I.3. YUzlashtirish tergov harakatining vazifasi va uni o‘tkazishning
protsessual tartibi
YUzlashtirish bu-ilgari so‗roq qilingan ikki shaxs ko‗rsatuvlari o‗rtasida jiddiy
qarama-qarshiliklar bo‗lganda ularning sababini aniqlash uchun o‗tkaziladigan
tergov harakatidir.
YUzlashtirish tergov harakatining huquqiy asoslari va o‗tkazish tartibi O‗zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 122-124-moddalarida aksini topib,
qamrab 13-bobida ko‗rsatilgan.
YUzlashtirish tergov harakatida avval so‗roq qilingan ikki shaxs yuzlashtirilib,
basharti ularning aynan bir xil fakt va holatlarga nisbatan bergan ko‗rsatuvlarida
jiddiy qarama-qarshiliklar bo‗lsa, bir vaqtning o‗zida har ikkalasining ishtirokida
ko‗rsatuvlar olinadi. Bu qarama-qarshiliklarning sabablarini aniqlash uchun
yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, sudlanuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va
guvoh so‗roq qilinishi mumkin. YUzlashtirish tergov harakati ko‗rsatuvlarni,
jumladan dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatidir.
Jinoyat-protsessual qonun faqat ikki shaxsni yuzlashtirib so‗roq qilishga ruxsat
beradi. YUzlashtirib so‗roq qilishning muhim xususiyati bunda yuzlashtirilayotgan
shaxslar ilgari so‗roq qilingan bo‗lishi lozim. Bu esa yuzlashtirib so‗roq qilishning
muvaffaqiyatli o‗tkazilishini ta‘minlashda qulaydir. Jinoyat protsessi nazariyasida
mavjud bo‗lgan yuzlashtirish tergov harakatining bir vaqtning o‗zida ikki va undan
ortiq shaxslar o‗rtasida o‗tkazishi mumkinligi to‗g‗risidagi fikrga qo‗shilib
bo‗lmaydi. Tergov amaliyoti jinoyat protsessida uch va undan ortiq shaxs o‗rtasida
yuzlashtirish tergov harakatini amalga oshirishning imkoni ham yo‗qligi
tasdiqlaydi.
Agarda bir necha (uch va undan ortiq) shaxslarning so‗roqda bergan
ko‗rsatuvlarida haqiqiy qarama-qarshiliklar mavjud bo‗lsa, ular o‗rtasida har ikki
shaxs o‗rtasida yuzlashtirish o‗tkazish lozim.
Mazkur tergov harakati navbati bilan ikki shaxs (har biri ikkinchisining
ishtirokida) so‗roq qilishda namoyon bo‗lib, so‗roqdan so‗ng yuzlashtirish tergov
harakatini amalga oshiruvchi shaxs ruxsati bilan ularga o‗zaro savol berish imkoni
beriladi.
Aksariyat hollarda yuzlashtirish tergov harakati so‗roq qilingan shaxslar
ko‗rsatuvlarida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjudligini aniqlagan tergovchi
tashabbusi bilan o‗tkaziladi. Qonun nafaqat tergovchi, shuningdek, jinoyat
protsessining boshqa ishtirokchilari (jabrlanuvchi, ayblanuvchi, himoyachi va b.)
tashabbusi bilan o‗tkazilishini taqiqlamaydi.
Bizga ma‘lumki, shaxs bo‗lib o‗tgan voqea xususida o‗zining sub‘ektiv
taassurotlarini aytib beradi. Ob‘ektiv holat va voqealar inson ongida bir xilda aks
etmasligi tabiiydir. Muayyan haqiqiy holatni aniqlash uchun surishtiruvchi, ter-
govchi, prokuror va sud (sudya) aniq faktlar yoki ma‘lumotlarga tayanadi. Albatta,
bu mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishni talab qiladi. Ko‗rsatuvlardagi
qarama-qarshiliklar ishning mazmunan hal etilishiga ta‘sir etishiga ko‗ra jiddiy
yoki ahamiyatsiz qarama-qarshiliklar bo‗lishi mumkin.
Jiddiy qarama-qarshiliklar bu-isbot qilish predmetiga kiruvchi holatlar mazmuni
yuzasidan qo‗rsatuvlarda mavjud bo‗ladigan nomutanosiblik, ma‘lumotlarning bir-
birini rad etishi hisoblanadi. Ular jinoyat ishi bo‗yicha aniqlanayotgan
hodisalarning tavsif xususiyati, muayyan ob‘ktning qabul qilininish shart-
sharoitlari, shakllangan va aytib berilgan ma‘lumotning hajmi bilan bog‗liq
bo‗lishi mumkin. Qarama-qarshiliklar ba‘zida ob‘ektga to‗la ravishda, boshqa
hollarda esa uning muayyan tarkibiy qism va bo‗laklariga, ichki va tashqi
tuzilishiga tegishli bo‗lishi mumkin. Qarama-qarshiliklarning sababi bo‗lib,
faktlarni qasddan buzib ko‗rsatish, shuningdek, voqelikni noto‗g‗ri qabul qilish,
yomon xotira yoxud real holatni noaniq bayon qilish bilan bog‗liq bo‗lishi
mumkin.
YUzlashtirish tergov harakatini o‗tkazishda jinoyat protsessida ishtirok etuvchi
shaxslarni so‗roq qilishning umumiy qoidalari tatbiq etiladi. YUzlashtirish tergov
harakatini o‗tkazuvchi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud yuzlashtirish
harakatida ishtirok etishi lozim bo‗lgan shaxslarga yuzlashtirish tergov harakati
o‗tkaziladigan joy, vaqti to‗g‗risida xabarnoma yuboradi.
YUzlashtirish tergov harakatida ilgarigi ko‗rsatuvlar yangi yuzlashtirilayotgan
shaxslarni so‗roq qilish orqali tekshirilishi bois uni o‗tkazish chog‗ida Jinoyat–
protsessual kodeksning 96-108-moddalarida nazarda tutilgan so‗roq qilishning
umumiy qoidalariga ham rioya qilinadi.
YUzlashtirib so‗roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida
raislik qiluvchi har bir so‗roq qilinuvchidan navbat bilan ularning o‗zaro tanishligi
yoki tanish emasligini, o‗zaro munosabatlari qanday ekanligini so‗raydi va
javoblarini tinglaydi. SHundan so‗ng har bir so‗roq qilinuvchiga navbat bilan
qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‗g‗risidagi savollarga javob berish taklif
qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga
taalluqli bo‗lsa, yuzlashtirishda har ikki so‗roq qilinuvchi bir masala yoki bir holat
bo‗yicha ko‗rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to‗g‗risidagi
savollar berilishi mumkin.
YUzlashtirish chog‗ida so‗roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki
sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so‗roq qilinuvchiga savol
berishi mumkin. Sud majlisida so‗roq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq mas-
lahatchilari, shuningdek, taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi,
tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega
bo‗lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli
bo‗lmagan savollarni chetlatishga haqlidir.
YUzlashtirish chog‗ida so‗roq bayonnomasi yoki so‗roq qilinayotgan shaxslar
avvalgi so‗roqlarda bergan ko‗rsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar
yuzlashtirilib, ularning ko‗rsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina o‗qib
berilishi yoki eshittirilishiga yo‗l qo‗yiladi.
YUzlashtirish tergov harakatining asosiy vazifasi ayblanuvchi, gumon qilinuvchi,
guvoh va jabrlanuvchilarning ko‗rsatuvlari taqdim etgan dalillaridagi jiddiy
qarama qarshiliklarni va nomuta-nosib jihatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf
qilishdan iborat.
YUzlashtirish tergov harakatining afzalligi shundan iboratki, yuzlashtirishda
ishtirok etayotgan shaxslar ilgari bergan ko‗rsatuvlarini o‗zlari aniqlashtiradilar.
Bu ularga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan savollar berish va
yuzlashtirilayotgan shaxslarning javoblari bilan amalga oshiriladi. Bundan
tashkari, yuzlashtirilayotgan shaxslar ilgarigi bergan ko‗rsatuvlarini
o‗zgartirishlari, ayrim faktlarni eslashlari, ba‘zi holatlarga oid yangi ma‘lumotlarni
berishlari mumkin. Ko‗pincha so‗roq qilinuvchilardan biri oldin bergan
ko‗rsatuvlarini rad qilib ularni o‗zgartiradi, ishga oid yangi faktlarni va
ma‘lumotlarni beradi. Bunday holda ushbu shaxsni yuzlashtirish tergov
harakatidan so‗ng qayta so‗roq qilish ijobiy natija beradi.
YUzlashtirish tergov harakatini aynan bir fakt yuzasidan bir necha shaxslar
o‗rtasida o‗tkaziladigan hollarda, tergovchi tegishli jinoyat protsessi
ishtirokchilarining o‗zaro munosabatlari hamda xarakterining o‗ziga xosliklarini
hisobga olgan holda yuzlashtirish tergov harakatining o‗tkazilish taktikasini
belgilashi lozim. Ushbu jihatlar yuzlashtirishda kimni birinchi bo‗lib so‗roq
qilishni aniqlashga yordam beradi. YUzlashtirib so‗roq qilish orqali tekshiriladigan
faktlar ko‗p bo‗lsa, u holda har biri bo‗yicha xronologik yoki mantiqiy ketma-
ketlikda so‗roq qilinadi.
YUzlashtirish savol-javob tarzida o‗tkaziladi. Har bir savolga ikkala ishtirokchi
ham javob beradi. Keyin ishtirokchilar aniqlashtirish tartibida savol-javob
qilishlari mumkin. Faqat bu tergovchi nazorati ostida o‗tkazilishi shart.
YUzlashtirish jarayonining ikkinchi ishtirokchisining haqqoniy va ishonchli
ko‗rsatuvlari ta‘sirida ko‗pincha boshqa ishtirokchi, ya‘ni noto‗g‗ri ko‗rsatuv
berayotgan shaxs isbotlangan faktlarni tan olmaslik mumkin emasligini anglab
etadi. Noto‗g‗ri ko‗rsatuv berayotgan shaxs ikkinchi ishtirokchi ko‗rsatuvlarini
eshitib, ko‗rgan yoki eshitgan narsalarini ketma–ket eslaydi hamda o‗z
ko‗rsatuvidagi xatolarini tuzatadi. Ba‘zan yuzlashtirilayotgan ishtirokchilarning
ikkalasi ham so‗roq qilish davomida kelib chiqqan qarama-qarshiliklarni tushunib
etib, ularni bartarf qilishga harakat qiladi. SHunda ham qarama-qarshiliklar
bartaraf etilmasa, ularni aniqlash so‗roq qilish hamda boshqa tergov harakatlari
bilan davom ettiriladi.
YUzlashtirilayotgan shaxslardan biri voyaga etmagan shaxs bo‗lsa, ushbu tergov
harakatini o‗tkazishda uning o‗qituvchisi, ota-onasi, yaqin qarindoshlari yoki
qonuniy vakili, agar voyaga etmagan shaxs ayblanuvchi tariqasida
yuzlashtirilayotgan bo‗lsa himoyachi ham ishtirok etishi shart. YUzlashtirishda
zarur bo‗lsa ekspert, shuningdek tarjimon ham tergovchi ruxsati bilan ishtirok
etishi mumkin.
YUzlashtirishdagi so‗roqni uch qismga bo‗lish mumkin.
Birinchi qismda so‗roq qilinayotganlarning o‗zaro tanishligi yoki tanish emasligi
va o‗zaro munosabatlari qanday ekanligi aniqlanadi (adovat, do‗stlik, qarindoshlik
munosabatlari va hokazo).
Ikkinchi qismda so‗roq qilinuvchi har bir shaxsga navbatma-navbat erkin hikoya
qilish shaklida o‗tkazilayotgan yuzlashtirish aniqlaydigan holatlar bo‗yicha
ko‗rsatuvlar berish taklif etiladi. So‗roq qilinuvchilarning qaysi biri avval bergan
ko‗rsatuvlari so‗roq qiluvchida ko‗proq ishonch tug‗dirgan bo‗lsa, shunga birinchi
bo‗lib so‗z beriladi.
Uchinchi qism so‗roq qiluvchining savollariga so‗roq qilinuvchilar navbat bilan
bergan javoblariga bag‗ishlanadi.
So‗roq qilish ketma-ketligini jinoyat ishi materiallarini hisobga olib tergovchi
tomonidan belgilanadi.
YUzlashtirish jarayonida so‗roq qilinadigan shaxslarning tergovchining ruxsatisiz
bir-birlari bilan hech qanday muloqot imo-ishora qilish o‗zaro qandaydir
kelishuvga kelish, birini ikkinchisiga tazyiq o‗tkazish taqiqlanadi.
Agar yuzlashtirish ishtirokchilari guvoh va jabrlanuvchi bo‗lsalar, u holda ular
ko‗rsatuv berishni rad etganlik yoki undan bosh tortganlik va bila turib yolg‗on
ko‗rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‗g‗risida ogohlantiriladilar va bu haqda
bayonnomaga yozib qo‗yiladi.
Ko‗rsatuv berish tugaganidan keyin oldingi so‗roqlardagi tergovchi yuzlashtirish
ishtirokchilarining har biriga savollar berishi mumkin. YUzlashtirish ishtirokchilari
bir-biriga faqat tergovchining ruxsati bilan savollar berishlari mumkin. Ularning
savollari va ularga berilgan javoblar bayonnomaga kiritiladi (JPK, 123-modda).
YUzlashtirish ishtirokchilarining ko‗rsatuvlarini oshkor qilishga faqatgina ular
yuzlashtirishda bergan va bayonnomaga yozilgan ko‗rsatuvlardan keyin yo‗l
qo‗yiladi. Ko‗rsatuvlar berilib, bayonnomada qayd etilgach, tergovchi o‗z
ixtiyoriga muvofiq ilgari berilgan ko‗rsatuvlarni e‘lon qilishi ham mumkin, chunki
ko‗p hollarda ushbu harakat natijasida ko‗rsatuvlar solishtirilib, ular o‗rtasidagi
ziddiyatlar bartaraf etilishi mumkin.
Tergovchi tomonidan yuzlashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarga ta‘sir qilish
darajasini pasaytirish maqsadida, agar ushbu shaxslar o‗zlarining avvalgi
ko‗rsatuvlaridan bosh tortgan bo‗lsalar ularning ilgari bergan ko‗rsatuvlari
tergovchi tomonidan o‗qib eshittirilishi mumkin. Tergovchi yuzlashtirishda ham
bayonnomada qayd etilgan ilgarigi ko‗rsatuvlarini o‗qib eshttirishi yoki ularning
ovozli yozuvlarini (fonogrammasini) to‗liq yoki qisman o‗qib eshittirishi mumkin.
YUzlashtirishda ayblanuvchi va gumon qilinuvchi yolg‗on ko‗rsatuv bergani
uchun javobgarlikka tortilmaydi. Guvoh va jabrlanuvchi yolg‗on ko‗rsatuv bergani
uchun javobgarlikka tortiladi.
Agar yuzlashtirishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ko‗rsatuv berishni rad
etsalar, avvalgi so‗roqlardagi ko‗rsatuvlarni oshkor qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
YUzlashtirish natijalari har xil bo‗lishi mumkin:
1)
har bir ishtirokchi o‗z ko‗rsatuvlarini tasdiqlashi;
2)
oldin yolg‗on ko‗rsatuvlar bergan shaxs ularni o‗zgartirishi va to‗liq yoki
qisman to‗g‗ri ko‗rsatuvlar berishi;
3)
oldin to‗g‗ri ko‗rsatuvlar bergan shaxs endi yolg‗on ko‗rsatuv berishi;
4)
yuzlashtirish ishtirokchilaridan biri ko‗rsatuv berishdan bosh tortishi;
5)
ikkala ishtirokchi ham ko‗rsatuv berishdan bosh tortishi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, yuzlashtirishning har qanday natijasi ham
ko‗rsatuvlardagi qarama–qarshiliklarning bartaraf etilishiga olib keladi, bu esa
yangi dalillar to‗plash bo‗yicha protsessual faoliyatda samara beradi.
YUzlashtirishning butun jarayoni bayonnomaga kiritiladi. Bayonnomadagi
yozuvlar ko‗rsatuvlar berilgan tartibni aks ettirishi kerak (JPK, 124-modda).
Bayonnomada quyidagilar, ya‘ni: yuzlashtirish qaerda, qachon, qanday muddat
ichida, kim tomonidan olib borilganligi kim yuzlashtirishda so‗roq qilinuvchi
sifatida ishtirok etganligi, agar yuzlashtirish qatnashchilari guvohlar yoki
jabrlanuvchilar bo‗lsa, ularni yolg‗on ko‗rsatuv berishlari yoki ko‗rsatuv berishdan
bosh tortish masalalari bo‗yicha ogohlantirilganligi qayd etiladi. YUzlashtirish
o‗tkazishda ovoz yozish vositalaridan foydalanish yoki yuzlashtirish jarayonini
videoyozuvga olish maqsadga muvofiqdir.
YUzlashtirish protsessida himoyachi ham ishtirok etishi mumkin. YUzlashtirish
bayonnomasi yuzlashtirib so‗roq qilishning har bir ishtirokchisi va tergovchi
tomonidan imzolanadi. YUzlashtirib so‗roq qilingan shaxslar o‗z ko‗rsatuvlari
ostiga hamda bayonnomaning oxiriga imzo qo‗yadilar.
Voyaga etmagan shaxs ishtirokida yuzlashtirish o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul
qilayotganda tergovchi ushbu harakatning o‗ziga xosligini e‘tiborga olishi,
shuningdek, uni voyaga etmagan guvoh (jabrlanuvchi)ni so‗roq qilishni
belgilaydigan tartibga muvofiq o‗tkazishini nazardan chetda qoldirmasligi kerak.
Bu tartib so‗roqda pedagoglarning, voyaga etmaganning yaqin qarindoshlari yoki
qonuniy vakillarining ishtirokini, shuningdek, voyaga etmagan ayblanuvchi
himoyachisining tergov harakatlarida ishtirokini yuzlashtirishga nisbatan ham
tatbiq etilishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |