Ko‘zdan kechirish tergov harakatining turlari.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish.
Hodisa sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirishdan asosiy maqsad
hodisaning kelib chiqish holatini bevosita ko‗rish bilan mavjud iz, ashyoviy
dalillarni topishdan iborat
YUridik adabiyotlarda I.N.YAkimov, V.I.Gromov, P.I.Tarasov-Radionov,
A.I.Vinberg kabi olimlar tomonidan hodisa joyini ko‗zdan kechirish tushunchasiga
berilgan bir qancha ilmiy ta‘riflarni uchratish mumkin. Professor A.I.Vinberg
bergan ta‘rifi alohida e‘tiborga molikdir: ―hodisa sodir etilgan joyni ko‗zdan
kechirish,-deydi u,-hodisaning mexanizmini o‗rganishga, jinoyatchilik
faoliyatining izlarini aniqlash, saqlash va keyinchalik o‗rganish uchun qayd etishga
hamda sodir etilgan hodisa holatlarini aniqlash maqsadida turli ob‘ektlar,
predmetlar, hujjatlar va boshqa ish uchun ahamiyatli bo‗lgan dalillarning qayd
etilishiga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi
12
. Hodisa joyini ko‗zdan kechirish
tushunchasi o‗z ichiga jinoyatning izlari, ashyoviy dalillarni topish va to‗g‗riligini
isbotlash, jinoyat motivi va mexanizmini aniqlash, ko‗zdan kechirish
ma‘lumotlarini ―issiq izlar‖ bo‗yicha qidiruv o‗tkazish uchun foydalanishga
qaratilgan kompleks tergov va qidiruv tadbirlarini qamrab oladi.
12
Матышев А.А. ―Осмотр труппа на месте его обнаружения‖, изд. "Лань", С. - Петербург, 1994. Б. 43.
A.I. Vinbergning fikricha hodisa sodir etilgan joyni ko‗zdan kechirish, bu-ish
uchun ahamiyatli bo‗lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan va kechiktirib
bo‗lmaydigan tergov harakati bo‗lib hisoblanadi. U o‗z ichiga sodir etilgan
hodisaning xarakteri, jinoyatchilar shaxsi, jinoyat motivlarini aniqlash maqsadida
amalga oshiriladigan hodisa joyining holatini o‗rganishi, har xil izlar va boshqa
ashyoviy dalillarni topish, qayd etish va qo‗lga kiritish kabi harakatlarni qamrab
oladi
13
.
Tadqiq etilayotgan hodisada jinoyat tarkibi bor yoki yo‗qligini mumkin qadar
aniqlashga imkon beradigan haqiqiy ma‘lumotlarni topish va mustahkamlash,
shuningdek tadqiq etilayotgan hodisa holatlari va uning ishtirokchilari haqida
taxminlar qilish va ularni tekshirish uchun hodisaning holatini to‗laligicha hamda
uning ayrim ob‘ektlarini bevosita tadqiq etishdan iboratdir. Hodisa sodir bo‗lgan
joyni ko‗zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning
izlari borligi haqida ma‘lumotlar bo‗lgan taqdirda o‗tkaziladi (JPKning 137-m.).
Ko‗zdan kechirish natijalarining isbotlovchi ahamiyati ko‗p jihatdan uning o‗z
vaqtida o‗tkazilganligi darajasiga bog‗liqdir.
Hodisa joyini ko‗zdan kechirishning asosiy prinsiplaridan uning o‗z vaqtida va
atroflicha, batafsil o‗tkazilishini alohida ajratib ko‗rsatish lozimki, ular mumkin
qadar maksimal axborot to‗plashni ta‘min etadi. O‗z vaqtida, to‗la va to‗g‗ri
ko‗zdan kechirish yordamida quyidagilarni aniqlash mumkin:
•
Sodir etilgan hodisaning mazmuni;
•
Sodir etilish joyi va vaqti;
•
Hodisada qatnashgan shaxslar soni;
•
Jinoyatning motiv va maqsadi;
•
Jinoyatning sodir etish turi;
•
Jinoyat sodir etilishiga ta‘sir etgan shart-sharoitlar;
•
Hodisa joyida jinoyatchilarning xatti-harakatlari, kelish va ketish yo‗llari;
•
Jinoiy harakat nimaga qaratilganligi;
•
O‗lgan shaxsning jismoniy va ruhiy holati;
•
Jabrlanuvchining o‗limidan oldingi harakatlari;
13
Винберг А.И. ―Криминалистика‖ 1950 й. Б.3.
YUqorida ko‗rsatilgan masalalar faqat tergovchi tomonidan ko‗zdan kechirish
yakunida ko‗zdan kechirish oldiga qo‗yilgan tub savollarga javob olingandan
keyingina echilishi mumkin. Ushbu savollar sonini kriminalistlar turlicha belgilay-
dilar.
Agarda avvalgi kriminalistika darsliklariga nazar tashlasak, ularda biz ko‗zdan
kechirish jarayonida echilishi lozim bo‗lgan 7 ta savol keltirilganligining guvohi
bo‗lamiz. Ushbu savollarni ilgari surgan mualliflar qadimgi Rim yuristlarining sud
protsesslari uchun ishlab chiqqan formulasiga asoslangan edilar. Haqiqatan ham,
qadimgi Rim yuristlarining: nima?, -kim?, -qaerda?, -qachon?, -nima uchun?, -
qanday?, -nima bilan? kabi savollarini rad etish mumkin emas
14
.
Sodir etilgan jinoyat haqida xabar olgach, basharti uning ochilishi hodisa sodir
bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirishni talab qilsa, tergovchi (surishtiruvchi) zudlik
bilan hodisa sodir bo‗lgan joyga borishi va uni ko‗zdan kechirishni amalga oshiri-
shi kerak. Bu hol tergov harakatining aynan kechiktirib bo‗lmasligi sababli, hodisa
sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirishni keyinga qoldirish mumkin bo‗lmagan
hollarda jinoyat ishi qo‗zg‗atilmasdan oldin o‗tkazishga yo‗l qo‗yiladi. Bunday
vaziyatlarda ko‗zdan kechirishdan keyin ko‗pi bilan 72 soat ichida, istisno hollarda
esa o‗n kun davomida jinoyat ishini qo‗zg‗atish yoki uning qo‗zg‗atilishini rad
etish haqida qaror chiqarilishi kerak.
Hodisa sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirish ishdan manfaatdor bo‗lmagan
fuqarolarni jalb qilgan holda, albatta xolislarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Agar ko‗zdan kechirish hududida davlat sirini o‗z ichiga olgan ma‘lumotlar
aniqlanishi mumkin bo‗lsa, bunday xolislar sifatida o‗z mashg‗ulot turi yoki
xizmat faoliyati bo‗yicha bunday ma‘lumotlardan foydalanishga ruxsati bo‗lgan
shaxslar taklif qilinadi.
Ko‗zdan kechirish boshlanishidan oldin tergovchi xolislarga ularning huquq va
majburiyatlarini tushuntirishi kerak. Ko‗zdan kechirish o‗tkazilganda tergovchi
xolislarning e‘tiborini ishni tergov qilishda ahamiyatli bo‗lgan barcha holatlarga
qaratadi. O‗z navbatida xolislar ham tergovchining e‘tiborini o‗zlarining fikriga
ko‗ra ish uchun ahamiyatli bo‗lishi mumkin bo‗lgan u yoki bu faktlarga qaratishga
haqlidir. Zarurat tug‗ilganda kelgusi tergov qilish yoki sud muhokamasi borasida
xolislar ko‗zdan kechirish natijasida ularga ma‘lum bo‗lgan holatlar yuzasidan
guvohlar sifatida so‗roq qilinishlari mumkin.
14
Попов В.И. Осмотр место происшествия. Алма Ата, 1957., Б.10.
Agar jinoyat ishi ko‗rilayotgan vaqtda ko‗zdan kechirishga zarurat tug‗ilsa, sud bu
haqda ajrim chiqaradi va ko‗zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‗tkazadi
(JPKning 136-m.).
Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ko‗zdan kechirish chog‗ida
o‗lchov o‗tkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, video-yozuvga tushiradi, rejalar,
sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni
bajarishda yordam berish uchun ko‗zdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi
mumkin.
Hodisa sodir bo‗lgan joyni ko‗zdan kechirish chog‗ida mutaxassis ko‗zdan
kechirishda paydo bo‗ladigan u yoki bu masalalarda tergovchiga maslahat beradi,
shuningdek izlarni topish va qayd etishda, ulardan qoliplar va nusxalar olishda,
hodisa sodir bo‗lgan joyni fotosuratga tushirishda, reja va chizmalar tuzishda
texnik yordam ko‗rsatadi. Ko‗zdan kechirishning quyidagi turlarini amalga
oshirishda malakali mutaxassislarni taklif etishga alohida e‘tibor berish lozim:
maxfiy joylarni aniqlash maqsadida narsalarni ko‗zdan kechirish, maxfiy
yozuvlarni aniqlash maqsadida hujjatlarni ko‗zdan kechirish, fotoplyonkani
ko‗zdan kechirish va hokazo. Ayrim hollarda ko‗zdan kechirishda qatnashayotgan
mutaxassislar jinoiy maqsadlarni amalga oshirishga mo‗ljallangan maxfiy
moslamalarni aniqlashga yordam beradilar.
Katta hudud va binolarni ko‗zdan kechirish bir nechta surishtiruvchi yoki
tergovchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ular har birining
harakati kamida ikki nafar xolis ishtirokida o‗tkazilishi kerak.
Hodisa sodir bo‗lgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar o‗raladi va
muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin
surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko‗rishi lozim (JPKning
137-m.).
Ko‗p hollarda hodisa joyini ko‗zdan kechirish natijalari asosida jinoyatning
yasamaligi yoki jinoyat tarkibining mavjud emasligi yoxud jinoyat izlari bo‗yicha
muvofaqiyatli qidiruv ishlari olib borish borasida xulosalar chiqariladi. Biz hodisa
joyini ko‗zdan kechirishda foydalanadigan bilish yoki tekshirish o‗tkazishning
uslublari, ushbu tergov harakatining tashkiliy, nazariy va amaliy muammolariga
to‗xtalmaymiz. Biz bu erda ko‗zdan kechirish natijalari bo‗yicha tusmollarni
shakllantirish va bo‗lib o‗tgan voqea kartinasini tiklash, ko‗zdan kechirish bilan bir
vaqtda amalga oshirish lozim bo‗lgan boshqa tergov va tezkor-qidiruv chora-
tadbirlari, ularning o‗tkazish natijasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish,
shuningdek hodisa joyini ko‗zdan kechirishning huquqiy tartibga solish bilan
bog‗liq muammolar to‗g‗risida to‗xtalib o‗tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |