PEDAGOGIKA
2017, 3-son
80
zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
uchun yetuk kadrlar
tayyorlash, shaxsni kamol toptirish, ularning qalbida milliy istiqlol g‘oyasi,
Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish, ma’naviy-ma’rifiy, umumbashariy
insoniy qadriyatlar, zamonaviy talablar va harbiy an’analar
ruhida tarbiyalash
masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, harbiy
ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning bosh maqsadi ham
milliy armiyamizni ma’naviy-axloqiy, ruhiy va professional tayyorgarligi yuqori
darajada bo‘lgan, mustahkam iroda va salohiyatga ega bo‘lgan
harbiy kadrlar
bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Bunday kadrlarni yetkazib berish oliy harbiy
bilim yurtlari o‘qituvchilari zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa bo‘lib, bu o‘quv
jarayonlarining qanday tashkil etilishi va olib borilishi, erishilayotgan ta’limiy
natijalarning qanchalik kafolatlanganligi bilan belgilanadi. Harbiy bilim yurtlarida
tabiiy-ilmiy fanlar qatorida, oliy matematikaning o‘qitilishi,
keng qamrovli
harbiy kadrni tayyorlashga yordam berishi avvaldan isbotlangan. Bu esa ta’lim
beruvchi oldiga matematikaning har bir mavzusining tatbiqiy jihatlarini ochib
berish, ya’ni fanni yo‘nalish talablaridan kelib chiqib o‘qitish, qisqa vaqt ichida
kursantlarning yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish, amaliy faoliyatlari uchun zarur
ko‘nikmalarni hosil qilish kabi dolzarb muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday
vazifani hal etish o‘quv jarayoni xarakterini zamon talablari darajasiga yetkazish,
o‘qitishning yangi interfaol usullarini qo‘llash bilan birga fanlararo bog‘lanish,
kasbga yo‘naltirilganlik jihatlarni inobatga olishni taqozo etadi.
Harbiy soha bevosita texnikaga bog‘liq sohalardan biri bo‘lib, har qanday
harbiy-texnik va amaliy masalalarni hal etish matematika
fanining tatbiqisiz
amalga oshmaydi. Demak, armiyani boshqarish, harbiy texnikani boshqarish
kabi harbiy sohaning muhim yo‘nalishlarini yetarlicha egallash uchun ofitserlar
doimiy ravishda matematik bilimlarini kengaytirib borishlariga to‘g‘ri keladi, bu
bilan ularning
matematik mushohadalari, ilmiy-ijodiy fikrlashi, muhandislik va
qo‘mondonlik qobiliyati, muhim harbiy vaziyatlarni
baholashda eng maqbul
(optimal) qarorlarni tanlay olish ko‘nikmasi rivojlantirib boriladi.
Harbiy sohada ham qo‘shinlarni boshqarish, marsh va to‘qnashuv janglari,
ta’minot hamda shtab ishlarini rejalashtirish, boshqa jarayonlarni o‘rganish,
tahlil qilishda matematika metodlari muvaffaqiyatli qo‘llab kelingan va bu
jarayon davom etmoqda.
Harbiy sohada matematik metodlarni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari:
ilmiy asoslangan qarorlar va rejalar ishlab chiqish,
ularni jangovar
harakatlarda amalga oshirish;
qo‘shinlarni boshqarish tizimi va jarayonlarini bosqichma-bosqich
o‘rganish, tahlil qilish va uni takomillashtirish;