Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
saydullo

Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari.
 
Jinoyat-protsessual kodeksi tanib olishni o‗tkazishning quyidagi tartibini 
belgilaydi. 
Tanib oluvchi tanib olishi lozim bo‗lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, 
xususiyatlari to‗g‗risida oldindan so‗roq qilinishi lozim (JPK, 126-modda). Voyaga 
etmagan shaxsni so‗roq qilishda zaruriy ravishda o‗qituvchi (pedagog) ishtirok 
etishi shart. Bu harakatning o‗tkazilishi tanib olish uchun taqdim etishning 
maqsadga muvofiqligi haqida to‗g‗ri qaror qabul qilishga, bu harakatning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, kerakli natijalar olinishiga va keyinchalik 
ularga to‗g‗ri baho berishga yordam beradi. Tanib oluvchining so‗rog‗i unga 
nisbatan sodir etilgan jinoyatdan so‗ng o‗tkazilsa va natijali bo‗lmagan taqdirda, 
uni qayta so‗roq qilish maqsadga muvofiqdir. 
Tanib oluvchi shaxsga tanib olish uchun ob‘ektni ko‗rsatishdan avval 
o‗tkaziladigan so‗roq davomida tanib oluvchi tanib olinishi kerak bo‗lgan ob‘ektni 
qaerda, qachon, qanday holatlarda, qancha vaqt davomida, qanday ob-havoda, 
qanday yorug‗likda, qanday masofada kuzatgani, uning belgilari va bu belgilarning 
o‗ziga xos xususiyatlari aniqlanishi kerak. 
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati tanib olish ob‘ektiga ko‗ra quyidagi 
turlarga bo‗linadi: 
1.
 SHaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish.
 
SHaxsni tanib olish uchun ko‗rsatish 
tergov amaliyotida keng qo‗llaniladigan tergov harakati hisoblanadi. Mazkur 
tergov harakatida tanib olinuvchi sifatida faqat tirik odam bo‗ladi. SHaxsni tanib 
olish uchun ko‗rsatish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasida 
belgilangan. SHaxslarni tanib olish boshqa turdagi tanib olishlarga nisbatan 
murakkabroqdir. Tanib olinuvchi shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan 
ishga aloqasi bo‗lmagan, tashqi belgilari bilan o‗ziga o‗xshaydigan shaxslar guruhi 
orasida xolislar huzurida ko‗rsatiladi. Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni tanib 
olish uchun ko‗rsatishda tanib olinuvchilar statistlar deb ham ataladilar. 
Tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam 
bo‗lmasligi kerak. 
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan 
tanib olish uchun ko‗rsatiladigan o‗zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi 
lozim. 
Statistlar tanib oluvchiga tanish bo‗lmasliklari lozim. Tanib olishda xolislarning 
ishtirok etishi shart. 


Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‗rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan 
joyni egallash taklif qilinadi. 
So‗ng tanib oluvchi chaqirtiriladi. Albatta, tanib oluvchini chaqirtirish tartibi har 
xil shubhalardan mustasno bo‗lishi kerak. Tanib oluvchini chaqirtirish usuli, 
albatta, bayonnomada aks ettirilishi kerak. So‗ng tanib oluvchi kim to‗g‗risida 
ko‗rsatuv bergan bo‗lsa o‗sha shaxsni ko‗rsatishi lozim. SHu bilan birga, qaysi 
belgilar orqali taniganligini tushuntirib o‗tishi lozim. 
Tanib olishda yuzaga kelgan shubhalar va ehtimollar bartaraf etilmasa, 
ayblanuvchi xisobiga hal etiladi va ushbu tergov harakatining bayonnomasining 
nomaqbul deb topilishiga olib keladi. 
Jinoyat protsessi nazariyasi tirik shaxslarni tanib olish tergov harakatning ikki 
maxsus turi ajratilib ko‗rsatiladi. Ular alohida belgilarga ega bo‗lib tanib oluvchini 
tanib olinuvchiga ko‗rsatuvslik sharoitida o‗tkaziladigan tanib olish va qarshi tanib 
olishlardir. 
SHaxsni tanib olish tergov harakatining bu turlari bizning protsessual amaliyotda 
deyarli qo‗llanilmay, xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessiga xos hisoblanadi. 
Qarshi tanib olish o‗tkazilganda avval biri ikkinchisini tanib oladi, so‗ng tanib 
olingan shaxs oldin tanib oluvchi bo‗lgan shaxsni tanib oladi. Masalan, 
ayblanuvchi jabrlanuvchini so‗ngra jabrlanuvchi ayblanuvchi tanib oladi. Qarshi 
tanib olish uchun ko‗rsatishning muhim shartlaridan biri bir – birini tanib 
olayotgan shaxslar tanib olayotganda ko‗rinmaydigan sharoitida bo‗lishlari kerak. 
Qarshi tanib olish mohiyatiga ko‗ra ikkita alohida orqama-orqa o‗tkaziladigan 
tergov harakatlaridan iborat bo‗ladi. 
Tanib oluvchini tanib olinuvchiga ko‗rsatuvslik sharoitida o‗tkaziladigan tanib 
olish ko‗plab xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasida ham tergov 
amaliyotida keng qo‗llaniladi. 
Bu turdagi tanib olishga asos tanib oluvchining xavfsizligini ta‘minlashdan iborat. 
Bunday tanib olishning to‗g‗ri o‗tkazilganligini nazorat qilish uchun xolislar tanib 
oluvchi bilan birga bo‗lishadi. Ular bilan birgalikda ushbu tergov harakatida 
ishtirok etuvchi himoyachi ham hozir bo‗lishi shart. Texnik tomondan bunday 
tanib olish bir tomoni ko‗rinmas bo‗lgan oyna, texnik vosita (videokamera) yoki 
tanib oluvchi turgan joyni qorong‗ulashtirib tanib olinuvchi turgan joyni esa kuchli 
yorug‗lantirish orqali amalga oshirilishi mumkin. 


O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiliga binoan shaxsni tanib 
olish uchun ko‗rsatishning iloji bo‗lmaganda yoxud xavfsizlikni ta‘minlash 
maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. 
Tanib olish uchun jadval qog‗ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va 
raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari 
ko‗rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‗rsatiladi. 
SHunga o‗xshash amaliyotda videoyozuv orqali tanib olish ham qo‗llanilishi 
mumkin, chunki u ob‘ektning belgilarini aniqroq taqdim etadi (namoyon etadi). 
Taqdim etilgan fotosuratlar va videoyozuvlar tanib olish bayonnomasiga ilova 
qilinadi. 
2
. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish.
Ko‗char narsalarni tanib olish 
uchun ko‗rsatish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
128-moddasida belgilangan. 
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin 
bo‗lgan narsalar, narsalarning bo‗lagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi bo‗lmagan 
boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‗rsatiladi. 
Tanib oluvchi so‗roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, 
xususiyatlari bo‗yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. 
Tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi chi, tergovchi 
tomonidan xolislar huzurida belgilanadi. 
Turdosh ob‘ektlar orasidan tanib olish to‗g‗risidagi qoida murdani tanib olishda 
qo‗llanilmaydi. Murdani tanib olishda statistlar ishtirok etmaydi. Bu holda faqat 
murdaning o‗zigina taqdim etiladi. 
Predmetni tanib olish kamida uchta nafar turdosh predmetlar bilan birgalikda 
o‗tkaziladi. Bunda tanib olinadigan predmet boshqalaridan yaqqol ajralmasligi 
kerak (masalan qon izlari bilan). 
3.
 Ko‘chmas ob’ektni tanib olish uchun ko‘rsatish.
Ko‗chmas ob‘ektni tanib olish 
uchun ko‗rsatish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat–protsessual kodeksining 
129-moddasida belgilangan. 
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, 
binodagi alohida xona yoki boshqa ko‗chmas ob‘ekt nomini aytib va tasvirlab 
bersa-da, biroq uning joylashgan o‗rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan 
ob‘ektga borish yo‗lini ko‗rsatishga istak bildirsa, unga shu ob‘ektni ko‗rsatishiga 
imkon beriladi. 


Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi 
bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko‗rsatish 
ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko‗rsatuvi bo‗yicha yura 
boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko‗rsatishning boshqa 
ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo‗nalish aytib qo‗yilishining oldini olish 
choralari ko‗rilishi lozim. 
Jinoyat-protsessual amaliyotda shunday hollar mavjudki, bunda tanib olish tergov 
harakati rad etiladi, ya‘ni tanib olish o‗tkazilmasligi kerak. Bunga misol tariqasida 
shuni keltirish mumkin-ki, agar tanib oluvchi va tanib olinuvchi so‗roq paytida bir-
birlarini yaxshi bilishi va tanish ekanliklarini inkor etmasa, ular o‗rtasida tanib 
olish harakati o‗tkazilmaydi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish