IIBOB. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati
II.1.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari
Tanib olish uchun ko‗rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to‗g‗risidagi ko‗rsatuvini tekshirib
ko‗rish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1)
bu ko‗rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini
aniqlash zarur bo‗lganda;
2)
surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma‘lum bo‗lgan ko‗plab shaxs yoki
narsalar orasidan ko‗rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur
bo‗lganda (JPK, 125-modda).
Tanib olish jarayoni ilgari kuzatuvda bo‗lgan ob‘ektni tanish hisoblanadi. SHu
bois insonning eslash qobiliyati jinoyat sodir bo‗lgan paytdan boshlab vaqt o‗tishi
bilan bu hodisa to‗g‗risidagi taassurotlar va ularni esda saqlash darajasi vaqt o‗tishi
bilan pasayib borishi sababli mazkur tergov harakatini tezkor o‗tkazish taktik
jihatdan to‗g‗ri hisoblanadi. Gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar,
guvohlar; shunindek, jinoyat qurollari, jasadlar va ularning qismlari, hayvonlar,
binolar va boshqa ko‗chmas ob‘ektlar tanib olish uchun taqdim etilishi, ya‘ni bular
tanib olish ob‘ektlari bo‗lishi mumkin. Tanib olishning sub‘ekti bo‗lib esa, tanib
olishni amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon
qilinuvchilar va ayblanuvchilar ham ishtirok etadi. SHuni ham unutmaslik lozimki,
tanib olish jarayonidan oldin tanib oluvchi shaxs ushbu ob‘ekt, uning belgilari
bo‗yicha to‗la ravishda, batafsil so‗roq qilinishi darkor.
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakatini o‗tkazishdan maqsad shaxsning
yoki ashyoning aynanligini aniqlashdan iborat. Ushbu aynanlikni topish tanib
oluvchi shaxsning zimmasiga yuklatiladi.Tanib olish insonning bilish jarayoni bir
ko‗rinishi hisoblanadi. Muayyan narsa yoki shaxsni tanish jarayoni psixologik
mazmuniga ko‗ra ikki turga bo‗linadi:
a) suksessiv tanish-avvalgi taassurotga ega bo‗lgan obraz belgilarini xotirada
sekinlik bilan tiklab, taqdim etilgan ob‘ekt belgilari bilan bosqichma-bosqich
solishtirish orqali tanib olish;
b) simultan tanish-muayyan shaxs yoki narsani darhol, bir ko‗rishning o‗zida tanib
olish
8
.
Suksessiv tanishda tanib oluvchi shaxs ob‘ektni solishtirishda bir qancha
qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar tanib oluvchi shaxsning tanib
8
См.: Гапанович Н. Н. Опознание в следственной и судебной практике (тактика). Минск, 1978. Б. 13.
olinishi kerak bo‗lgan narsa yoki shaxs bilan ilgarigi kam muomalada bo‗lganligi
yoki belgilarning o‗zgarishi, eskirishi, ko‗rinishining sun‘iy o‗zgartirilishi bilan
bog‗liq. SHuning uchun ham bu holda birinchi bo‗lib haqiqatan ham aynan shu
ob‘ekt tergov olib boriladigan xodisa bilan bog‗liqmi yoki yo‗qmi degan masala
hal qilinishi kerak. Agar tanib oluvchi shaxsga taqdim etiladigan ob‘ekt belgilari
bo‗yicha yaxshi tanish bo‗lsa, bunday suksessiv tanib olish o‗tkazilmaydi.
Masalan, tanib oluvchi bilan ko‗p vaqtdan buyon yaqin munosabatlarda bo‗lgan
kishini (oila a‘zolari, do‗stlari, uzoq qarindoshlari, qo‗shnilari va h.k.) tashqi
ko‗rinishi bo‗yicha tanib olishga yoki tanib oluvchi shaxsga o‗zining noyob
belgilari (raqam, dog‗, esdalik yozuv va b.) orqali tanish bo‗lgan buyumlarni
taqdim etish noo‗rindir. Bu holda suksessiv emas, balki simultan tanib olish
o‗rinlidir.
Simultan tanish bilan bog‗liq bo‗lgan tanib olish bevosita boshqa maqsad —
marhumning shaxsini aniqlash yoki tanib olinadigan ob‘ekt bilan tanib oluvchining
tanishligi tasdiqlovchi ma‘lumotning rostligini tekshirishni ko‗zlaydi. SHu uslub
orqali tanib oluvchi bilan tanishligini rad etuvchi shaxs taqdim etilishi mumkin
9
.
Ba‘zi mualliflar tomonidan bu hollarda tanib olishni o‗tkazishning qonuniyliligi
rad etiladi
10
. Bunday fikr tarafdorlari tanib olishning o‗rniga yuzlashtirish o‗tkazish
kifoya deyishadi. SHunga qaramasdan, bizning nazarimizda, ba‘zi hollarda
yuzlashtirishning imkoniyatlari quyidagi masalalarni echishga etarli emasdir, ya‘ni
so‗roq qilinadigan shaxslar haqiqatdan ham o‗zaro tanishmi yoki o‗zini
tanishtirgan shaxs haqiqatan ham o‗sha shaxsmi yoki yo‗qmi. SHaxsan, o‗zaro
tanishligini tasdiqlovchi shaxsning gaplari qanchalik rostligini aniqlashning iloji
yo‗q.
Jinoyat protsessida bir shaxs o‗rtasida bir ob‘ekt yoki bir shaxsni tanib olish uchun
qayta, qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakatini o‗tkazish man
etilgan. Qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatishni o‗tkazishning man etilishi tanib
oluvchi tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan shaxsni yoki ob‘ektni balki birinchi bor
tanib olish uchun ko‗rsatilganda eslab qolish ehtimoli bilan bog‗liq. SHu bilan
birga shaxs tomonidan ob‘ektning yoki shaxsning faqat bitta belgisi orqali eslab
qolganligi bois, tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati o‗tkazilgandan so‗ng,
qaytadan o‗tkazishga ehtiyoj tug‗ilishi mumkin. Tanib olishni o‗tkazishning
maxsus shartlari sifatida tanib oluvchi shaxsni qay hollarda ob‘ekt unga taassurot
qoldirganligi va qaysi belgilari orqali tanib olishi mumkinligi yuzasidan
9
См.: КочаровГ. И. Опознание на предварительном следствии. М., 1955. Б. 9.
10
Гапанович Н. Н. Ўша ерда. Б. 14
o‗tkaziladigan so‗roq qilish xizmat qiladi. Aks holda tanib olish isbot kuchiga ega
bo‗lmaydi.
SHaxs bitta ob‘ektni har xil belgilar orqali tanib olishi mumkin. SHaxs ob‘ekt va
shaxsning bir belgiga ko‗ra tanib olmagan bo‗lsa, uni boshqa belgisiga ko‗ra qayta
tanib olish uchun ko‗rsatish mumkin. Biroq birinchi marotaba o‗tkazilgan tanib
olish uchun ko‗rsatish tergov harakatida tanib oluvchi ―tanib olish uchun
ko‗rsatilayotgan shaxs‖ haqida hech qanday ma‘lumotni olmasligi choralari
ko‗rilishi kerak. Aks holda birinchi tanib olish uchun ko‗rsatishda ob‘ektning
belgilarini eslab qolinishi va ikkinchi marotaba o‗tkazilayotgan tanib olish uchun
ko‗rsatilayotganda ishning xolisligiga putur etkazishi mumkin. Masalan, dastlab
shaxsning fotosurati orqali tanib olish uchun ko‗rsatish keyinchalik uning yurish
(qadam qo‗yish) xususiyatlari bilan tanib olish uchun ko‗rsatishni rad etmaydi.
Qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatish dastlab JPKning talab-larini buzgan holda
o‗tkazilgan bo‗lsa yoki protsessual shakldan tashqari amalga oshirilgan bo‗lsa ham
takroran yoki qo‗shimcha o‗tkazilmaydi. (masalan, shaxsni tezkor-qidiruv chora-
larida tanib olish uchun ko‗rsatilganda).
Tanib olish uchun qo‗rsatishni o‗tkazish uchun asos-bu isbotlash uchun zaruriyat
bo‗lib, unda ilgari taassurot qoldirgan ob‘ektni tanib olishga taqdim qilingan
ob‘ekt taqqoslanadi. Agar ob‘ekt isbotlashning boshqa uslub yoki vositalar orqali
aniqlanadigan bo‗lsa, tanib olish uchun ko‗rsatishni o‗tkazishning zarurati yo‗q.
Mazkur tergov harakatida tanib oluvchi sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon
qilinuvchi va ayblanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Guvoh va jabrlanuvchi
tanib olishdan oldin ko‗rsatuv berishdan bosh tortish va yolg‗on ko‗rsatuv
berishlari uchun javobgarlikka tortilishlari to‗g‗risida ogohlantiriladilar. YUqorida
ko‗rsatilgan shaxslar tanib olinuvchilar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin.
Tanib olish nafaqat ko‗rish sezgi organi yordamida, balki boshqa hissiyot organlari
orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan eshitish, ushlash orqali (ko‗zi
ojizlar ob‘ektni ushlash orqali tanib olishi mumkin. Bu esa, keyinchalik tergov
eksperiment o‗tkazish orqali ham isbotlanishi mumkin). SHu bilan birga, tanib
olish garchand shubhali bo‗lsa-da, hidlash orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Hidlash orqali tanib olish uchun ko‗rsatishni «odorologik ekspertiza»dan, shu
jumladan xizmat itlaridan foydalanib o‗tkaziladigan tanib olishdan farqlash lozim.
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati faqat shaxs (odam) ishtirokida uning
shaxsiy sezgi organlari orqali o‗tkaziladi.
YUqoridagilardan tashqari, tanib olish video va audio yozuvlar orqali ham
o‗kazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |