tergov harakatlarini o‗tkazishda esa ushbu normalar
birga tergov harakatini sud
tomonidan o‗kazilishiga doir normalar ham amal qiladi.
Tergov harakatlariga bag‗ishlangan normalarni uch guruhga ajratib ko‗rsatish
mumkin:
1)
tergov harakatlarini o‗tkazish hollarini tartibga soluvchi normalar;
2)
tergov harakatlari protsessual tartibini belgilab beruvchi normalar;
3)
tergov harakatlari o‗tkazishni tasvirlovchi normalar.
Mana shu uch guruhdagi normalar tergov harakatlarini amalga
oshirishning
protsessual shaklini belgilab beradi.
Tergov harakatlari protsessual shaklining birinchi elementi ularni o‗tkazishning
shartlari hisoblanadi. Ular umumiy va maxsus shartlardan iborat.
Tergov harakatlari o‘tkazishning umumiy shartlari
.
Tergov harakatlari
o‗tkazishning umumiy shartlari asosan quyidagilar:
a) Jinoyat ishi qo‗zg‗atilgan bo‗lishi kerak (hodisa sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan
kechirish, ekspertiza bundan mustasno (JPK, 329 – modda, 2-qism).
b) tergov harakatini o‗tkazishga vakolatli sub‘ektning mavjud bo‗lishi (monesiz
ishtirok etadigan va qonunda belgilangan tartibda ishni o‗z
yurituviga qabul qilgan
shaxs);
v) tergov harakatining o‗tkazilish vaqti va joyi.
Tergov harakatini o‗tkazish joyi, ya‘ni, tergov qilish joyi hududiy jihatdan
tergovga tegishlilik (JPK, 346-modda) bilan aniqlanadi. Zarur hollarda tergov
harakatlari boshqa
joylarda, tergovchining shaxsan o‗zi borishi yoki alohida
topshiriq berishi bilan amalga oshiriladi.
Tergov harakatlari tungi vaqtda, ya‘ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha
tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning
oldini olish, jinoyat izi yo‗qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga
yo‗l qo‗ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini
qaytadan tiklash zarurati bo‗lgan hollar bundan mustasno (JPKning 88 moddasi 2-
qismi 3-bandi).
Tergov harakatlarini o‘tkazishning maxsus shartlari
. Tergov harakatlarini
o‗tkazishning maxsus shartlari deganda muayyan holatda
zaruriy tergov harakatini
to‗g‗ri tanlashga yo‗l qo‗yadigan maxsus shart-sharoitlar nazarda tutiladi.
Ular sirasiga eng avvalo, tergov harakati o‗tkazish uchun asoslar: aynan shu
harakatlar yordamida muayyan dalil turini olish zarurati to‗g‗risida ma‘lumot (fikr)
ning mavjudligi hisoblanadi. Asos sifatida aniq ma‘lumotlar, ba‘zi hollarda
rahbar
shaxsning ko‗rsatuvlari bo‗lishi mumkin (Misol uchun muayyan tergov harakatini
o‗tkazish to‗g‗risida tergovchi yoki surishtiruvchiga prokurorning bergan
ko‗rsatuvsi).
Tergov harakatining asoslarini noto‗g‗ri aniqlash tergov harakatlarini noqonuniy
ravishda birining o‗rnini ikkinchisi bilan almashtirishga sabab bo‗ladi. Amaliyotda
guvohlantirish o‗rnida
yuzlashtirish, ekspertiza o‗rnida tergov eksperimenti,
eksperiment o‗rnida esa, ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda
tekshirish
tergov harakatlari o‗tkazilganligi va shunga o‗xshash noxush holatlarni uchratish
mumkin. Bu holatlarda tergov harakatlari asossiz o‗tkazilgan hisoblanadi va
ularning natijalari o‗zining daliliy kuchini yo‗qotadi.
Tergov harakatlarining maxsus shartlariga, shuningdek, ular ishtirokchilarining
doirasiga va ularning huquqiy maqomiga e‘lon qilinadigan talablarni ham kiritish
mumkin. Ular
Do'stlaringiz bilan baham: