S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

V bob. KAPILLYAR NAZORAT
Singib kiradigan moddalar bilan buzmasdan nazorat qilish na-
zorat qilinayotgan obyektning nuqsonlari bor maydoniga mod-
dalarning singib kirishiga asoslangan. Buzmasdan nazorat qilishga 
asoslangan moddalarning singib kirishi asosidagi bu usul aniqla-
nayotgan nuqsonning turiga qarab ikki turga bo‘linadi:
– kapillyarli – sirt nuqsonlarini aniqlash uchun;
– oqib ketishini aniqlash – tirqishi bo‘lgan nuqsonlarni aniq-
lash uchun. 
O‘z navbatida kapillyar nazorat va oqib ketishini aniqlash ham 
birlamchi axborot parametrlariga qarab (singib kiruvchi modda 
turiga qarab) va birlamchi ma’lumotni olish usuliga qarab o‘ziga 
xos metodlarga bo‘linadi.
Singib kiruvchi modda sifatida suyuqlik va gaz moddalari ish-
latilishi mumkin. Gazlardan foydalanish termodinamika va akus-
tika qonunlariga asoslangan oqib ketishini aniqlashning turli me-
todlarida foydalaniladi. Suyuq singib kiruvchi moddalar bilan 
nuqsonlarni aniqlash usullari oqib ketishini aniqlashda va kapil-
lyar nazoratda foydalaniladi va bu usul suyuqlikning qattiq jism 
bilan ta’siridagi fizik hodisalar – ho‘llanish, kapillyar hodisalar va 
sorbsion hodisalarga asoslangan.
5.1. Kapillyar usullarning sinflanishi
va uning o‘ziga xosligi
Kapillyar usul – oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan nuqson-
larni aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda tekshirilayotgan 
obyektning xohlagan materialdan yasalganini ham (metall, nome-
tall va hokazo) nazorat qilish imkonini beradi. Payvandlangan 
yoriqlarni tekshirishda ularning g‘adir-budurligini va boshqa ho-
latlarni yo‘qotib metall tekisligiga tenglashtirish talab etiladi. Sin-
gib kiruvchi moddalarning turiga qarab kapillyar usul ikki xil na-
zorat usuliga asoslanadi:
– turli tarkibli singib kiruvchi suyuq eritmalar bilan nazorat 
qilish;
– filtrlanuvchan suspenziyalar ishlatish bilan nazorat qilish. 
Birlamchi ma’lumot olinishiga qarab quyidagi usullar mavjud 


28
(singib kiruvchi suyuqlikning tarkibiga bog‘liq ravishda): tiniq 
usul; rangli usul; lyuminessentli usul; lyuminessentli-rangli 
usul.
Tiniq usul (axromatik-lotincha so‘z bo‘lib, rangsiz demakdir) 
– ko‘rinuvchan nurlanishda nazorat qilinayotgan obyekt sirtida 
axromatik indikatorli izni (rasmni) tiniqligini registratsiyalashga 
asoslangan. Oddiy misol, kerosinli yoki kerosinli-moy namu-
nasidan foydalanish usulini qo‘llashdir. Bunda moy-kerosinli erit-
madan penetrant sifatida, rang hosil qiluvchi modda sifatida esa 
– melning suvli yoki spirtli eritmasidan (spirtlisi tezroq quriydi va 
yaxshi) foydalaniladi.
Rangli (xromatik) usul esa – tiniq usuldan farqli ravishda rang-
li (qizil) indikatorli izlar registratsiyasiga asoslanadi va o‘zining 
sezgirligi kattaligi bilan farq qiladi. Bu usulning kamchiligi, ko‘rish 
qobiliyati juda yaxshi bo‘lishi kerak, kuzatuvchida daltonizm – 
rangni sezishida nuqson bo‘lmasligi kerak.
Lyuminessentli usul – penetrantga lyuminoforlarni kiritishni 
ko‘zda tutadi va qo‘shimcha ultrabinafsha (UB) nurlantirish man-
basi bo‘lishi kerak. Indikatorli izlarni UB nur bilan nurlantirilga-
nida ko‘rinuvchan nurlanish bilan lyuminessirlanish sodir bo‘ladi. 
Bu esa nazorat qilinayotgan obyektning sirtida indikatorli izlar-
ning tasviri tiniqligini oshiradi va u tiniq usuldagiga qaraganda 
sezgirlikni bir necha marotabagacha oshiradi.
Lyuminessentli-rangli usul – yuqorida ko‘rib chiqilgan usul-
larning kamchiligini va afzalliklarini to‘ldiradi. Nuqsondan indi-
katorli iz bu usulda UB nurlantirishda yoritiladi va spektrning 
ko‘rinuvchan diapazonida rangga bo‘yaladi.
Filtrlovchi suspenziyalardan foydalanishda – g‘ovaksimon 
materiallardan yasalgan konstruksiyalar nazorat qilinadi. Suspen-
ziyaning tarkibida singib kiruvchi moddadan tashqari o‘lchamlari 
millimetrning mingdan tortib yuzgacha ulushiga teng bo‘lgan 
rangli, lyuminessentli yoki lyuminessentli-rangli moddalardan 
iborat bo‘ladi. Singib kiruvchi suyuqlik nazorat qilinayotgan sirt-
ga surtilganida g‘ovaksimon material bilan yutiladi. Nuqsonli 
hududli yer 
da yutilish jadalroq sodir bo‘ladi, bunda g‘ovak 
o‘lchamidan kattaroq o‘lchamli muallaq zarrachalar filtrlanadi va 
ayni nuqson bor yerda yig‘iladi. Yig‘ilib qolgan zarrachalarni na-


29
zorat qilinayotgan obyektning sirtidagi (fonidagi) tasvirda ko‘rish 
qulay bo‘ladi.

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish