Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatining



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
saydullo

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatining 
jarayonini va natijalarini qayd qilish.
 
Ko‗rsatuvlar hodisa sodir bo‗lgan joyda 
tekshirilgani haqida surishtiruvchi yoki tergovchi Jinoyat-protsessual kodeksining 
90-92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud 
esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi (JPK, 
134-modda). 
Ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish bayonnomasi ushbu tergov 
harakatini qayd etish bo‗yicha asosiy hujjat hisoblanib, u kirish, tavsif va 
yakunlovchi qismlarga bo‗linadi. 
Bayonnomaning yakunlovchi qismida quyidagilar qayd etilishi kerak: agar tergov 
harakati video vositalariga olingan bo‗lsa, bayonnomada videotasma namoyish 
qilinganligi to‗g‗risida tasdiqlangan belgi bo‗lishi kerak (tasdiqlash tergov haraka-
tida ishtirok etgan barcha qatnashchilarning imzolarini tegishli belgi tagida qayd 
etilishidir), agar fonogramma eshittirilgan bo‗lsa, buning belgisi ham tergov 
harakati qatnashchilari tomonidan bayonnomada tasdiqlanadi; bayonnomaga 
videogramma; fonogramma, shuningdek har xil chizmalar ilova qilinganligi 
belgilanib, tasdiqlanadi; tergov harakati jarayonida olingan izlar, ashyoviy dalillar, 
namunalarning ro‗yxati keltiriladi va tasdiqlanadi hamda bu ob‘ektlar nimaga 
o‗ralgani qayd etiladi; tergov harakati qatnashchilari qanday ariza va e‘tirozlar, 
shikoyatlar berganliklari bayonnomada qayd etiladi va bayonnoma tergov 
harakatini to‗liq va aniq aks etganligi qatnashchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi 
(bayonnomaning har bir sahifasi ham shu qatnashchilarning imzolari bilan 
tasdiqlanishi kerak). 
Jinoyat belgilari mavjud bo‗lganda, jinoyat va jinoyatchi haqidagi xabarlarni
ma‘lumotlarni olish uchun doimo dastlabki tergov mantiqan izlarni, ashyolarni, 
hodisa joyini o‗rganish va qayd etishdan boshlanadi. SHu sababli jinoyat ishi 


ko‗zg‗atilishidan oldin, yo‗l qo‗yiladigan tergov harakatlaridan biri bo‗lib hodisa 
joyini ko‗zdan kechirish hisoblanadi. 
Kriminalistikaga oid adabiyotlarda ko‗zdan kechirish tergov harakatiga turlicha 
ta‘rif beriladi. Berilgan ta‘riflarni berilgan vaqtiga qarab guruhlarga ajratilsa, 
dastabki ta‘riflar ko‗zdan kechirish tergov harakatining vazifalaridan kelib 
chiqqanligining guvohi bo‗lamiz. Dastlab yuridik adabiyotlarda ko‗zdan kechirish 
jinoyat izlarini aniqlash, hodisa sodir bo‗lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli 
bo‗lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida, o‗tkazilishi to‗g‗risida 
gapirilsa-da, ammo uning mohiyati to‗g‗risida to‗xtalib o‗tilmasdi. 
Ko‗zdan kechirish, bu-o‗ziga xos tergov harakatini, uni boshqa tergov harakati 
bilan almashtirish mumkin emas. Tergov jarayonida ba‘zi sabablarga ko‗ra (misol 
uchun, protsessda qatnashuvchi shaxslar hayoti va salomatligiga xavf 
tug‗dirmaslik maqsadida), so‗roq yoki tergov eksperimenti o‗tkazishning iloji 
bo‗lmaydi va bu xollarda ularning o‗rniga boshqa tergov harakati o‗tkaziladi, ya‘ni 
ular boshqa chora-tadbirlar bilan almashtiriladi. Ammo ko‗zdan kechirish harakati 
natijasida olingan ma‘lumotlarni (izlar, ashyoviy dalillar va hokazo) boshqa tergov 
harakatini to‗ldira olmaydi. SHu sababli ko‗zdan kechirish aksariyat jinoyat ishlari 
bo‗yicha dastlabki va kechiktirib bo‗lmaydigan muhim protsessual harakatdir. 
Ko‗zdan kechirishning to‗liq va har tomonlama o‗tkazilishi hodisa joyi xolatini 
to‗liq tekshirish, birorta ham ashyoviy dalillarning nazardan chetda qolmasligi va 
bayonnomada qayd etilishini taqozo qiladi. 
O‗z navbatida hodisa joyini ko‗zdan kechirishning to‗la va har tomonlama 
o‗tkazilishi quyidagilar bilan ta‘minlanadi: 
Ko‗zdan kechirishning to‗g‗ri tashkil etilishi, ko‗zdan kechirish ishtirokchilari 
o‗rtasida ish faoliyatini to‗g‗ri taqsimlanishi hamda barcha harakatlarning tuzilgan 
rejaga asosan o‗tkazilishi; 
Ko‗zdan kechirish harakatiga faqat tergovchi boshchilik qilishi; 
Kriminalistik vositalar va uslublarning to‗g‗ri qo‗llanilishi; 
Tergovchi va boshqa jalb qilingan mutaxassis ishtirokchilarda kasbiy tajriba va 
bilimlarning etarliligi; 
Tergov harakatini o‗tkazish oldidan sodir bo‗lgan hodisa manzarasini amaliy 
harakatlarga nisbatan solishtirish qobiliyati
11

11
.Эсонов М. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш. –Т.: Ўзбекистон,1997. Б.4. 


Ko‗pchilik jinoyat ishlari bo‗yicha hodisa joyini ko‗zdan kechirish dastlabki tergov 
yo‗nalishini belgilab beruvchi birinchi navbatdagi kechiktirib bo‗lmas, tergov 
harakati hisoblanadi. 
Ko‗pincha, hodisa joyi xolatini ko‗zdan kechirish uchun tergovchiga murakkab 
vaziyatlarda maslahatlar beruvchi mutaxassis shaxslar jalb etiladi. Nihoyat ko‗zdan 
kechirish jarayoni tergovchidan juda katta aqliy mehnat, vaziyatni tahlil qila olish 
va to‗g‗ri xulosa chiqara olishni talab etadi. 
Ma‘lum bir, bevosita hodisa sodir etilgan va ko‗zdan kechirilish lozim bo‗lgan joy-
hodisa sodir bo‗lgan joy deb topiladi. Odatda, bunday hodisa deganda, ma‘lum bir 
jinoyat (qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish va hokazo) tushuniladi, Lekin 
"hodisa" tushunchasini "jinoyat" tushunchasidan kengroq deb qarash lozim, chunki 
hodisa o‗z ichiga o‗z-o‗zini o‗ldirish va baxtsiz hodisani ham qamrab oladi. 
Ma‘lumki, tergov amaliyotida odam murdasi topilganligi fakti hodisa sifatida 
qaraladi. SHuning uchun ham murda topilgan joy (o‗sha odam qaerda 
o‗lganligidan qat‘iy nazar) har doim-hodisa sodir etilgan joy deb xisoblanadi. 
Ko‗zdan kechirish jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‗lgan 
vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‗lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish 
maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning hodisa sodir bo‗lgan joyni, 
murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‗zdan 
kechirishdan iborat bo‗lgan tergov harakatidir (JPK, 135-modda). 
Ko‗zdan kechirishning maqsadi ish bo‗yicha ahamiyatli haqiqiy ma‘lumotlarni 
aniqlash va mustahkamlashdir. Ko‗zdan kechirishda haqiqiy ma‘lumotlarni 
aniqlash ko‗zdan kechirilayotgan ob‘ektlarda aks etgan sodir etilgan jinoyat 
holatlarini ko‗zdan kechirish ishtirokchilarining (tergovchi va xolislarning) 
bevosita idrok qilishi orqali amalga oshiriladi. 
Odam badanini ko‗zdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza o‗tkazish 
qoidalariga asoslangan holda (JPK, 142-147 va 172-187-moddalar) amalga 
oshiriladi. Pochta-telegraf jo‗natmalarini ko‗zdan kechirish JPKning 167-
moddasida nazarda tutilgan tartibda o‗tkaziladi. 
Narsalarni olib qo‗yish va tintuv o‗tkazish chog‗ida topilgan narsa va hujjatlar shu 
tergov harakatlarini o‗tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda 
ko‗zdan kechirilishi lozim (JPK, 135-modda). 
Ko‗zdan kechirishda qatnashishga ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, 
guvoh jalb qilinishi mumkin. Ko‗rsatilgan shaxslarning ko‗zdan kechirishda 
qatnashishi ko‗p hollarda ish uchun ahamiyati bo‗lgan yangi holatlarni aniqlashda 


yordam beradi (masalan, xonadonga o‗g‗rilikka tushganlik yuzasidan ko‗zdan 
kechirishda jabrlanuvchi hodisa sodir bo‗lgan joydan topgan muayyan narsa 
xonadonda yashovchilarning hech biriga tegishli emasligini ko‗rsatadi). 
Ko‗rsatilgan shaxslarning ko‗zdan kechirishda qatnashishi ular oldin bergan 
ko‗rsatuvlarini ko‗zdan kechirish borasida aniqlangan ma‘lumotlar bilan solishtirib 
tekshirish va aniqlash imkonini beradi. 
Jinoyat-protsessual qonunga muvofiq ko‗zdan kechirishning quyidagi turlari 
farqlanadi: hodisa sodir bo‗lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrof va 
binolarni, narsa va hujjatlarni ko‗zdan kechirish (JPK, 135, 137, 138, 139,140-
moddalar). 
Hodisa sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirish eng muhim va mas‘uliyatli harakat 
hisoblanadi, shuningdek, u yuqorida ko‗rsatilgan ko‗zdan kechirishning deyarli 
hamma turlarini o‗z ichiga oladi. Pochta-telegraf jo‗natmalarini ko‗zdan kechirish 
bundan mustas-nodir. 
Ko‗zdan kechirishda tergovchi quyidagi umumiy taktik qoidalarga rioya qilishi 
maqsadga muvofiq bo‗ladi: 
1

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish