31
nasoslar, manometrlar va hokazo), shuningdek,
oqib chiquvchi
joydan namuna moddalarining chiqishini ilg‘ay oladigan vositalar
kerak bo‘ladi, oqib chiqishni aniqlash uchun maxsus asboblar –
oqib chiqishni tekshirgich asboblari va asbob bo‘lmagan vositalar
ishlatiladi, masalan, lyuminessensiyalanuvchan moddalar yoki ka-
pillyar nazorat metodlaridan foydalaniladi.
Oqib ketish usuli bilan nazorat qilinadigan neft va gaz obyekt-
lari yopiq bo‘lmagan sistema hisoblanadi
va ularning tashqi va
ichki sirtiga ta’sir etish imkoni bo‘ladi, bunda obyektning turli to-
monlarida bosimlar farqi vujudga keltirilishiga zarurat kerak
bo‘lmaydi. Konstruksiyaning turli tomonida gaz aralashmasining
absolyut bosimlari farqini hosil qilishga ham zarurat yo‘q. Namu-
na gazining parsial bosimining o‘zi yetarlidir.
Bosimlar farqini hosil qiladigan usulda unga kerakli obyektning
nomi vakuum usulidir. Ichki bosimni
atmosfera bosimidan oshir-
adigan usul – siqish hisoblanadi. Gaz bilan siqishda ichki bosim
doimo hisoblangan bosimdan mustahkamligi bo‘yicha nisbatan
kam bo‘ladi, bu esa nazorat qilinayotgan obyektning uzilib ketishi
kabi salbiy oqibatlarga olib kelishining oldini olish maqsadida qi-
linadigan usullar. Gidrosiqishda bo‘laklarga parchalanib
uchib ke-
tishlar sodir bo‘lmaydi va uni ishchi bosimdan 25–50% yuqoriroq-
da amalga oshiriladi. Bunda muhim shart – havoning yig‘ilib
qolishlari bo‘lmasligidir. Shuning uchun, gidrosiqishdan avval bu-
rab qotirilmaydigan bo‘shliqlardan havo so‘rib olinadi, burab
qotiriladigan yerlardan esa jo‘mrak orqali chiqarib tashlanadi.
Umumiy holatga ko‘ra germetiklikka
tekshiriladigan jarayonda
kuzatiladigan xavfli va zararli faktorlar soni, sanoat va ekologik
talablari GOST 30703-2001 da keltirilgan.
Presslash uchun va vakuum usuli uchun nazoratning ikki sxe-
masi bo‘lishi mumkin: integral; lokal.
Integral usulida – tahlil qilish – bunda tekshirilayotgan obyekt-
ga tashqari tomonidan yoki uning ichki
tomonidan kiruvchi gaz-
ning miqdori tahlil qilinadi. Lokal sxema bilan – bu usulda max-
sus shup bilan namuna gazni har bir oqib ketish nuqtasi
aniqlanadi.
Masalan, neft va neft mahsulotlari uchun vertikal silindrik
rezervuarlarni payvandlangan choklarining germetikligini nazorat
32
qilishda bosimning o‘zgarishi 250
mm suv ustuni miqyosida pa-
sayishigacha aniqlaydigan lokal vakuum metrlardan foydalaniladi.
Payvand choklarning zich emasligini ushbu payvandlangan yerga
sovunli eritma berilganida hosil bo‘ladigan pufakcha bilan aniqla-
nadi. Bunday vaqtda germetiklikka nazorat qilishni vakuum hosil
qiluvchi so‘rish moslamasi vakuum nasosi,
armatura bloki va
vakuummetr kabilardan iborat asboblar majmuasi bilan tekshirila-
di. Shunday asboblar majmuasi NIKIMT tomonidan chiqarilgan
turi 5.3.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: