4.3.1-rasm.
Tolalioptik endoskoplar:
a – endoskopning yoritish bloki bilan birga umumiy ko‘rinishi;
b – juft po‘latli chekka artikulatsiyasining to‘rt tomonli sxemasi.
Obyektning tizimli o‘lchamlari katta nuqsonlarini o‘lchash
uchun va uni berilgan geometrik shaklidan og‘ishtirish uchun geo-
dezik optik-elektronli va lazerli asboblardan foydalaniladi. Texnik
diagnostika jarayonida ko‘pincha dalnomerlar (uzoqlikni o‘lcha-
gich lar), nivelirlar, teodolitlar va taxomerlar ishlatiladi (4.3.2-rasm).
25
a
b
d
4.3.2-rasm.
Uzoqlikni o‘lchagichlar: nivelir, teodolit, taxomer
Dalnomer – belgilangan maqsadgacha bo‘lgan masofani aniq-
lash uchun xizmat qiladi. Birinchi optik uzoqlikni o‘lchagichlar –
bir-biridan ozgina masofada joylashtirilgan ikkita obyektivga ega
bo‘lganlar.
Tasvir hosil qiluvchi linzalar va oynalar sistemasi yordamida
nazorat obyekti turli obyektivlardan bitta okulyarga uzatiladi va
bir-birining ustiga tushiriladi. Fokslashni o‘zgartirib turib, ikkita-
lik tasvir bitta yagona holatga birlashadi va hisoblash shkalasi bi-
lan obyektgacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Aniqligini oshirish
uchun obyektivlar orasidagi masofaning maksimal katta olinishi
qabul qilingan, bu esa uzoqlikni o‘lchash asbobining (dalnomer)
gabariti va massasi oshirilishiga va ularning qo‘pol bo‘lishiga olib
keldi. Biroq obyektivlar orasidagi bazani oshirish ham o‘lchashning
kerakli aniqligini ta’minlay olmadi.
Hozirgi vaqtda optik dalnomer o‘rniga qulay bo‘lgan kompakt
lazer dalnomeri ishlatiladi. Bunga esa kichik gabaritli lazerlar ixtiro
qilinganidan keyin mumkin bo‘ldi, hamda dalnomerlarning o‘lchash
aniqligi bir necha marotaba darajalarga oshdi. Lazerli dalnomeri-
ning ishlatilish usuli oddiydir. Boshqaruvchi nishonga dalnomerni
yo‘naltiradi va lazer nuqtasini bosib uni faollashtiradi va uni nishon
tomonga yo‘naltiradi. Nishondan aks etib qaytgan nurni dalno-
merning maxsus ushlab qolish qurilmasi qabul qiladi. Dalnomerda
elektron soat o‘rnatilgan bo‘lib, undan nishonga nur berilganida bu
26
soat ishga tushadi va nishondan nur aks etib qaytganida bu soat
to‘xtab qoladi. Yorug‘likning aniq bo‘lgan tezligi va nishonga undan
borib-keluvchi nurni o‘tish vaqti bo‘yicha nishongacha bo‘lgan
masofa aniqlanadi. Yer yo‘ldoshining obyektlarni navigatsiyalashida
ishlatiladigan yanada mukammal bo‘lgan lazerli dalnomerlar vaqt
oralig‘ini bildiradigan 1•10
-9
soniya aniqligidagi vaqt intervali hisob-
lagichi bilan jihozlangan bo‘ladi (vaqtning bu kattaligi nanosoniya
deyiladi). Bu esa oraliq masofani 0,2•10
-5
% aniqligigacha o‘lchashga
imkon beradi. Burchakli aks ettirgichi bo‘lgan shtativli komplekt bi-
lan ishlatiladigan standart lazer dalnomerlari aniqligi 100 metr
uchun 1,5 mm gacha aniqlikka ega. Oxirgi vaqtlarda aks ettirmas-
dan obyektgacha (nishongacha) bo‘lgan masofani o‘lchaydigan dal-
nomerlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday asboblar-
ning aniqlikda o‘lchashining aks etuvchi sirt xossasi va o‘lchash
nuqtasini o‘lchash sezgirligi ishonchliligini bog‘liqligi tufayli bu as-
boblarning obyektni o‘lchashining uzoqligi 100–150 metrdan osh-
maydi va uning aniqligi 10–20 mm oralig‘ida bo‘ladi.
Nivelir asbobi – bu optik asbob bo‘lib, obyektning butunligi-
cha balandligini yoki uning bir qismini aniqlaydigan qurilmadir.
Teodolit asbobi yanada universal bo‘lib, u faqatgina balandlik ning
o‘zini emas, balki balandlik bilan birga vertikal va gorizontal tek-
isliklardagi burchak belgilarni ham aniqlash imkonini beradi.
Teodolit va nivelir asboblarining asosiy kamchiliklari bu ular-
ning ishlatilishining murakkabligi, bajariladigan ishning hajmi
kattaligi va o‘lchashning aniqligi kamligidir. Bu muammolar yan-
gi raqamli-geodezik asboblar yaratilganidan keyingina hal bo‘ladi.
Masalan, raqamli DiNi 22 (4.3.2-rasm) nivelir misolida ularning
ishlash prinsipini va imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bundan nivelir avtomatik ravishda balandlik belgilarini maxsus
raqamli reykada sanaydi va ularni xotirasida saqlaydi. Ushbu kod-
langan reykalar bilan sanash 0,01 mm aniqlikkacha olinishi mum-
kin, bunda bir vaqtning o‘zida uzoqlikni ham sanash amalga oshi-
riladi. O‘lchash ma’lumotlari asbobning displeyiga kiritiladi va
uning ichki xotirasida saqlanadi, bu esa dala sharoitlarida dala
jur nallarini to‘ldirish qiyinchiligini oldini oladi. Raqamli nivelir-
ning pasport bo‘yicha aniqligi kodli reykasi bilan ishlatilganida 1
km ikki martalik harakat uchun 0,7 mm ni tashkil etadi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |