Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


 YAIM va narxlar darajasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

4. YAIM va narxlar darajasi 
 
Nominal va real YAIM. 
YAIM – pul, vaqt va sifat ko’rinishidagi ko’rsatkich bo’lib sanalgani sababli, 
uning hajmini hisoblashda narxlar o’zgarishining ta’siri kuchli bo’ladi. YAIM 
hajmiga uning tarkibiga kiruvchi barcha pirovard tovar va xizmatlarning jismoniy 
hajmlaridagi hamda narxlaridagi o’zgarishlar ta’sir o’tkazadi. Ammo bizni, narxlar 
emas, balki, birinchi navbatda, ishlab chiqarilgan va uy xo’jaliklarining iste’moli 
uchun yo’naltirilgan tovar va xizmatlar miqdori qiziqtiradi. 
YAIM qiymatining o’zgarishi, ko’p holatlarda ishlab chiqarish ne’matlarining 
hajmi hisobiga emas, balki kuchli inflyatsiya hisobiga, sodir bo’lishi mumkin. 
Masalan, YAIM qiymatining 4 foizga o’sishi, past darajadagi inflyatsiya 
sharoitida ishlab chiqarish hajmining 4 foiz o’sishi hisobigami yoki ishlab 
chiqarish hajmi o’zgarmagan xolda inflyatsiya darajasining 4 foizga o’sishi 
hisobiga, yoki ikkala omil 2 foizdan o’sishi hisobiga olingani to’g’risidagi savolga 
to’g’ridan-to’g’ri javob bera olmaymiz. 
Bunda asosiy muammo bo’lib pul ko’rsatkichini (vaqt, miqdor) shunday 
to’g’rilash kerakki, narxlar o’zgarishini emas, balki mahsulot miqdori, yoki fizik 
hajmining o’zgarishini aniq ko’rsatsin. 


225 
Turli mamlakatlar statistika xizmatlarida har bir davr uchun YAIM hajmi 
o’zgarmas narxlarda hisobga olib boriladi. Ushbu uslub joriy davr ishlab chiqarish 
hajmini baza qilib tanlab olingan yil narxlarida hisoblashga asoslangan. Masalan, 
Xalqaro valyuta jamg’armasining har oyda nashr etiladigan “Xalqaro moliya 
statistikasi” nomli statistik to’plamlarida Xalqaro valyuta jamg’armasiga a’zo 
mamlakatlar YAIM hajmining dinamikasini hisoblashda bazaviy yil sifatida 2005 
yil tanlangan. 
O’zbekiston Respublikasida 2011 yilda ishlab chiqarilgan YAIMning joriy 
narxlardagi qiymati, ya’ni nominal YAIM 77750,6 mlrd. so’mni tashkil etgan 
bo’lsa, uning 2005 yil narxlaridagi qiymati esa, ya’ni real YAIM 25951,9 mlrd. 
so’mni tashkil etgan. 2005 yilda ishlab chiqarilgan YAIM (joriy narxlarda) 
15921,4 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, uni 2011 yil narxlariga keltirsak, 
47705,8 mlrd. so’mni tashkil qiladi. 
Yuqoridagi axborotlardan foydalanib 2005-2011 yillarda YAIMning real 
o’sish sur’atini hisoblashimiz mumkin. Ushbu davr mobaynida yalpi ishlab 
chiqarish hajmi (YAIMning real o’sish sur’ati) 63,0 foizga oshgan {(25951,9 : 
15921,4) * 100 - 100 = 63,0}. Bu raqam YAIMning nominal o’sish sur’atiga 
nisbatan (388,3 foiz) ancha past {(77750,6 : 15921,4)*100-100=388,3}. 
Shunday qilib, YAIMning real o’sishi o’zgarmas narxlarda, ya’ni bazaviy yil, 
bizning misolimizda 2005 yil narxlarida, hisoblanadi. 
Narxlar darajasini o’lchash ikki holat bilan belgilanadi.
Birinchidan, ma’lum vaqt davomida narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini 
aniqlash muhim masala hisoblanadi. Biz doimo inflyatsiya yoki deflyatsiya 
(narxlarning pasayishi) sodir bo’lganligini, agar sodir bo’lgan bo’lsa, uning 
ko’lami qanday bo’lganligini bilib turishimiz lozim. 
Ikkinchidan, YAIM joriy yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard 
tovar va xizmatlarning bozor qiymatini, yoki boshqacha aytganda, umumiy ishlab 
chiqarish hajmining turli komponentalarini yagona asosga keltirib pul 
ko’rinishdagi qiymatini ifodalagani sababli, keng tarqalgan asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan ishlab 
chiqarish hajmlarini faqat pul birligi qiymati o’zgarmagan holda taqqoslash 
mumkin. 
Narxlar darajasi indeks ko’rinishida ifodalanadi. Narxlar indeksi ushbu 
davrdagi ma’lum tovar va xizmatlar to’plami umumiy narxining, ya’ni “bozor 
savatchasi”ning, bazaviy yildagi huddi shunday tovar va xizmatlar umumiy 
narxlariga nisbatini ifodalaydi. 
Masalan, agar narx indeksi 2 ga teng bo’lsa, bu joriy yilda bazis yiliga 
nisbatan narxlarning 2 barobar oshganligini yoki inflyatsiya darajasi 200%ga teng 
100


narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
indeksi
Narxlar


226 
bo’lganligini anglatadi. Agar indeks 33%ga yoki 0,33ga teng bo’lsa, narxlar 
67%ga pasaygan bo’ladi. 
YAIM deflyatorini hisoblash uchun nominal YAIMni real YAIMga bo’lish 
kerak. YAIM deflyatori iqtisodiyot bo’yicha umuman narxlar darajasi qanchaga 
o’zgarganligini ifodalaydi. 
Yuqoridagi 
O’zbekiston 
Respublikasining 
2005-2011 
yillardagi 
ko’rsatkichlaridan foydalanib, YAIM deflyatorining hisob-kitoblarini amalga 
oshiramiz: 
77750,6 : 25951,9 = 2,996 yoki 299,6%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 
2005-2011 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha 
qo’shimcha 199,6%ga oshgan. 
O’quvchilarni 2011 yildagi narxlar oldingi, ya’ni 2010 yilga nisbatan 
qanchaga o’zgarganligi ham qiziqtirishi mumkin. Buning uchun dastlab 2010 
yildagi narxlar 2005 yilga nisbatan YAIM deflyatori bo’yicha qanchaga 
o’zgarganligini aniqlab olish lozim. 2010 yilda nominal YAIM 61793,9 mlrd. 
so’mni, 2005 yil narxlarida esa 23963,0 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Demak, 2010 
yildagi narxlarning 2005 yildagi narxlarga nisbatan qanchaga o’zgarganligini 
aniqlash uchun 2010 yildagi nominal YAIMni shu yil uchun 2005 yil narxlarida 
hisoblangan real YAIM hajmiga bo’lamiz: 
61793,9 : 23963,0 = 2,579 yoki 257,9%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 
2005–2010 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha 
qo’shimcha 157,9%ga oshgan. 
So’ngra 2011 yil uchun hisoblangan YAIM deflyatorini 2010 yil uchun 
hisoblangan ko’rsatkichga nisbatini olamiz: 
2,996 : 2,579 = 1,162 yoki 116,2%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2011 
yilda 2010 yilga nisbatan umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha 
16,2%ga oshgan. 
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narxlar darajasining o’sishini nafaqat butun 
iqtisodiyot bo’yicha, balki YAIMning turli elementlari bo’yicha aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. Ushbu maqsadlarda statistika idoralari tomonidan iste’mol 
narxlari indeksi (INI), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi 
(SMICHNI), 
eksport-import 
mahsulotlari 
indeksi, 
kapital 
mablag’lar 
(investitsiyalar) narxlari indeksi va boshqa ko’rsatkichlar hisob-kitob qilib boriladi. 
Ularning orasida eng keng tarqalgan va mashhur bo’lgani INI hisoblanadi. 
Chunki INI YAIMning muhim komponentalaridan biri bo’lgan – uy 
xo’jaliklarining pirovar iste’mol uchun xarid qilgan tovar va xizmatlarga 
narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. 
YAIM deflyatori va INI orasida uchta shartli farqlanishlar mavjud: 
– YAIM deflyatori mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard 
tovar va xizmatlarga narxlar o’zgarishini ifodalasa, INI uy xo’jaliklari tomonidan 
xarid qilingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. Demak, 
firmalar yoki davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarga narxlarning 
o’zgarishi INIda inobatga olinmaydi; 


227 
– YAIM deflyatori faqat ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan tovar 
va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalab, import tovar va xizmatlariga 
narxlar o’zgarishini, ular YAIM tarkibiga kiritilmaganligi sababli, hisobga 
olmaydi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan va O’zbekiston aholisiga sotilgan 
“Lada” avtomobiliga narxlarning o’zgarishi O’zbekiston YAIM deflyatorida 
hisobga olinmaydi, chunki ushbu avtomobil Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biroq, 
bu mahsulot O’zbekiston aholisiga sotilganligi sababli, O’zbekiston INIda hisobga 
olinadi; 
– INI tarkibiga kiritilgan tovar va xizmatlar hisob–kitoblarda o’zgarmas 
vaznlarda olinadi. YAIM deflyatori esa vaznlardagi o’zgarishlarni hisobga oladi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish