Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

Asosiy tayanch iboralar
:
yalpi ichki mahsulot (YAIM), YAIMni hisoblash 
usullari, YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash, YAIMni daromadlar usulida 
hisoblash, YAIMni xarajatlar usulida hisoblash, jamg’arish va investitsiya 
xarajatlari, xususiy jamg’armalar, davlat jamg’arishi, tashqi dunyo jamg’arishi, 
iqtisodiy farovonlik va YAIM, oraliq iste’mol, sof ichki mahsulot,sof eksport, sof 
milliy daromad, yalpi milliy daromad (YAMD), xorijdan olingan sof omil laromad, 
egalikdagi yalpi milliy daromad, YAIM deflyatori, narxlar indeksi, iste’mol 
narxlari indeksi, nominal YAIM, real YAIM. 


228 
17-MAVZU. MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA 
DAROMAD KO’RSATKIChLARI 
 
1. Dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti 
Bozor munosabatlari amal qilayotgan iqtisodiyotda daromad kategoriyasi 
muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni ikki miqyosda ko’rib chiqish mumkin: 
makromiqyosa va mikromiqyosda. Mikromiqyosdagi daromadlar xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy jarayonlarda qatnashishi natijasida olgan 
ixtiyoriy daromadlardan iborat bo’lib, ularning hisobi buxgalteriya hisobida to’liq 
aks ettiriladi. Makromiqyosdagi daromadlar buxgalteriya hisobidagi daromadlarga 
mos kelmaydi va ularni mikromiqyosdagi daromadlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’shish 
orqali hosil qilib bo’lmaydi. 
MHT-93 da qo’llaniladigan daromad kontseptsiyasi ingliz olimi Jon Xiksning 
daromad ta’rifiga asoslanadi. Uning “Qiymt va kapital” asarida keltirilgan 
daromad ta’rifining asosiy mohiyati quyidagicha: “Ma’lum davr boshida mavjud 
bo’lgan kapitalning qiymatini davr ohirida saqlab qolgan holda iste’mol uchun 
ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha mablag’larning maksimal yig’indisi – shu 
davrda hosil bo’lgan daromaddir”. Ya’ni aholining qashshoqlashmasdan yoki 
qarzg botmagan holda iste’moli va jamg’arishi uchun sarflanadigan mablag’lardir. 
Jon Xiks nazariy tahlilga daromadning ikki kategoriyasini kiritadi, ya’ni 
kutilgan tushumlar (ex-ante) va haqiqiy tushumlar (ex-post). Uning fikriga ko’ra 
makroiqtisodiy tahlilda daromadlrning 1-kategoriyasidan foydalanish zarur, chunki 
kutilgan tushumlar real daromadlarni aks ettirib, haqiqiy tushumlar dan inflyatsiya 
va boshqa omillar natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi natijasida hosil 
bo’ladi.
Jon Xiksning daromadlar kontseptsiyasidan bir necha xulosalar kelib chiqadi.
Birinchidan, har qanday pul tushumlari daromad bo’la olmaydi. Albatta 
mahsulot sotishdan tushgan tushumning ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash 
uchun sarflangan qismini daromad deb bo’lmaydi.
J.Xiks kontseptsiyasining daromad ta’rifida faqat takror ishlab chiqariladigan 
kapiltni hisobga oladi. Biroq, daromadning shakllanishda takror ishlab 
chiqarilmaydigan kapitalni ham hisobga olish zarur (er, tabiiy resurslar va hokazo). 
Masalan, biror kishi sotilgan uyidan olingan mablag’ni bankka qo’yib, shu 
mablag’dan tushgan foiz hisobiga yashyotgan bo’lsa, uyni sotishdan olingan 
mablag’ daromab bo’la olmaydi, chunki bu holada aktivlar shaklining o’zgarishi 
sodir bo’ladi, ya’ni aktiv moddiy shakldan moliyaviy shaklga o’tadi. Bankdan 
olingan foizlar esa, aynan daromad hisoblanadi.
Agar sotilgan uydan olingan mablag’ning bir qismi iste’mol tovarlarini sotib 
olishga sarflansa, bu holda daromad nolga teng bo’ladi va jamg’arma shu sarf 
etilgan qismga kamadi. Agar iste’mol tovarlarini sotib olish uchun qarz yoki kredit 
olingan bo’lsa, bu holda ham daromad nol darajada qayd etiladi.
Ikkinchidan, naqd pullarning ko’payishi, yoki bankdagi depozitlar va boshqa 
moliyaviy aktivlaring ko’payishini jamg’armaning ko’payishiga tenglashtirib 
bo’lmaydi, chunki moliyaviy aktivlarning ko’payishi, yoki aktiv shaklining 


229 
o’zgarishi sababli ro’y berishi mumkin. Masalan, naqd pulning ko’payishi 
aktsiyalarni sotish evaziga yoki qarz olish evaziga ko’payishi mumkin, yoki 
jamg’armaning bir qismi moddiy aktivlarni sotib olishga sarflanishi mumkin. Bu 
holda ixtiyordagi daromad tarkibida pirovard iste’mol xarajatlari hajmining ortishi 
va jamg’arma hajmining kamayishi sodir bo’ladi.
Uchinchidan, tasodifiy sabablar ta’sirida yoki tashqi omillar ta’sirida kapital 
qiymatining ortishi daromad bo’lib hisoblanmaydi, masalan, inflyatsiya natijasida 
aktivlar qiymatining ortishi, metro qurilganligi sababli uning yonida joylashgan uy 
bahosining qimmatlashishi va boshqalar. 
Demak, har qanday moddiy aktivlarning moliyaviy aktivlarga aylanishi, 
moilyaviy aktivlar shaklini o’zgarishi, aktivlar qiymatining inflyatsiya natijasida 
o’zgarishi daromad bo’libhisoblanmaydi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish