PEDAGOGIKA
2017, 3-son
75
o‘quvchilarning o‘qiyotgan faniga bo‘lgan qiziqishi, ehtiyoji ortadi;
o‘quvchilarning har xil tabaqadagi (gomogen, geterogen) kichik
guruhlarda ishlashiga imkon yaratiladi.
Differensiallashtirilgan ta’limda har bir o‘quvchining
shaxsiy xususiyati,
qobiliyati, qiziqishi va ehtiyojlari hisobga olinadi.
O‘quvchi topshiriqlarni bajarishda aqliy faoliyat usullaridan taqqoslash,
tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish,
xulosa yasash operatsiyalari,
shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini egallashi, fan
asoslarini chuqur o‘zlashtirishi va ijodiy faoliyat tajribalarini egallashi nazarda
tutiladi. O‘quvchining bu xususiyatlari o‘qitish jarayonida differensiallashtirish
va individuallashtirish texnologiyasini qo‘llash natijasida tarkib topadi.
O‘quvchilarning o‘quv materialini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga ta’sir
qiluvchi asosiy omillardan biri muammoni o‘rganish
metodikasining fikrlashdagi
empirik va nazariy rivojlanishga adekvatligi hisoblanadi. Nazariy fikrlashning
rivojlanganlik darajasi materialni bayon qilishda qat’iylikning optimal darajasini
belgilaydi. Bu moslikning buzilishi ham o‘qitish natijalariga, ham o‘quvchilar
fikrlashining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Taniqli pedagog olimlar V. P.
Bespalko, L. B. Itelson va boshqalarning
tadqiqotlarida bir tizimga keltirilmagan, uzilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar yomon
o‘zlashtirishlari, yomon eslab qolishlari va tezda unutib yuborishlari asoslab berilgan.
V. P.
Bespalko yozganidek, ta’lim jarayonini boshqarishning muhim xarakteristikasi
sochilgan, tarqoq yoki maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar bo‘lishi mumkin. Sochilgan
axborotlar ta’lim jarayonida o‘qituvchidan yoki o‘qitishning texnik vositalaridan
o‘quvchilarga ularning axborotni qabul qilish imkoniyatlari hisobga olinmay
yo‘naltirilgan bo‘ladi
1
. Ma’lumki, didaktikada ta’lim jarayonida har bir o‘quvchiga
individual
yondashuv
tamoyili ishlab chiqilgan, unga amal qilish kerakligini esa
unutmaslik lozim. Bu
muammoni hal qilish uchun ta’lim jarayonida sochilgan-tarqoq
axborot jarayonlaridan yo‘naltirilgan axborot jarayonlariga o‘tish zarurligini qayd
etamiz. Agar o‘quvchilarda nazariy fikrlash past darajada shakllangan bo‘lsa, u holda
material bilan dastlabki tanishuvni minimal darajadagi qat’iylikdan boshlash kerak.
Undan keyingina materialni yuqoriroq darajadagi qat’iylikda qarab chiqishga o‘tish
mumkin. Bunday yondashuv,
bir tomondan, materialni bayon qilishda o‘quvchida
mavjud bo‘lgan fikrlash xususiyatlariga e’tibor berish imkonini beradi, qolaversa, u
bolaning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Taklif qilinayotgan metodikaning to‘g‘riligini va maqsadga muvofiqligini taniqli
psixolog V. V. Davidovning “O‘qitishning butun sistemasini bolalarda empirik
fikrlashni shakllantirishdan ularda zamonaviy ilmiy-nazariy
fikrlashni rivojlantirishga
1
Do'stlaringiz bilan baham: