Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Tergov harakatlarining turlari va tizimi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
saydullo

Tergov harakatlarining turlari va tizimi
. Tergov harakatlari turli mezonlarga 
ko‗ra tavsiflanadi. 
Tergov harakatlarini tasniflash S.A. SHeyfer tomonidan tadqiq qilinib, tergov 
harakatlarini bilish usuli, ma‘lumotni olish usuli va obe‘ktlarni namoyon bo‗lish 
murakkabligiga ko‗ra turlarga bo‗linadi
2

Tergov harakatlari bilish usuliga ko‗ra: 
2
Шейфер С.А. Следственные действия. Система и процессуальная форма. М.: 2001. 73 - 88 - бетлар. 


1)
so‗rov shaklidagi tergov harakatlari; 
2)
kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari; 
3)
kuzatuv va so‗rov shaklidagi tergov harakatlariga bo‗linadi. 
So‗rov shaklidagi tergov harakatlarida shaxsda dalil bo‗la oladigan ma‘lumotlar 
muloqot yoki so‗zlashuv (so‗rash) yo‗li bilan olinadi. Bunga misol qilib so‗roq 
qilish, yuzlashtirish tergov harakatlarini ko‗rsatish mumkin. 
Kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari muayyan ob‘ekt yoki jarayonning tashqi 
belgilarini yoki ulardagi o‗zgarishlarni ko‗zatish orqali o‗tkaziladi. Misol 
tariqasida guvohlantirish, olib qo‗yish, eksperiment tergov harakatlarini ko‗rsatish 
mumkin. 
Kuzatuv va so‗rov shaklidagi tergov harakatlari bir vaqtda bilishning ikkala usuli: 
ham kuzatuv, ham so‗rov bilan o‗tkaziladigan tergov harakatlari hisoblanadi. 
Bunga ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish misol bo‗ladi. 
Bilish usullari jinoyat izlariga bog‗liq va ular tergov harakatlarining protsessual 
shakliga sezilarli ta‘sir etadi. Masalan, kuzatuv usuli qo‗llaniladigan vaqtda 
xolislarning ishtiroki ob‘ektivlik garovi sifatida talab qilinadi. 
Ma‘lumotni olish usuliga ko‗ra tergov harakatlari: 
1) ma‘lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlari; 
2) yashirin ma‘lumotlarni maxsus mutaxassislar yordamida, ya‘ni bilvosita olishga 
asoslangan tergov harakatlariga bo‗linadi. 
Ma‘lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlarida tergovchi (yoki 
tergov harakatini o‗tkazayotgan boshqa shaxs) ma‘lumotlarni shaxsan o‗zi bevosita 
qabul qiladi va qayd qiladi. 
YAshirin axborotni mutaxassislar yordamida bilvosita olishga asoslangan tergov 
harakatlarida dalil sifatida olinadigan ma‘lumotni olish uchun maxsus bilim talab 
qilinadi. Ekspertiza tayinlanishi lozim bo‗lgan hollarda, faqatgina ekspertiza orqali 
dalillar olinadi. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikning mazmuniga ko‗ra 
ekspertiza tayinlanishi lozim bo‗ladigan holatlarda tergovchining tadqiqotni 
o‗tkazish va ma‘lumotni olish qobiliyati borligidan qat‘i nazar ekspertiza 
tayinlanishi shart. 
Tergov harakatlarining fanda mazkur mezon asosida tasniflanishi tartibi, 
ma‘lumotni olish usuliga ko‗ra bir–biriga o‗xshash tergov harakatlarining qanday 


holatda o‗tkazilishini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun bir holat yuzasidan 
tergov eksperimenti yo guvohlantirish o‗tkazish yoki ekspertiza tayinlash 
kerakmi?-degan savollarga ma‘lumotni olish usuliga ko‗ra tergov harakatlari 
turlarga ajratish orqali javob olish mumkin. CHunki mazkur tasniflash yuqorida 
sanab o‗tilgan tergov harakatlari o‗tkaziladigan holatlarning chegarasini belgilab 
beradi. 
Ob‘ektlarining murakkabligiga ko‗ra tergov harakatlari ikki guruhga bo‗linadi. 
Bular: 
1) bir ob‘ektga qaratilgan tergov harakatlari; 
2) bir necha ob‘ektga qaratilgan tergov harakatlari. 
Bir ob‘ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma‘lumot manbasi bo‗lib bitta ob‘ekt 
xizmat qiladi va bir mazmundagi harakatlar amalga oshiriladi. Misol uchun so‗roq 
qilishda bir shaxs so‗roq qilinadi. Ko‗zdan kechirishda faqat kuzatilib, ma‘lumotlar 
olinadi. Tintuv va olib qo‗yishda esa daliliy ashyolar topiladi. 
Bir necha ob‘ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma‘lumot manbalari yoki olish 
usullari bir nechta bo‗ladi. YUzlashtirish tergov harakatida ma‘lumot manbasi 
sifatida ikki shaxsning ko‗rsatuvlari taqqoslanadi. Ko‗rsatuvlarni hodisa joyida 
tekshirishda ham shaxs so‗roq qilingan bo‗ladi, ham uning ko‗rsatuvlari ob‘ektiv 
holat bilan tekshiriladi. 
Tergov harakatlari o‗zining maqsadiga ko‗ra: 
1) dalillarni to‗plashga qaratilgan tergov harakatlari; 
2) dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlariga bo‗linadi. 
Dalillarni to‗plashga qaratilgan tergov harakatlarida hali o‗rganilmagan ob‘ekt 
xususida ma‘lumot olinadi. So‗roq qilish (takroran, qo‗shimcha va qayta so‗roq 
qilishlar bundan mustasno), olib qo‗yish, tintuv va b. 
Dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlarida oldin tergov harakatlari orqali 
boshqa bir tergov harakatida yig‗ilgan dalilning haqiqiy holatga mos kelishi 
tekshiriladi. Bular yuzlashtirish, eksperiment o‗tkazish, tanib olish uchun 
ko‗rsatish tergov harakatlaridir. SHuning uchun bunday tergov harakatlarini 
amalga oshirishdan oldin dastlabki kerakli dalillarni to‗plash zarur bo‗ladi. 
Bulardan tashqari, fanda tergov harakatlarini tasniflashda ularni o‗tkazish paytiga 
ko‗ra (boshqa protsessual harakatlarga nisbatan) kechiktirib bo‗lmaydigan tergov 
harakatlari turi ajratilib ko‗rsatiladi. 


Jinoyat protsessi nazariyasida ―kechiktirib bo‗lmaydigan tergov harakati‖ 
tushunchasi ko‗plab ilmiy tortishuvlarga sabab bo‗ladi. CHunki olimlar bunday 
tergov harakatlarini turli xil talqin qilib, ularga mansub tergov harakatlarini o‗z 
nuqtai nazarlaridan kelib chiqib belgilaydilar. 
Ayrim olimlar ―kechiktirib bo‗lmaydigan tergov harakat-lari‖ni kriminalistik 
tushuncha deb bilib, jinoyat tergov qilish taktikasiga ko‗ra jinoyat hali sovumagan 
izlaridan dalillarni olish va mustahkamlashga qaratilgan harakatlarning zaruriy 
birlamchilarini, ya‘ni kechiktirilmagan holda (agar tezkorlik bilan olib borilmasa, 
dalillarning yo‗qolishi, soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin) o‗tkaziladigan 
tergov harakatlarini tushunadilar
3

Boshqa olimlar esa kechiktirib bo‗lmaydigan tergov harakat-larini jinoyat-
protsessual tushuncha deb ta‘kidlab, jinoyat ishini qo‗zg‗atish vaqtiga nisbatan, 
qolaversa jinoyat – protsessual qonunchiligida aynan ―kechiktirib bo‗lmaydigan 
tergov harakatlari‖ sifatida ko‗rsatilgan tergov harakatlarini ko‗rsatadilar
4

YAna bir guruh protsessualist olimlar ―kechiktirib bo‗lmaydigan tergov 
harakatlari‖ning ikki jihatini ko‗rsatib, uni ham kriminalistik, ham jinoyat-
protsessual tushuncha deb hisoblaydilar
5

O‗zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat–protsessual kodeksida kechiktirib 
bo‗lmaydigan tergov harakatlarining ro‗yxati va hajmi haqida so‗z yuritilmagan. 
Jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshiradigan surishtiruvchi yoki tergovchi o‗z 
ish yurituvidagi jinoyat ishining murakkabligidan va jinoyatning kriminalistik 
guruhga mansubligi va uning boshqa tarkibiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha 
tergov harakatlari orasidan ―kechiktirib bo‗lmaydigan‖larini o‗zi tanlab oladi. 
SHuning uchun ham, bizningcha, qonun chiqaruvchi kechiktirib bo‗lmaydigan 
tergov harakatlarining ro‗yxatini qat‘iy belgilamasdan to‗g‗ri qilgan. CHunki 
muayyan hodisa yuzasidan aynan qaysi tergov harakatlari kechiktirib 
bo‗lmaydigan tergov harakatlari bo‗lishini oldindan belgilashning imkoni yo‗q. 
3
Масалан: ўзбек тилида чоп этилган Жиноят процесси (махсус қисм) дарслигида шу мазмундаги фикрни 
кўриш мумкин. (Қаранг: Жиноят процесси (махсус қисм) доц.Иноғомжонованинг умумий таҳрири остида Т: 
«Янги аср авлоди» 2003 й., 22 - бет.). Бир гуруҳ рус олимлари томонидан чоп этилган адабиѐтларда шундай 
фикрни кузатиш мумкин: (қаранг: «Уголовно - Процессуальное право Российской Федерации» под общей 
ред. проф., заслуженного, деятеля науки Российской Федерации П.А Лупинской (издание второе, 
переработанное и дополненное) Изд.Юристь:, М:, 1997й., 250 бет.; «Уголовно - Процессуальное право 
Российской Федерации» под общей ред., проф., заслуженного, деятеля науки Российской Федерации П.А 
Лупинской (издание третье, переработанное и дополненное) Изд.Юристь:, М:, 1998й., 285 - 286 бетлар..) 
4
Мисол учун А.К. Гаврилов кечиктириб бўлмайдиган тергов ҳаракатларининг махсус жиноят - процессуал 
институти мавжуд дейди. (Қаранг: Гаврилов А.К. «Раскрытие преступлений на предварительном 
следствии»1983й., 96 - бет.). 
5
Н.П. Яблоков ушбу тушунчани иккала маънода ҳам қўлланилиши мумкинлигини таъкидлайди. (Қаранг: 
Яблоков Н.П. Проблемы расследования и предупреждения преступлений в области охраны труда и техники 
безопасности. Автореф. докт. дисс. М., 1972 й., 20 - бет.) 


Tergov harakatlari tizimi xususida jinoyat-protsessual nazariyasida hali hanuz 
munozaralar va yanglish fikrlar mavjud. Ayrim holda tergov harakatlari sirasiga 
gumon qilinuvchini ushlab turish, mulkni xatlash kabilarni kiritsa, boshqa bir 
hollarda masalan: telefon va boshqa so‗zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 
so‗zlashuvlarni eshitib turish tergov harakatlariga kiritilmaydi
6

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda quyidagi tergov harakatlari 
mavjud: 
1)
so‗roq qilish; 
2)
yuzlashtirish; 
3)
tanib olish uchun ko‗rsatish; 
4)
ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish; 
5)
olib qo‗yish; 
6)
tintuv; 
7)
ko‗zdan kechirish; 
8)
guvohlantirish; 
9)
murdani eksgumatsiya qilish; 
10)
eksperiment o‗tkazish; 
11)
ekspertiza tadqiqotlari o‗tkazish uchun namunalar olish; 
12)
ekspertiza va taftish tayinlash
13)
taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; 
14)
telefon va boshqa so‗zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan 
so‗zlashuvlarni eshitib turish yo‗li bilan to‗planadi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish