Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalar Universiteti
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Metallarda elekt o'tkazuvchanlik
Bajardi: Rayxonov Nurali
Tekshirdi: G`aniyev Abror
Metallarda elektr o’tkazuvchanlik
Reja:
1.Kirish
2.Metallarda o’tkazuvchanlik
3.Deilektriklar
4.O’tkazgichlar
5.Xulosa.
Odatda elektr tokini yaxshi o’tkazadigan yani elektr qarshiligi juda kichik bo’lgan moddalar metallar deyiladi.Modda metalmi degan savolga uning elektr o’tkazuvchanligi yani qarshilikning temperaturaga bog’liqligi javob beradi.Metallarda elektr o’tkazuvchanlik juda past temperaturalarda yani absalyut nolda va uning yaqinida ham noldan farqliligicha qolaveradi.

Metallarning bu xossalari elektronlar harakatining alohida xosslari bilan tushuntiriladi va albatta tok tashuvchilarning tabiatini aniqlashda elektronlar tabiati o’rganildi. Tajribani birinchi marta 1901-yilda Rikke amalga oshirgan bu tajribasi orqali metallarda elektr o’tkazuvchanlik atomlar orqali amalga oshmasligini ko’rsatib berdi. U quyidagi tajribani o’tkazdi.
Metallarda o’tkazuvchanlik
Oʻtkazuvchanlik 1) elektr oʻt k a z u v ch a n l i k — jismning elektr maydoni taʼsirida elektr tokini oʻtkazish xususiyati. Oʻlchov birligi 1/Om. Elektr tokini oʻtkazadygan jismlar oʻtkazgichlar deyiladi. Ularda hamisha erkin zaryadlar — elektronlar, ionlar mavjud boʻladi.
Koʻpgina oʻtkazgich (metall, yarimoʻtkazgich, plazma)larning elektr Oʻ.gi elektronlarning harakatiga asoslangan. Uz. 1 m va koʻndalang kesim yuzi 1 mm2boʻlgan oʻtkazgichning qarshiligi metallarning solishtirma elektr oʻtkazuvchanligi deyiladi.

Dielektriklar
Dielektriklar (ing. electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. Dielektriklar elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi.
Dielektriklar“ atamasini fanga Michael Faraday kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyuqliklar va qattiq jismlar dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda dielektriklarni qutbli dielektriklar hamda qutbsiz dielektriklarga ajratish mumkin.

O’tkazgichlar
Oʻtkazgichlar — elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 omsm) boʻlgan moddalar. Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014—1022omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi.
Elektr oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki oʻtkazgichlarda erkin zaryadlar mavjud boʻlganligi uchun tashqi elektrostatik maydon taʼsirida oʻtkazgach sirtining bir qismida musbat ishorali erkin zaryad, boshqa ikkinchi qismida esa manfiy ishorali erkin zaryad paydo boʻladi. Oʻtkazgich ichida hech qanday erkin zaryad boʻlmagani uchun elektrostatik maydon ham boʻlmaydi.