Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
saydullo

Huquq va majburiyatlarni tushuntirish. 
So‗roq qilinuvchining shaxsi 
aniqlanganidan keyin unga (ushbu kodeksda mavjud) huquq va majburiyatlari 
tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi ham so‗roq 
bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi (O‗zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 100-modda). So‗roq qilishda, umuman 
istalgan tergov harakatida ishtirok etayotgan fuqarolarning, necha marta ishtirok 
etishidan qat‘i nazar jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquq va majburiyatlari 
tushuntirilishi shart. Bu qoidaga rasmiyatchilik uchun amal qilmasdan, so‗roq 
qilinuvchining kim sifatida so‗roq qilinishidan kelib chiqib (guvoh, jabrlanuvchi, 
gumon qilinuvchi v.h.), uning huquq va majburiyatlari mazkur shaxsning huquqiy 
ongi darajasida tushunarli tarzda yoritib berilishi kerak. 
Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish. 
So‗roq qilinuvchiga ishning unga 
ma‘lum bo‗lgan holatlari to‗g‗risida so‗zlab berish taklif qilinmog‗i lozim. So‗roq 
qilinuvchi erkin so‗zlab berganidan keyin uning ko‗rsatuvlarini to‗ldirish va 
aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin (O‗zbekiston Respublikasi 


Jinoyat-protsessual kodeksi 101-modda). So‗roq qilinuvchi tomonidan o‗ziga 
ma‘lum holatlar xususida erkin so‗zlab berishi birinchidan, ish yuzasidan 
aniqlanishi lozim bo‗lgan holatlarni isbot qilish uchun muhim bo‗lsa, boshqa 
tomondan mazkur shaxsning bo‗lib o‗tgan holatlarni xotirada qayta tiklash 
tasodifiy xatolarning oldini olish uchun ahamiyatlidir. Har qanday shaxsni sud 
majlisida yoki undan tashqarida so‗roq qilishda mazkur qoidaga rioya qilinadi. 
Shaxs erkin so‗zlab bo‗lganidan keyin, holat yuzasidan savollar berilishiga yo‗l 
qo‗yiladi. Agar erkin so‗zlab berish jarayonida so‗roq qilinuvchi ishga taalluqli 
bo‗lmagan ma‘lumotlarni so‗zlashda davom etsa, so‗roq qiluvchi vaqtni samarali 
tejash maqsadida uni to‗xtatib tegishli ish uchun ahamiyatli holatlarga to‗xtalishni 
va savollarga javob berishni talab qilishga haqli. So‗roq qilinuvchining 
ko‗rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma‘lumotlarga 
taalluqli bo‗lsa, u so‗roq jarayonida o‗zidagi yoki ishga qo‗shib qo‗yilgan 
hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So‗roq qilinuvchiga 
so‗roq qilish jarayonida o‗zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‗qib eshittirishga 
ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‗roq qilinuvchidan 
so‗roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab 
qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‗shib qo‗yishi mumkin 
(O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 103-modda). 
So‗roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi uchun 
sharoitlar yaratib berilishi kerak. Biroq, ushbu huquqdan foydalanish so‗roq 
qilinuvchi so‗roq paytida oldindan tayyorlab qo‗yilgan ko‗rsatuv (ishlab chiqilgan) 
matnga aylanmasligi kerak. Agar zarurat tug‗ilsa, masalan sud jarayonida so‗roq 
qilinuvchining yozuvlardan foydalanishi ishni oshkora ko‗rilishi va dalillarni 
bevosita va og‗zaki usulda tekshirish prinsiplarini buzadigan bo‗lsa, bu yozuvlarni 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud olib qo‗yadi va bu haqda tegishli 
bayonnomaga yozuv kiritadi. Ko‗rsatuvlarning haqqoniyligini tekshirish uchun 
xotirada saqlab qolinishi mumkin bo‗lgan ma‘lumotlar xususida tegishli hujjat 
yoki yozuvlar olib qo‗ygan holda ham savollar berilishi mumkin. 
So‗roq qilinuvchining ilgarigi so‗roqlarda bergan ko‗rsatuvlarini o‗qib eshittirish. 
Jinoyat protsessining va dalillarga baho berishning prinsiplaridan biri dalillarni 
bevosita va og‗zaki usulda tekshirish hisoblanadi. Unga ko‗ra, ilgari so‗roq 
qilinganligidan qat‘i nazar dalil sifatida ma‘lumotni qabul qilish yoki tekshirish 
uchun mazkur ma‘lumotga ega shaxs (uni ma‘lum qilgan shaxs) bevosita (og‗zaki) 
so‗roq qilinishi lozim. Biroq shaxs ko‗rsatuv berishdan bosh tortgan hollarda, 
shuningdek hozirgi va ilgarigi so‗roqlarda berilgan ko‗rsatuvlar o‗rtasida jiddiy 
qarama-qarshiliklar bo‗lganda yoki tergov va suddan yashiringan vaziyatlarda ish 


yuritilayotganda, uning ilgari bergan ko‗rsatuvlari bayonnnomalashtirilgan bo‗lsa, 
u o‗qib eshittirilishi mumkin. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish