23
– uzoq masofada joylashgan obyektlarni nazorat qilish uchun
(ko‘rish optik quvurchalar, binokllar, teleskoplar);
– yopiq obyektlarni nazorat qilish uchun (endoskoplar).
Lupalar yaqin joylashgan obyektlarni 2x–20x
marotaba katta-
lashtirib nazorat qilish uchun ishlatiladi. Kattalashtirish qanchalik
yuqori bo‘lsa shuncha fokus masofasi va oraliq masofasi kam
bo‘ladi.
Shuning uchun kuzatuv lupalari deganda ularning kattalashti-
rishi 2x–4x bo‘lganlari tushuniladi.
Biron-bir moslamani taqib olmagan ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan elementlarni ko‘rishda qo‘llaniladigan mikroskop
ko‘p linzali murakkab qurilma hisoblanadi. Mikroskop optik xos-
salari boshqariladigan bo‘lib, 2000x kattalikkacha tiniq sifatli tas-
virlarni ko‘rish imkonini beradi.
Juda kattalashtiradigan mik-
roskop
lar qoidaga asosan statsionar hisoblanadi. Vizual-optik
diagnostikalash maqsadida nazorat qilish uchun nazorat qilinadi-
gan obyektning o‘ziga o‘rnatiladigan olib yurishga mo‘ljallangan
mikroskoplardan foydalaniladi. Ularning kattalashtirishi asosan
100x dan oshmaydi va gabarit o‘lchamlari va massasi statsionar
mikroskoplarnikidan birmuncha kamdir.
Kattalashtirishi bilan birga ishlatilish sohasini ko‘rsatuvchi
mikroskoplarning asosiy parametrlari quyidagilardir: kuzatish
maydonining kattaligi; mikroskopning ishchi masofasi (obyektdan
predmetgacha); okulyar mikroskop shkalasining bo‘lish
qiymati
oralig‘i (
≈
0,01…0,005 mm); ta’minlanganligi va yoritish quvvati;
asbobning gabariti va massasi.
Ichki sirtlarni nazorat qilish va sirt oraliqlaridagi qiyin aniqla-
nadigan nuqsonlarni topishda sanoat endoskoplari qo‘llaniladi.
Neft va gaz sanoati sohalarida quyidagi sanoat endoskopik tizim-
laridan foydalaniladi: qo‘zg‘almas endoskoplar (boroskoplar), egi-
luvchan optik tolali endoskoplar, videoendoskoplar.
Ular obyektlarni yoritish uchun quyidagi yorug‘lik manbalari-
dan (yoritish blokidan):
optik sistemani uzatkichdan, asbobni ku-
zatuv maydoni o‘lchami va yo‘nalishini o‘zgartiruvchi nasad-
kadan, foto yoki videokamerada vizual kuzatish uchun okulyarli
obyektivdan, nasadkani boshqaruvchi va obyektivni fokuslovchi
mexanizmdan tarkib topgan bo‘ladi.
24
Konstruksiyasiga asosan qotirilgan endoskoplar linzali kon-
struksiyaga ega bo‘lib, uning mos keluvchi uzunlikdagi ichki
to‘g‘ri quvurchasida optik uzatuvchi sistema ulangan. Qattiq en-
doskoplarning ishchi uzunligi 1500 m gacha va ishchi qismining
diametri mos ravishda 1,7; 2; 2,7; 4; 6; 8, 10
mm larni tashkil eta-
di. Bunday endoskoplar ham havo muhitida va ham neft mahsu-
lotlari, gidravlik suyuqliklar, ko‘pchilik sanoat erituvchilari va suv
muhitida ishga yaroqlidir. Qotirib qo‘yiladigan endoskoplarning
asosiy kamchiliklari bu ularning katta o‘lchamliligi hamda ichki
egri-bugri sirtlarni nazorat qilish noqulayligidir.
Optik tolali endoskoplarning kuzatish maydonini
kengaytirish
uchun iloji boricha artikullash maqsadida ikki yoki to‘rtta tekis-
likda ularni qo‘shpo‘latli chekka bilan (qo‘shpo‘latli chekka qis-
mini egilgan joyini) jihozlanadi, buning natijasida ishning murak-
kablashishida kuzatish yo‘nalishini turli burchaklarga o‘zgartirish
mumkin bo‘ladi. Misol tariqasida 4.3.1-rasmda optik tolali en-
doskopning umumiy ko‘rinishi va juft po‘latli
chekkaning artiku-
latsiyasining to‘rt tomonli sxemasi keltirilgan.
a
b
Do'stlaringiz bilan baham: