PEDAGOGIKA
2017, 3-son
78
o‘rganishda qo‘llaniladi. Demak, birinchi va ikkinchi tur masalalarga yangi
axborotlarni saqlovchi va matematika o‘qitishning bazaviy mazmunini tashkil qiluvchi
masalalar kiradi.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalarning uchinchi turiga turli geometrik
dalillar va ularning tatbiqlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan masalalar kiradi. Bunday
masalalarning ko‘pchiligi, aksariyat holda, o‘rganilayotgan matematika kursi bazasida
yеchilmasligi mumkin.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalarning to‘rtinchi turiga o‘quvchilar
tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan masalalar kiradi. Bunday masalalar
matematikani chuqur o‘rganadigan maktablar va sinflar uchun mo‘ljallangan.
Masalalarning beshinchi turiga o‘quvchilarga o‘rganilayotgan obyektning yangi
xossalarini namoyish etadigan masalalar kiradi, biroq bunday masalalarni berilgan
obyektni o‘rganish davomida yеchishning iloji bo‘lmasligi mumkin, chunki
o‘quvchilarda buning uchun zarur bo‘ladigan nazariy asos va metodlar
shakllantirilmagan bo‘ladi. Bunday masalalarni yеchishni zaruriy tayyorgarliklardan
keyingina o‘rgatish mumkin bo‘ladi.
Taklif etilayotgan o‘zida yangi axborotlarni saqlovchi masalalar zanjiri,
birinchidan, dastur mazmuniga va o‘quv qo‘llanmalariga mos keladi. Ikkinchidan, biz
qarab chiqqan o‘quv qo‘llanmalaridagi mashqlar tizimidan farq qiladi. Uchinchidan,
berilgan mashqlar tizimi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari geometriya kursini
o‘rganishning turli darajalarini o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bunday masalalarni tanlashda quyidagi ikkita muammoni hal qilish zarurati
paydo bo‘ladi:
metodik tayyorgarlik sifatini ta’minlovchi hamda bo‘lajak matematika
o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalar
tizimini qanday yaratish kerak?
talabalarni taklif qilinayotgan masalalarni yеchishga qanday o‘rgatish kerak?
Masalalar tizimining asosi sifatida o‘zida yangi axborotlarni saqlovchi
masalalarning qanday qismini olish kerak? Bu masalalarning besh turini ham olish
kerakmi yoki ma’lum bir qismi bilan chegaralanish yеtarlimi?
Bu o‘qituvchining o‘qitayotgan o‘quvchilariga va qaysi sinfda dars
berayotganligiga bog‘liq. Agar o‘quvchilarning bilim darajasi past bo‘lsa, u holda
birinchi tur masalalari qo‘llaniladi. Birinchi tur masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan
ma’lumotlar o‘zlashtirilgandan so‘ng ikkinchi tur masalalarni yechishga o‘tiladi va
hokazo.
Yangi axborotlarni saqlovchi masalalar zanjirini tuzishda o‘qituvchi olingan
bilimlarni tabaqalashtirish hisobiga matematik bilimlarning hajmini sezilarli
orttirmasdan turib matematikani o‘qitish mazmunini yangilash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: