PEDAGOGIKA
2017, 3-son
77
Matematika o‘qituvchisi o‘quvchilarning imkoniyat, qobiliyat va ehtiyojlaridan
kelib chiqib, berishi mumkin bo‘lgan nazariy bilimlar hajmi va mazmunini aniq
tasavvur qilishi kerak.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalar zanjiri mazmunga chuqur kirib borishni
ta’minlovchi, muayyan mavzu uchun bazis tushunchalar, ularning xossalari va ulardan
kelib chiqadigan natijalarni o‘zida jamlovchi masalalar tizimidir
1
.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalar o‘rganilayotgan nazariy materialni
tabaqalashtirishning asosiy turi hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini
oshirish, bilimlarini chuqurlashtirish, ijodiy tadqiqotchilik ishlari va bo‘lajak kasbini
tanlashga jalb qilishga qaratilgan turli xil masalalarni yеchish matematika o‘qitish
mazmunini tabaqalashtirishning muhim usullaridan biri sanaladi. Bo‘lajak o‘qituvchi
darslikni o‘qib chiqib, bu zanjirni darrov ko‘ra oladi hamda
uzluksiz tabaqalashtirish
g‘oyalarini ham hisobga ola biladi, deb bo‘lmaydi. Bunday zanjirlarni egallash
o‘quvchining qiziqishlari va iqtidorini anglatsa, o‘qituvchining bunday zanjirlarni
egallaganligi uning savodxonlik darajasini bildiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan matematik masalalarning
asosiy vazifasi o‘quvchilar ongini rivojlantirish va matematik bilimlarning asosini
mustahkam egallash hamda ulardan o‘quv amaliyotida ongli foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat, shuning uchun masala mazmunini tanlashda,
avvalo, dasturga mos masalalarni va uni yеchishda zarur bo‘ladigan nazariy materialni
tanlab olish kerak.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalarni ajratib olishda bunday masalalarning
ikki turi haqida aytib o‘tish zarur bo‘ladi. Bular asosiy materialni o‘rganish bilan
parallel yеchilishi mumkin bo‘lgan birinchi tur masalalar, bularni yеchish uchun
qo‘shimcha nazariy ma’lumot yoki yangi metodlarni kiritish shart emas.
Ikkinchi tur
masalalarga sinfda o‘rganiladigan nazariy material bilan parallel
yеchilishi mumkin bo‘lmagan masalalar kiradi, chunki ularni yеchish uchun
qo‘shimcha nazariy material yoki yangi metodlar kerak bo‘ladi.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalarning birinchi turi ikkita kichik tur
masalalardan iborat bo‘lib, birinchi tur masalalar darsda o‘tiladigan nazariy materialni
o‘rganishda asos bo‘ladigan masalalar hisoblanib, ular o‘quv qo‘llanma va darsliklarda
yaqqol ajratib ko‘rsatiladi hamda bunday masalalar o‘quvchilarning nazariy
materialni o‘rganishlari uchun zarurdir. Ikkinchi tur masalalar shunday yangi
axborotlarni saqlovchi masalalarki, ularni egallamay turib, birinchi turga kiritilgan
masalalarni yеchish mumkin emas.
Masalalarning ikkinchi turi o‘rganiladigan nazariy materialga yaqin. Bu yеrdagi
cheklashlar subyektiv bo‘lib, bunday masalalarning natijalari yangi o‘quv materialini
1
Do'stlaringiz bilan baham: