Менглиев Б., Зиёдуллаева Г.
Тил таълимига компетенциявий ёндашув // Маърифат.
– Тошкент, 2014 йил 29 март, 26 сон. – Б. 8-9.
U. Butayeva
*
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, PEDAGOGIK INNOVATIKA
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
3
kompetentlik о‘ta murakkab, kо‘p qismli, barcha fanlar uchun mushtarak
bо‘lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqin va izohlari tarkibiga kо‘ra va
ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Terminning mohiyati
“samaradorlik”,
“moslashuvchanlik”,
“yutuqlilik”,
“muvaffaqiyatlilik”,
“tushunuvchanlik”, “natijalilik”, “uquvlilik”, “xossa”, “xususiyat”, “sifat”,
“miqdor”, “o‘lchov” kabi tushunchalar asosida tavsiflanmoqda. Umumiy qilib
aytganda, “Kompetentlik – aniq bir kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik xususiyatidir”
1
.
Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsiplaridan biri ekanligi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunning 3-
moddasida belgilab qо‘yilgan. Shunga muvofiq, bо‘lajak mutaxassislarga kasbiy
bilim, kо‘nikma va malakalar berish bilan birga ularni kasb-hunarga
yо‘naltirishda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, xalqqa yaxshilik qilish, tabiat va
insonga mehr-shafqatli, muruvvatli, saxovatli bо‘lish, xalq hunarmandchiligi,
milliy va kasbiy an’analar, diniy e’tiqod, odamlarning shaxsiy fikrlari va his-
tuyg‘ularini hurmat qilishni о‘rgatishdan iborat. Zero, bо‘lajak kadrni bunday
kasbiy kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar uyg‘unligi asosida tarbiyalab borish
о‘quvchini tо‘g‘ri va ongli ravishda kasb-hunarga yо‘naltirishda ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Mana shu holatda ijtimoiy va kasbiy burchni anglagan
holda kasb tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan ijtimoiy motiv
hisoblanadi
2
. Yangi asrda jamiyatning barcha sohalarini shiddat bilan qamrab
olayotgan tezkor va globallashuv jarayoni butun pedagogik jamoatchilikning
zimmasiga yangidan yangi vazifalarni yukladi. Shu sababli о‘qituvchi shaxsi va
faoliyatiga qо‘yiladigan ijtimoiy talablarning soni har qachongidan ortib
bormoqda. Ma’lumki, pedagogik faoliyat ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga
qaratilgan holda, maxsus tashkil etiluvchi va о‘qituvchi hamda о‘quvchining
о‘zaro munosabatlariga asoslanuvchi ijtimoiy faoliyat turi. Pedagogik faoliyat
samaradorligining shartlaridan biri kadrning kasbiy-pedagogik kompetensiyasi
hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida о‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi
muammosi zamonaviy talablar doirasida о‘rganib chiqilishi asosida zamona
о‘qituvchisining kasbiy, shaxsiy tayyorgarligiga nisbatan qator talablar tizimi
shakllantirilgan.
1
Хуторской А. В.
Технология проектирования ключевых и предметных компетенций.
eidos.ru
›
journal/2012/0829-05.html
.
2
Жумаев А.
Ўқитувчи шахси шаклланишининг айрим масалалари // Педагогик таълим. –
Тошкент, 2007. – № 4. – Б. 33-37.
Do'stlaringiz bilan baham: |