 
masalan, ayrim tergov harakatida xolislarning va tarjimon va himoyachi ishtirok 
etishi shart bo‗lgan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksda ko‗rsatilgan. 
Ayblanuvchini so‗roq qilish uchun ayblov e‘lon qilinganligi, tanib olish uchun 
ko‗rsatishda tanib oluvchi shaxsni tanib olish uchun ko‗rsatiladigan shaxs yoki 
predmet xususida, uni qaysi belgilariga ko‗ra tanib olishi to‗g‗risida so‗roq qilish 
maxsus shartlardan hisoblanadi. Ekspertiza o‗tkazish uchun gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi va ularning himoyachisi ekpertiza tayinlash to‗g‗risidagi qaror bilan 
dastlabki tanishuvi maxsus shart bo‗lib xizmat qiladi. (JPK, 179 – modda, 1-qism) 
Maxsus shartlarning mavjudligini qonun tergov harakatini o‗tkazish to‗g‗risidagi 
yozma shaklda rasmiylashtirilgan qarorda aks ettirish talab qilinadi (bu tergov 
harakatining yuridik asosi deb ataladi). 
Tergovchi qaroriga ko‗ra murdani eksgumatsiya qilish guvohlantirish, tintuv, olib 
qo‗yish, ekpertiza (shu jumladan, ekspertiza oldiga qo‗yilgan savollar) o‗tkazish va 
boshqalar amalga oshiriladi. 
JPKda belgilangan ayrim hollarda davlat sirlari bo‗lgan hujjatlar yoki narsalarni 
ko‗zdan kechirish, olib qo‗yish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi 
yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoxud sudning ajrimiga 
ko‗ra amalga oshirilishi qo‗shimcha ravishda nazarda tutiladi (JPK, 89-modda, 1-
qism). 


Tergov harakatlarining ikkinchi elementi bu ularning protsedurasi, ya‘ni tergovga 
tegishlilik va tergov harakatini o‗tkazishning usullari hisoblanadi. Tergov 
harakatini o‗tkazish bir necha bosqichlardan iborat: 
Birinchi bosqich
– tayyorlov bosqichi. Bunda tergov harakatini o‗tkazish 
to‗g‗risida qaror qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi, tergov harakati o‗tkazishni 
ta‘minlash bo‗yicha choralar ko‗riladi. 
Ikkinchi bosqich
protsess ishtirokchilarini tasdiqlash, ularning huquq va 
majburiyatlari, tergov harakati vazifalari va o‗tkazish tartibini tushuntirish bilan 
bog‗liq. SHaxsni tasdiqlash faqat hujjat bo‗yicha emas, tanib olish yo‗li bilan 
amalga oshirilishi mumkin (agar tergovchi bilan protsessning ushbu ishtirokchisi 
oldindan tanish bo‗lsa, boshqacha usulda tanib olish uchun ko‗rsatish qo‗llanilishi 
mumkin). Muayyan tergov harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari 
tushuntiriladi. Guvoh, jabrlanuvchi va mutaxassis (agar ko‗rsatuv berayotgan 
bo‗lsa) ko‗rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‗on ko‗rsatuv 
berganlik to‗g‗risida ogohlantiriladi. Ekspert va tarjimon bila turib yolg‗on xulosa 
va bila turib noto‗g‗ri tarjima qilganligi uchun ogohlantiriladi. 
Uchinchi bosqich
ni bilish usullari va tadbirlari tashkil etadi. 
To‘rtinchi bosqich
da esa tergov harakati va natijalari qayd qilinadi. 
Barcha tergov harakatlari uchun Jinoyat-protsessual qonunchilik ularni 
o‗tkazishning quyidagi qoidalarini belgilagan: 

ularni o‗tkazish chog‗ida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini muxofaza qilish va qo‗riqlash choralarini 
ko‗rish (JPK, 18-modda va 88 – modda, 1-qism); 

shaxslarning hayoti va sog‗lig‗i uchun xavfli bo‗lgan yoki ularning 
sha‘ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etmaslik 
(JPK, 88 – modda, 2 – qism, 1-band); 

zo‗rlik, po‗pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‗llar bilan 
ko‗rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni 
bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga 
erishishga yo‗l qo‗yilmasligi (JPKning 88 – modda, 2 – qism, 2 – 
band); 

tungi vaqtda, ya‘ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov 
harakatlari olib borish mumkin emasligi (JPK, 88 – modda, 2 – qism, 
3 – band). Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini 


olish, jinoyat izi yo‗qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib 
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan 
hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‗lgan hollar bundan 
mustasno; 

Tergov harakatlari o‗tkazilayotganda, shaxsni yalang‗och qilib 
echintirish bilan bog‗liq bo‗lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, 
sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan 
shifokorlardan boshqa shaxslarning o‗zga jinsdagi shaxsni ishtirok 
etmasligi (JPK, 88 – modda, 2 -qism); 

shaxslarning sha‘ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek hech 
kim qiynoqqa solinishi, zo‗ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha‘ni va 
qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor 
etilmasligi (JPK, 17-modda, 1-qism); 

tergov harakatlari o‗tkazish chog‗ida ham ayblov, ham oqlov 
xarakteridagi dalillarni yig‗ish (JPK, 22-modda); 

JPKning 90-92-moddalariga asosan bayonnoma yuritilishi va 
boshqalar. 
Tergov harakatlari protsessual shaklining uchinchi elementi – ularni ta‘minlash 
choralaridir. Tergov harakatlari o‗tkazishning qoidalari, shartlari va asoslari 
to‗g‗risida protsessual normalarni buzish salbiy oqibatlarga sabab bo‗ladi. Ta‘min-
lash choralari protsess ishtirokchilari uchun majburlov choralari, jarima, hattoki 
jinoiy javobgarlik choralari bo‗lishi mumkin. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish