OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА
OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
NАVOIY KON-METАLLURGIYA KOMBINАTI
NАVOIY DАVLАT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO-MEXАNIKА FAKULTETI
«ELEKTR ENERGETIKАSI» kafedrasi
«KELISHILGAN»
Navoiy davlat konchilik instituti
Elektr energetikasi kafedrasi
mudiri________N.O.Ataullayev
«____» _________2022 y
|
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-mexanika fakulteti
dekani _______A.I.Qarshibayev
«____»___________2022 y.
|
“Vodorod energetikasi” to’garagi
N I Z O M I
Navoiy - 2022 y.
Energo-mexanika fakulteti, Elektr energetikasi
kafedrasining
VODOROD ENERGETIKASI toʼgaragi nizomi
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Navoiy davlat konchilik instituti (bundan keyin «Institut») «Energo- mexanika» fakulteti qoshidagi «Vodorod energetikasi” to‘garagini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichidagi talablardan kelib chiqib, sohalarga zamon talabiga mos, yuzaga kelgan muammolarni oqilona bartaraf eta oladigan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan malakali kadrlar tayyorlash hamda elektr energetikasi va boshqa sohalar bilan integrasiyani rivojlantirish, ilm va fan yutuqlarini ishlab chiqarishda tadbiq etish maqsadida tashkil etadi.
1.2. «To‘garak» – Elektr energetikasi sohasi mutaxassislarini qiziqtiruvchi, ularning bilimini zamonaviy va ilg‘or fikr hamda ma’lumotlar bilan boyituvchi, turli suhbatlarni, zukkolik uchrashuvlarini uyushtiruvchi, iqtidorli, intiluvchan va zukko, ayniqsa tadqiqotchi va izlanuvchan yoshlarning yuksalishiga hamroh bo‘luvchi ixtiyoriy uyushgan mutaxassislar, magistrantlar va talabalar maskanidir.
1.3. To‘garakning maqsadi – Elektr energetikasidagi sohalar, korxonalar uchun yetuk, barkamol va zamon talabiga mos malakali mutaxassis kadrlar yetishtirishga ko‘maklashish, xo‘jalik shartnomalari asosida buyurtmali ishlarni bajarib daromadlar olish.
To’garak maqsadiga erishishda xalqimiz milliy qadriyatlarini o‘rganish va targ‘ibot qilish asnosida uni yuksalishiga xizmat qilish, ta’lim va ilm obro‘sini ko‘tarish, talabalar, magistrantlar va yosh mutaxassislarni tadqiqotchilik, tashkilotchik va rahbarlik, ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqot va izlanishlar olib boruvchilarni ma’naviy, moddiy va informasion qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslanadi.
1.4. To‘garakning Nizomi Institut Ilmiy Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. To‘garak o‘z faoliyatini Institut Nizomiga va mazkur Nizomga asosan amalga oshiradi.
1.5. To‘garak “Energo-mexanika” fakulteti “Elektr energetikasi” kafedrasi qoshida faoliyat yuritadi.
1.6. To‘garakning to‘liq nomi: o‘zbek tilida - “Vodorod energetikasi ” to‘garagi va rus tilida – to‘garak “Водородная энергия”.
1.7. To‘garak o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun fakultetning 412 xonani va zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlaydi.
1.8. To‘garakning faoliyat muddati cheklanmagan, faoliyatini to‘xtashish Institut Ilmiy Kengashi qarori bilan hal etiladi.
1.9. To‘garakni xuquqiy manzili: NDKI, 706800, Navoiy sh. G‘alaba shox ko‘chasi 27, “Elektr energetikasi” kafedrasi.
Е-mail: mard_59@mail.ru
1.10. To‘garak faoliyati va uning tashkiliy boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tashkil etiladi.
1.11. To‘garak to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash tamoyillari asosida ishlaydi, o‘z faoliyati bo‘yicha xarajatlarni mustaqil moliyalashtiradi, xodimlariga ish haqi miqdorini mustaqil belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |