1) ko‗rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma‘lum, surishtiruvchi, tergovchi va
sudga esa noma‘lum bo‗lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish;
2) shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida
topilgan narsalar, hujjatlar,
izlar qaerda bo‗lganligini ko‗rsatib berishi;
3) bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‗g‗risida bergan ko‗rsatuvlaridagi
o‗xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo‗lgan joy yoki
yo‗nalishni shaxs ko‗rsatib berishi;
4) holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‗lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash
orqali ko‗rsatuvlarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligini aniqlash.
Ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish faol harakat bilan sodir
etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda keng qo‗llaniladi. Ko‗rib chiqilayotgan
tergov harakatining o‗ziga xos xususiyati shundaki, ko‗rsatuvlari tekshirilayotgan
va aniqlanayotgan shaxslar oldin bergan ko‗rsatuvlarini o‗zlari ko‗rsatgan
muayyan joyda qaytaradilar. Bu esa ko‗rsatuvlarni haqiqiy holat bilan darhol
solishtirish imkonini beradi.
Hodisa sodir bo‗lgan joyda ko‗rsatuvlar ish uchun ahamiyati bo‗lgan hodisa ro‗y
bergan joyga
nisbatan, hodisa ishtirokchilari harakatlari yoki boshqa holatlarga
nisbatan tekshirilishi mumkin. Ushbu tergov harakatining natijasi nafaqat muayyan
shaxslarning ko‗rsatuvlarini tekshirish va
aniqlash, balki yangi dalillar olish
hisoblanadi. Ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda
tekshirish borasida
ko‗rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs ish bo‗yicha qandaydir ashyoviy dalillar
topishga yordam bergan taqdirda yangi dalillar olish mumkin bo‗ladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‗rsatuvlarini hodisa sodir
bo‗lgan joyda tekshirish natijalari -bu shaxslarning muayyan hodisalar
haqida
bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina dalil
kuchiga ega bo‗ladi.
Qonun ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki
tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida o‗tkazilishini, basharti bu tergov
harakatini sud o‗tkazayotgan bo‗lsa, taraflarning ishtirokida o‗tkazilishini talab
qiladi. Zarur hollarda hodisa sodir bo‗lgan joyda ko‗rsatuvlarni tekshirishga
mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin (JPK, 133-modda).
Bulardan tashqari ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda
tekshirish tergov
harakatining xususiyatlarga ega:
1) Bir vaqtning o‗zida bir necha shaxsning ko‗rsatuvlarini hodisa sodir bo‗lgan
joyda tekshirish. Ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish yakka
tartibda o‗tkaziladi.
2) Faqat gumon qilinuvchi (sudlanuvchi), ayblanuvchi, guvoh-larning ko‗rsatuvlari
hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirilishi mumkin.
3) Surishtiruv va dastlabki tergovda ko‗rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs va ikki
nafar xolislarning, sudda esa ko‗rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs va taraflarning
ishtirok etishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: