Miqdoriy usullar
Mavzu: Asosiy moliyaviy vositalar. Obligatsiyaning daromadliligi.
Obligatsiyaning daromadliligi
Obligatsiyaning muhim tomoni, uning egasiga daromad keltirishidadir, ya’ni daromadliligidir. Daromadlilik uch turi bilan farqlanadi:
1. Kupon bo‘yicha daromadlilik (c) – obligatsiya chiqarilganda aniqlangan bo‘lib, u yillik kupon yig‘indilarini obligatsiyaning nominali nisbatiga teng bo‘ladi (xususan, kupon to‘lovlari orasidagi kupon daromadi
formula bilan aniqlanadi);
2. Joriy daromadlilik (C/P) – yillik kupon daromadni obligatsiyaning bozor narxiga nisbati kabi aniqlanadi;
3. To‘la daromadlilik yoki so‘ndirish muddatiga daromadlilik (P = K*N) barcha pul tushumlari bo‘yicha aniqlanib, u barcha kupon va so‘ndirish muddatidagi nominal to‘lovlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Agar emissiya momentida kupon stavka (c) bilan joriy foiz stavka „i“ teng deb hisoblnsa, u holda, masala deyarli soddalashib ketadi. Bu holda, ya’ni joriy foiz stavkasi „i“ qiymat jihatidan kupon stavkasi „c“ ga nafaqat emissiya momentida, balki butun muddat davomida yaqin bo‘lganda, navbatdagi kupon to‘lovidan keyingi davr uchun joriy foiz staka „i“ ni hisoblash mumkin. Agar so‘ndirish muddatigacha butun sondagi T yil qolgan bo‘lsa, u holda bevosita navbatdagi kupon to‘lovidan keyin sotib olingan obligatsiyaning daromadi (joriy foiz stavkasi „i“) uning kursiga bog‘liqligi yuqoridagi formuladan,
bevosita matematik formula yordamida quyidagicha taqribiy aniqlanadi:
i = D = ДОХОД--->
1. дата соглашение (дата покупки)- sotib olish sanasi.
2. дата вступление в силу (дата погашение)-ishlash muddati.
3. ставка (ставка купона)- kupon stavka.
4. цена (текущая цена)-joriy narx(kurs)
5. погощение (номинальная стоимость)-nominal qiymat.
6. частота (кол.выплат по купонам за год)-yillik kupon to’lovlar soni.
7. базис (исполбзуемый способ вычисления дня)-ishlatilgan kunlarni hisoblash.
- So‘ndirish muddati 5 yil va kupon foizi 25%, kursi $105.26 bo‘lgan obligatsiyaning daromadliligini aniqlang.
2. So‘ndirish muddati 7 yil va kupon foizi 30%, kursi $110.5 bo‘lgan obligatsiyaning daromadliligini aniqlang.
Mustaqil ish
Agar obligatsiyaning daromadliligi yillik murakkab va oddiy foiz stavkasi ko‘rinishida bo‘lsa, u holda yuqoridagi formuladan uni so‘ndirishgacha bo‘lgan oxirgi kupon davri uchun obligatsiyaning daromadliligi mos ravishda quyidagi sodda formulalar bilan aniqlanadi:
Bu formulalar ixtiyoriy vaqt oralig‘ida o‘zgaruvchan kuponli obligatsiya (облигация с плавающим купоном) daromadliligini baholash uchun ham foydalaniladi. Bu turdagi obligatsiyalarning asosiy qurilmaviy prinsipi shundan iboratki, har bir navbatdagi kupon davrining boshida kupon stavkasi joriy foiz stavkasiga teng deb olinadi. Shuning uchun obligatsiyani baholashda har bir navbatdagi kupon davrining oxirida obligatsiya narxini nominal narxga teng deb olinadi. Bu esa (1.18) formulalarni qo‘llash imkoniyatini beradi.
1. So‘ndirish muddatigacha 3 oy qolgan, kupon foizi 24%, kupon to‘lovi har oyda to‘lanadigan, kursi $105.36 bo‘lgan obligatsiya xarid qilindi. Uning daromadliligini yillik murakkab va oddiy foiz stavkasi ko‘rinishida aniqlang.
2. So‘ndirish muddatigacha 6 oy qolgan, kupon foizi 25% , kupon to‘lovi har chorakda to‘lanadigan, kursi $106.58 bo‘lgan obligatsiya xarid qilindi. Uning daromadliligini yillik murakkab va oddiy foiz stavkasi ko‘rinishida aniqlang.
Mustaqil talim.
Do'stlaringiz bilan baham: |