Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish
. Ayblanuvchini so‗roq qilish
ayblanuvchidan jinoyat ishi bo‗yicha isbotlashning vositalaridan biri bo‗lmish
ko‗rsatuvlar olish usulidir. Ayni vaqtda ayblanuvchi tomonidan ko‗rsatuvlar berish
qo‗yilayotgan aybdan himoyalanishning eng ta‘sirchan va aniq vositasi
hisoblanadi. Ayblanuvchi jinoyat-protsessual faoliyatning sub‘ekti bo‗lib, o‗zini
himoya qilish huquqidan foydalangan holda so‗roqda unga qo‗yilayotgan aybni rad
etadigan yoki javobgarlikni engillashtiradigan asoslarni keltirish, qo‗shimcha
dalillarni talab qilib olish haqida iltimos qilishga haqli (JPK, 464-modda).
Ayblanuvchini so‗roq qilish jarayonida tergovchi nafaqat uning sodir etilgan
jinoyatlardagi ishtiroki haqida, balki ish bo‗yicha ayblanuvchiga ma‘lum bo‗lgan
holatlar va mavjud dalillar haqida ham ma‘lumot oladi. Ayblanuvchi
ko‗rsatuvlarining tahlili tergovchiga dalillarning yangi manbalarini aniqlashda, ish
bo‗yicha ilgari surilgan taxminlarni tekshirishda va ushbu jinoyat ishi bo‗yicha
xulosalarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligini tasdiqlashda yordam beradi.
Ayblanuvchining ko‗rsatuvlari dalillar manbalaridan biri hisoblanadi.
Ayblanuvchining ko‗rsatuvlari ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan–
bermaganligi, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligi
to‗g‗risidagi haqiqiy ma‘lumotlar va ish to‗g‗ri hal qilinishi uchun muhim bo‗lgan
boshqa holatlar aniqlashda dalil manbalari orasida muhim o‗rin egallaydi.
Protsessual qonunga muvofiq ayblanuvchining ko‗rsatuvlari isbotlash vositasi
hisoblanib, uning ko‗rsatuvlardagi haqiqiy ma‘lumotlar dalillar bo‗lib xizmat
qiladi. Ular bo‗yicha qonunda belgilangan tartibda jinoyat ishi bo‗yicha isbot
qilinishi lozim bo‗lgan holatlar aniqlanadi.
Ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) ko‗rsatuvlari guvohlar va boshqa
shaxslarning ko‗rsatuvlaridan tubdan farq qiladi. Bu hol uning jinoyat
protsessidagi alohida protsessual holati bilan izohlanadi.
Ayblanuvchi o‗ziga nisbatan qo‗yilgan ayblov bo‗yicha ko‗rsatuvlar berar ekan,
uning ko‗rsatuvlaridan bayon qilingan fikrlar ishning yakunidan manfaatdor ruhida
bo‗lishi mumkinligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak.
Ayblanuvchi va gumon qilinuvchi tomonidan ko‗rsatuvlar berish uning majburiyati
emas, balki huquqlari hisoblanadi (JPK, 46, 48-moddalar). Bu ularning himoyaga
bo‗lgan huquqlaridan kelib chiqadi. Ayblanuvchi va gumon qilinuvchi ko‗rsatuv
berish huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin. Ko‗rsatuvlar
berishdan bosh tortganligi va yolg‗on ko‗rsatuvlar berganligi uchun u (guvohdek)
javobgar bo‗lmaydi.
O‗zining alohida protsessual holatiga ko‗ra ayblanuvchi o‗z ko‗rsatuvlarida
haqiqiy ma‘lumotlarni bayon qilish bilan cheklanmaydi. Ayblanuvchi ularni
mustahkamlash uchun dalillar keltiradi, boshqa shaxslar tomonidan bildirilgan
ma‘lumotlar bo‗yicha o‗z mulohazalarini bildiradi, o‗ziga qo‗yilgan ayblov bilan
bog‗liq bo‗lgan fakt, holat va hodisalarga baho beradi.
Ayblanuvchining ko‗rsatuvlariga gumon qilinuvchining ko‗rsatuvlari yaqin bo‗lib,
bu ularning protsessual holatlardagi o‗xshashligi bilan izohlanadi.
Gumon qilinuvchining ko‗rsatuvlari ham dalillar manbala-ridan biridir. Gumon
qilinuvchini jinoyat protsessining muhim ishtirokchisi sifatida rasmiylashtirish
uning ko‗rsatuvlari jinoyat ishini tergov qilish uchun ahamiyatli ekanligi, ushbu
ko‗rsatuvlarning dalillarning maxsus manbalaridan biri sifatida ajratilishini taqozo
etadi (JPK, 81-modda).
Gumon qilinuvchining keyinchalik ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka
tortilishi uning ayblanuvchi sifatida ko‗rsatuvlar berishini istisno etmaydi;
aksincha, buni taqozo etadi. Agar gumon tasdiqlanmasa, gumon qilinuvchi
guvohga aylansa, keyinchalik u guvohlik ko‗rsatuvlari beradi. Bu hollarda
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud endi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va
guvohning ko‗rsatuvlaridan farq qiladigan boshqa dalillar manbalariga ega
bo‗ladilar. Gumon qilinuvchining avval berilgan ko‗rsatuvlari bunda o‗zining
protsessual ahamiyatini yo‗qotmaydi. Ular jinoyat ishi bo‗yicha to‗plangan boshqa
barcha dalillar bilan birgalikda tadqiq etiladi va baholanadi.
Gumon qilinuvchini ushlab turish va qamoqda saqlashga asos bo‗lgan har qanday
holat gumon qilinuvchi ko‗rsatuvlarining predmeti hisoblanishi mumkin. Biroq
gumon qilinuvchining ko‗rsatuvlari faqatgina ushbu holatlarga daxldor bo‗lishi
mumkin emas. U ish bo‗yicha o‗ziga ma‘lum bo‗lgan barcha holatlar yuzasidan
ko‗rsatuvlar berishi mumkin. Bu bilan gumon qilinuvchining ko‗rsatuvlari nafaqat
dalillar manbai, balki o‗ziga nisbatan bo‗lgan gumondan himoya qilish vositasi
ekanligiga urg‗u berilmoqda. Qonun hujjatlari gumon qilinuvchining
ko‗rsatuvlarini qayd etish va rasmiy-lashtirishning yagona protsessual tartibini uni
so‗roq qilish bayonnomalarini belgilaydi. Albatta, gumon qilinuvchi surishtiruv va
tergov organlariga o‗z tushuntirishlarini taqdim etishi mumkin. Biroq ular qonunda
belgilangan, qayd etilgan va rasmiylashtirilgan taqdirdagina dalillar manbai
sifatida ko‗rsatuvlarning protsessual ahamiyatiga ega bo‗ladi. Demak, ko‗rsatilgan
holatlar bo‗yicha gumon qilinuvchi so‗roq qilinishi, uning ko‗rsatuvlari esa so‗roq
qilish bayonnomasida aks ettirilishi lozim.
Gumon qilinuvchini chaqirish va so‗roq qilish protsessual qonunda ayblanuvchini
chaqirish va so‗roq qilish bo‗yicha belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda
amalga oshiriladi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‗roq qilish JPKning 96-
108-moddalarida nazarda tutilgan so‗roq qilishning umumiy qoidalariga rioya
etgan holda o‗tkaziladi.
Gumon qilinuvchi ayblanuvchi singari surishtiruv va tergov organlarining
chaqiruviga binoan kelishi kerak. Uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda u majburiy
ravishda keltirilishi mumkin. Lekin kelish majburiyati ko‗rsatuvlar berish majbu-
riyatini anglatmaydi. Bundan tashqari, yuqorida ta‘kidlanganidek, ko‗rsatuvlar
berish gumon qilinuvchi va ayblanuvchining majburiyatini emas, balki ularning
huquqini tashkil qiladi.
Qonunda gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan zo‗rlik, po‗pisa qilish va qonunga
xilof boshqa yo‗llar bilan ko‗rsatuvlar olishga erishish taqiqlanadi (JPK, 88-
modda).
Gumon qilinuvchi ko‗rsatuvlarining ahamiyati shundan iboratki, ularning
yordamida unga nisbatan paydo bo‗lgan gumonning asosliligi yoki asossizligi,
shuningdek jinoyat ishi bo‗yicha boshqa jiddiy holatlar ham aniqlanadi. Gumon
qilinuvchining ko‗rsatuvlari o‗z mazmuniga ko‗ra qanday bo‗lishidan qat‘i nazar
ishdagi boshqa barcha dalillar bilan birgalikda har tomonlama va sinchkovlik bilan
tekshirilishi hamda baholanishi lozim. Gumon qilinuvchining ko‗rsatuvlarini
baholashda shuni nazarda tutish kerakki, gumon qilinuvchi ayblanuvchi singari
ko‗rsatuvlar berishdan bosh tortgani va yolg‗on ko‗rsatuvlar bergani uchun
javobgarlikka tortilmaydi.
Gumon qilinuvchi tergov qilish borasida o‗z ko‗rsatuvlarini o‗zgartirishi hamda
tadqiq etilayotgan jinoyat holatlari xususida o‗zga tushuntirish berishi mumkin.
Har bir shunday tushuntirish surishtiruvchi yoki prokurorning unga nisbatan
bo‗lgan sub‘ektiv munosabatidan qat‘i nazar, albatta tekshirilishi lozim (JPK, 112-
modda).
Surishtiruv va dastlabki tergov o‗tkazish jarayonida gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi ushlangan, so‗roq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki
majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to‗rt soatdan kechiktirmay
so‗roq qilinishi kerak (JPK, 110-modda).
Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko‗rsatuv berish huquqi
sudya tomonidan ta‘minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati
o‗tkazilayotgan paytda ko‗rsatuv berish to‗g‗risida istak bildirsa, sud unga shu
harakatlar tugashi bilanoq ko‗rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi (JPK, 110-
modda).
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so‗roq qilishdan
oldin surishtiruvchi, tergovchi so‗roq qilishning umumiy qoidalari tomonidan
nazarda tutilgan barcha harakatlarni: so‗roq qilinuvchining shaxsini, uning qaysi
tilda ko‗rsatuv berishi mumkinligini aniqlashi va hokazolarni amalga oshirishi
shart (JPK, 96-108-moddalar).
Ba‘zi davlatlarda gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‗roq qilinganda himoyachi
ishtirok etmasa, (himoyadan voz kechish bundan mustasno.) ular tomonidan
berilgan ko‗rsatuvlar dalil hisoblanmaydi. Bunday normaning borligi ayblanuvchi
va gumon qilinuvchini huquqlarining yuqori darajada himoyalanganligini
anglatadi. Ammo ba‘zan advokatlarning qonundagi bo‗shliqlardan foydalanib
aybdor bo‗lgan shaxslarni javobgarlikdan qochishga olib keladi.
SHundan keyin surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga
JPKning 46-va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquq va
majburiyatlarini tushuntiradi; so‗roq qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
shartnoma tuzgan himoyachining yoxud agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo‗lsa, boshqa himoyachining
so‗roqda ishtirok etishini ta‘minlaydi; gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat
sodir etganlikda gumon qilinayotganligini e‘lon qiladi; gumon qilinuvchiga ishda
ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi to‗g‗risidagi qarorni taqdim
qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
Tergovchi birinchi marta so‗roq qilishdan oldin u o‗zini aybli hisoblashi-
hisoblamasligini yoki o‗z aybini to‗la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini
aniqlashi shart.
Barcha harakatlarning bajarilishini surishtiruvchi yoki tergovchi gumon qilinuvchi
yoki ayblanuvchining so‗roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida
qayd qiladi (JPK, 111-modda).
Surishtiruvchi, tergovchi gumon yoki ayblov mohiyati bo‗yicha erkin hikoya qilish
shaklida ko‗rsatuv berishni tavsiya etadi. Bunday tartib ayblanuvchi (gumon
qilinuvchi) o‗z ko‗rsatuvlarini to‗liq bayon qilishini ta‘minlaydi va unga qo‗yilgan
ayblov (gumon) bo‗yicha tushuntirishlarni bayon qilish imkoniyatini va
himoyalanish maqsadida dalillar keltirishini kafolatlaydi.
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‗rsatuvlari va
ayblanuvchining o‗z aybiga iqror bo‗lishi, bu iqror bo‗lish mavjud dalillar
yig‗indisi bilan tasdiqlangan taqdirdagina ayblash uchun asos qilib olinishi
mumkin.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‗rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar
ayblanuvchi o‗z aybiga iqror bo‗lgan taqdirda ham, o‗zining aybdor ekanligini
inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bog‗langan holda boshqa
dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim (JPK, 112-modda).
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1997 yil 2 maydagi «Sud hukmi
haqida»gi qarorida ta‘kidlanganki, «sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda
aybini bo‗yniga olish holati u ish bo‗yicha to‗plangan hamda sudda tekshirilgan
boshqa dalillar bilan xolisona tasdiqlangandagina ayblov hukmi chiqarishga asos
bo‗la oladi».
SHaxs u jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmasdan va unga ayblov e‘lon
qilinmasdan oldin huquqni muhofaza qilish organlariga o‗zi sodir etgan jinoyat
to‗g‗risida xabar bilan, ya‘ni aybini bo‗yniga olish to‗g‗risidagi arz bilan murojaat
etishi mumkin.
Aybini bo‗yniga olish to‗g‗risidagi arz og‗zaki yoki yozma bo‗lishi mumkin.
Og‗zaki xabarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bayonnomada aks
ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma‘lumotlar kiritiladi va unda arzning
mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va arz
qilingan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.
Aybini bo‗yniga olish to‗g‗risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud
tomonidan aniqlangan boshqa barcha dalillar bilan birgalikda baholanadi hamda
aybni bo‗yniga olish mavjud dalillar yig‗indisi bilan tasdiqlangan taqdirdagina u
ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. SHuni ta‘kidlash lozimki, aybini
bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilish sud, prokuror, surishtiruvchi va tergovchini
dalillarni hamda ishning barcha holatlarni aniqlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Aybini bo‗yniga olishda tergovchi barcha ahamiyatli holatlarni e‘tiborga olishi
lozim. Ba‘zan ma‘lum bir shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab o‗zlari sodir etmagan
jinoyatlari yuzasidan aybni bo‗yniga olish hollari uchrab turadi (masalan, ota o‗z
farzandining aybini bo‗yniga olishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |