Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


 YAIMni daromadlar usulida hisoblash



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

3. YAIMni daromadlar usulida hisoblash 
 
Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va 
quyidagilarga bo’linadi: 
– faqat uy xsho’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat 
evaziga olinadigan daromadlar; 
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik 
faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar. 
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu 
sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda 
tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning 
daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas. 
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar, 
o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy 
sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa 
fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga 
qo’shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlarining bir qismi bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha 
xarajatlari elementi bo’lib hisoblanadi. 
Mehnat haqining juda past ulushi, masalan, qishloq xo’jaligida, “mehnatni 
ekspluatatsiya qilish” darajasining ushbu tarmoqda katta ekanligidan dalolat 
bermaydi. Past darajadagi ulushning asosiy sababi, ushbu tarmoqda band 
bo’lganlar, odatda o’zi uchun ishlaydi va ularga oila a’zolari yordam berishadi. 
Mehnat haqi ulushi daromadlarning yollanma ish bilan bandlar foydasiga 
o’zgarishlarni to’g’ri ifodalay olmaydi. Bu, xususan, ko’pincha iqtisodiy 


223 
rivojlanish natijasida moliyaviy imkoniyatlardan foydalanib ish haqini oshirish 
o’rniga, ish vaqtini qisqartirish holatlarida uchrab turadi. 
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma 
mehnat bilan shug’ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda. 
Foyda 
tushunchasi, 
haqiqatda 
mulkdan 
daromad 
(nokorporativ 
tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda 
gap, individual mulk hisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va 
kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi. 
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin: 
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida; 
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida; 
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa 
– korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida. 
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana 
mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq 
bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va 
ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab 
chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va 
ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi. 
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan 
asosiy kapital kiritilmaydi. 
Iste’mol qilingan kapital qiymati sotib olingan vaqtdagi narxlarda emas, balki 
hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan vaqtdagi haqiqatdagi yoki hisoblangan 
narxlar va kapital tovarlar uchun ijara to’lovlaridan foydalanib hisoblanishi kerak. 
Kapital tovarlarning boshlang’ich qiymati, ya’ni dastlabki ular uchun to’langan 
narxlarning asosiy kapital iste’molini hisoblashda qo’llanilishi ba’zi noaniqliklarga 
olib kelishi mumkin. Chunki, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 
mamlakatlarda bunda kapital tovarlarning narxlari vaqt davomida tez-tez o’zgarib 
turadi. Shu sababli buxgalteriya hisoblari va soliqqa tortish bo’yicha hujjatlardagi 
amartizatsiya ajratmalar summasi bilan asosiy kapital iste’moli qiymati inflyatsiya 
darajasi yuqori bo’lgan holatlarda ancha farqlanishi mumkin. 
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga 
qisqa muddatli ijara yoki shunga o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma 
asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan summa 
tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni 
asosiy kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy 
kapital uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini 
qoplashi zarur. 
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat 
tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar 
hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va shu 
sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan 
qiymat solig’i, aktsizlar, mulk solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari. 


224 
Ochiq 
iqtisodiyot 
sharoitida 
makroiqtisodiy 
siyosatning 
asosiy 
yo’nalishlaridan biri bo’lib eksport-import operatsiyalari orqali amalga 
oshiriladigan tashqi iqtisodiy aloqalar hisoblanadi. Bunda ichki va tashqi narxlar 
variatsiyasi darajalari katta ahamiyatga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar bilan 
shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar variatsiya miqdoriga qarab yutishlari 
yoki yutqazishlari mumkin. Masalan, ma’lum mahsulot turini ishlab chiqaruvchilar 
o’z mahsulotlarini tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarga ichki 
narxlarda sotishadi. Ular esa, o’z navbatida, xorijga bu mahsulotni jahon yoki 
shartnoma narxlarida sotadilar. Boshqa tomondan, aholini qo’llab-quvvatlash 
maqsadida, davlat import mahsuloti narxining bir qismini o’z hisobidan qoplashi 
mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan eksport va import operatsiyalari orasidagi farq 
tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarning sof 
daromadi bo’lib hisoblanadi. 
Biroq bu erda gap tamoman boshqa narsa, ya’ni xorijdan olingan sof omil 
daromadlari to’g’risida ketayapti. Xorijdan olingan sof omil daromadlari MHTda 
hisoblanadigan YAIM va YAMD ko’rsatkichlari orasidagi farqdan kelib chiqadi. 
Mamlakat rezidentlari tomonidan xorijda yaratilgan omil daromadlari xorij 
mamlakatining YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. O’z navbatida, 
xorijda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo’shilmaydi, 
lekin YAMDga qo’shiladi. 
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari 
bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil 
daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish